Orayopma va tomlarni remont qilish ishlari. Umumiy ma’lumotlar. Umumiy qoidalar


Orayopmalarning temir-beton konstruktsiyalarini


Download 79.92 Kb.
bet3/5
Sana18.09.2023
Hajmi79.92 Kb.
#1680895
1   2   3   4   5
Bog'liq
8-Mavzu

3. Orayopmalarning temir-beton konstruktsiyalarini
ta’mirlash va almashtirish
Yig’ma temir-beton bo’shliqli to’shamalardan iborat orayopmalarni o’rnatishga oid ishlar quyidagi texnologik ketma-ketlikda bajariladi:

  • kapital devorlar bilan to’silgan uchastkalarda ishlar patsdan yuqoriga qarab olib boriladi. Bunda yig’ma temir-beton to’shamalar o’rnatilish joyiga ko’tar ma kranlar yordamida yetkazib beriladi;

  • to’shamalarni loyihada ko’rsatilgan holatda o’rnatish uchun devorlardan birida chuqurligi 1-1,5 g’ishtga, eni 1 g’ishtga va balandligi g’isht termasining 5-6 qatoriga teng uyalar o’yiladi;

  • ikkinchi devorda xuddi shunday balandlikda chuqurligi 0.5 g’ishtga teng ariqcha o’yib ochiladi. Ariqchalar va uyalar inventar havozalardan (podmotsi) turib awaldan qo’yib chiqilgan belgilar bo’yicha birdaniga bir necha to’shamalar uchun o’yib chiqiladi. Uyalarning pastki yuzalarida qattiq tsement qorishmasidan to’shak o’rnatiladi. Ariqchalarning pastki yuzalari bo’ylab ham tsement qorishmasidan xuddi shunday to’shak tayyorlanadi.

To’shamalar montaj qilish joyiga qiya holatda uzatiladi hamda qavatlararo orayopma yuzasida aylantirilib. loyihada ko’rsatilgan holatga o’rnatiladi. To’shamalar o’rnatilgach, tashqi devorlarda ankerlash amalga oshiriladi, uyalar va ariqchalar to’ldirilib, barcha bo’shliqlar g’isht bilan zich berkitiladi.
Rekonstruktsiya amaliyotida qavatlararo orayopmalarni yassi temir-beton plitalar bilan to’ldirilgan po’lat to’sinlardan o’rnatish holati ham keng qo’llanadi.
Bunday orayopmalarni o’rnatishga oid.ishlar quyidagi bajarilish ketma-ketlikda bajariladi.
Kapital devorlar bilan to’silgan uchastkalar bayon etilgan ishlar mavjud devorlar bilan cheklangan uchats-kalarda patsdan yuqoriga qarab olib boriladi. Bunda konstruktsiyalar o’rnatilish joyiga montaj krani yordamida yetkazib beriladi. Binolarning rekonstruktsiyasi paytida ko’tarma kranlardan foydalanish imkoni bo’lmagan hollarda. qavatlararo orayopmalarning mana shu konstruktsiyasi qo’llanadi.
Po’lat to’sinlar shablonlarga qarab tayyorlanadi hamda ustidan zanglashga qarshi qoplama surtib chiqiladi. Orayopmalarni montaj qilish ishlari boshlangunga qadar otboyka bolg’asi bilan po’lat to’sinlar uchun uyalar urib ochiladi. Bu uyalarning chuqurligi 20 - 25 sm ga teng bo’ladi. Devorlardagi g’isht termasining buzib olinishiga yo’l qo’ymaslik uchun to’sinlar uyalarga o’rnatiladigan yoki bevosita pastki to’sinlarning uchiga payvandlanadigan temir-beton yoki po’lat tayanch yotsiqlarga tayanishi mumkin. To’sinlarni loyihada belgilangan holatda o’rnatish uchun to’sinning bir uchi uyaga oxirigacha tiralguncha kiritiladi, keyin uning boshqa uchi ikkinchi uyaga kiritiladi. Yassi temir-beton plitalar to’sinlaming pastki tokchalariga vaqtincha o’rnatilgan to’shama ustidan turib o’rnatiladi. Plitalar o’rtasidagi choklar tsement qorishmasi bilan zich berkitiladi.
Turli kesim va turli xildagi qitsirmalarga ega bo’lgan yuk ko’taruvchi yig’ma temir-beton to’sinlardan ishlangan qavatlararo orayopmalar ham turar joy va jamoat binolarini rekonstruktsiya qilish amaliyotida keng qo’llanib kelinmoqda.
Agar turi va o’lchamlariga ko’ra farqlanadigan temir-beton konstruktsiyalarining soni juda ko’p bo’lsa, bu holda ularni qo’llash maqsadga muvofiq emas (noratsional). SHuning uchun ko’proq orayopmalarning yaxlit quyma konstruktsiyalari qo’llanadi. SHuningdek, agar mavjud orayopmalarni saqlab qolish mumkin bo’lsa yoki rekonstruktsiya ketayotgan ob’ektlarda tegishli yuk ko’taruvchi mexanizmlardan foydalanish imkoni bo’lmasa, bu holda ham qavatlararo yaxlit quyma orayopmalar qo’llanadi.
Yaxlit quyma beton va temir-beton orayopmalarni o’rnatish quyidagi texnologik jarayonlardan tarkib topadi:

  1. beton qorishmasini tayyorlash, yetkazib berish va joylashtirish;

  2. opalubkani montaj va demontaj qilish;

  3. qotish paytida betonni parvarishlash;

  4. qish mavsumida issiqlik bilan ishlov berish (termoobrabotka).

Ishlarning umumiy hajmidan 35-65% ini tashkil qilgan opalubka o’rnatish ishlari mehnat sarfliligi eng katta ishlar hisoblanadi. Undan keyin ishlarning umumiy hajmidan 15-25% ini tashkil qilgan armatura ishlari va 15-45% ini tashkil qilgan beton ishlari turadi.
Orayopmalarni rekonstruktsiya qilish va ta’mirlash variantlarini ko’rib chiqqach, solishtirma mehnat sarlliligiga qarab ularning texnologik nuqtai nazardan konstruktiv yechimlariga baho beriladi.



Download 79.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling