Oraliq vaqt relelari


Download 48.38 Kb.
bet1/4
Sana31.01.2024
Hajmi48.38 Kb.
#1833157
  1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu Oraliq va vaqt relelari Reja-fayllar.org


ORALIQ VAQT RELELARI
REJA

1.Tok va kuchlanish relelari,vaqt va issiqlik relelari.saqlagichlar va ularning turlari


2. Rele himoyasi haqida tushuncha
3. Relelarning turlari va ularning amaliyotda qo`llanishi

TOK VA KUCHLANISH RELELARI,VAQT VA ISSIQLIK RELELARI.SAQLAGICHLAR VA ULARNING TURLARI

Rele (frans. Relayer-almashtirmoq)-biror qurilma yoki jarayonning parametrlari qiymati yoki yoʻnalishi oʻzgarganda ijro etish mexanizmga taʼsir qiladigan avtomatik qurilma.Nazorat qilinadigan parametrlar (bosim, tra, kuchlanish va boshqalar) ga qarab, akustik, vaqt, himoya, mexanik, optik, issiqlik, elektromagnit, oʻlchamlar R.si va boshqa xillarga boʻlinadi. Akustik R. akustik parametrlar (chastota,bosim)tebranishlar yoki materiallarning akustik harakteristikalar (yutilish yoki qaytarish koeffitsiyenti va boshqalar) ni nazorat qiladi. Vaqt R.si avtomatik qurilma uzellari orasida yoki bir qurilmadan ikkinchi qurilmaga taʼsirlar uzatishda zarur kechikish hosil qiladi. Asosan, sezuvchiqubul qiluvchi (boshqarish signali kelganda R.ni ishga tushiruvchi), sekinlashtiruvchi va ijro etuvchi (boshqariladigan qurilma yoki sxemaga taʼsir etuvchi) qismlardan iborat.Sekinlashtirishusuligaqarab,vaqtR.sielektr,magnit, mexanik, elektromexanik, termik, gidravlik va pnevmatik xillarga boʻlinadi. Himoya R.si elektr uzatish liniyalari va elektr jihozlarini, sanoat va elektr qurilmalarini qisqa tutashuv va notoʻgʻri rejimdan saklash uchun qoʻllaniladi. Sezish organiga karab, tok, kuchlanish, quvvat, qarshilik va chastota, himoya R.lari, R.ni kayta ishga tushiradigan omilga koʻra, elektromagnit va induksion xillarga boʻlinadi. Mexanik R. mexanik miqdorlar (siljish, tezlik va boshqalar) yoki moddalarning mexanik parametrlari (zichligi va boshqalar)ni nazorat qiladi. Asosan, turli mexanik datchiklardan iborat. Tuzilishiga koʻra, akustik, issiklik, optik, magnit, elektr, radioaktiv izotopli va boshqa, ishga tushirish usuliga qarab, elektr, pnevmatik, gidravlik xillarga boʻlinadi. Optik R. (fotorele) optik miqdorlar (yorugʻlik oqimi va boshqalar) oʻzgarishini nazorat qiladi. Mexanik, elektr va fotokimyoviy xillari bor. Odatda, optik miqdorlar datchiklaridan iborat.


Issiqlik R.si tra, issiqlik oqimi va boshqalarni nazorat kiladi. Mexanik, elektr, optik va akustik xillari bor. Mexanik issiklik R.si issiqlik taʼsirida elementlarning chizikli yoki hajmiy kengayishiga, moddalarning qattiq holatdan suyuq holatga yoki suyuq holatdan gaz holatiga oʻtishiga, gazlarning zichligi yoki qovushokligi oʻzgarishiga asoslangan. Elektr R.si temperatura oʻzgarganda oʻtkazgich yoki yarimoʻtkazgich materiallarning solishtirma qarshiligi oʻzgarishiga, dielektrik doimiysi, magnit oʻtkazuvchanligi yoki issiklik E.YU.K. oʻzgarishiga asoslangan. Elektromagnit R. elektr toki oʻzgarishini sezadi. Sezgir organi-chulgʻam va qoʻzgʻaluvchi qism (yakor va oʻzak) li magnit tizim, ijrochi organi -kontakt. Chulgʻamidan oʻtayotgan tok kuchi oʻzgarganda yakor yoki oʻzagining tortilishi hisobiga kontaktlari ulanadi yoki uziladi. Bunday R., Mas, sovitkichlarda ishlatiladi. Oʻlchamlar R.si -detallar oʻlchamlarining belgilangan qiymatini nazorat kiladi. Asosan, qoʻzgʻaluvchan va qoʻzgʻalmas kontaktlardan iborat. Detalning oʻlchami oʻzgarsa, kontaktlar tutashib yoki ajralib, signal beruvchi elektr zanjirini ulaydi yoki uzadi. R. energetika, aloka, signalizatsiya, telemexanika va avtomatikada keng qoʻllaniladi. Rele avtomatik sistemalarda boshqarish, himoya, nazorat signalizasiya, rostlash va boshqa diskret operasiyalarni bajarish uchun juda ko’p qo’llaniladigan apparatdir. Relega kiruvchi signal uzluksiz ravishda o’zgarib, ma’lum qiymatga ega bo’lgandagina unda o’zgarib, ma’lum qiymatga ega bo’lgandagina unda sakrashsimon xarakteristikali chiqish signali hosil bo’ladi. Shundan so’ng kiruvchi signal qiymatini o’zgarish oshishi javomida chiquvchi signal o’zgarmaydi. Kiruvchi signal kamayib ma’lum miqdorga etganda esa, chiqish signali sakrashsimon xarakterga uziladi va oldingi holatga qaytadi. Rele xususiyatlari bilan elektromexanik relening ulanish sxemasi va xarakteristikasi orqali tanishish mumkin. Rele cho’lg’amiga Ik potengsiometr surilgichini pastdan yuqoriga qarab surish yo’li bilan sekin ko’paytirib borilganda tok kattaligi Iish ga yoki signal Xish ga etganda rele ishga tushadi, ya’ni uning kontakti orqali o’tadigan sakrashsimon xarakterga ega bo’lgan qish signali Ich yoki Xch hosil bo’ladi, ya’ni rele ishga tushadi. Shu sababli relega kiruvchi signalning bu qiymati ishga tushishi signali Xish deb ataladi. Endi potensiometrning surilgichini pastga surib kirish signalini kamaytirib boshlasak, Ik yoki Xk bo’lganda chiqish signali keskin kamayadi, ya’ni rele o’z kontaktlarini bo’shatib yuboradi, chiqish signali yo’qoladi. Relega kiruvchi signalning bu qiymati qaytish signali Xk deb ataladi. Rele o’zining quyidagi asosiy parametrlari bilan xarakterlanadi: bu quvvat relening ishonchli ishlashi, ya’ni kontaktlarning barqaror ulanib turishi uchun zarur bo’lgan tashqaridan ta’sir qiladigansignalning minimal qiymatiga teng bo’ladi.

Download 48.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling