Orayopma va tomlarni remont qilish ishlari. Umumiy ma’lumotlar. Umumiy qoidalar


Download 79.92 Kb.
bet4/5
Sana18.09.2023
Hajmi79.92 Kb.
#1680895
1   2   3   4   5
Bog'liq
8-Mavzu

4. Tom yopmasini ta’mirlash

Tom binoning ustki to’suvchi konstruktsiyasi bo’lib, yuk ko’taruvchi qism (starapil, ferma, panellar va boshqalar) va tomyopmadan iborat. Konstruktsiyasiga ko’ra tomlar chordoqli va chordoqsiz bo’ladi.
Bino tomlarining yuk ko’taruvchi konstruktsiyalari sil’atidu yog’och starapillar hamda obreshetka. yig’ma temir-beton plitalar va panellar qo’llanadi.
Yog’och tomlarning tuzilishi. Starapillarning ishchi proletini kamaytirish hamda butun tizimga bikrlik baxsh ctish uchun tiigovuchlar qo’yiladi.
Stropillarning bir tomoni mauerlatga, ikkinchi tomoni ustun oraliqlariga (konkoviy progon) o’rnatiladi. Taxtalardan ishlangan yig’ma starapillar ham bo’ladi. Osilib turadigan starapil fermalarining proletlari katta bo’lgan binolarda oraliq tayanchlar bo’lmagan hollarda qo’llanadi. 7-8 m li proletlar uchburchak iermalar - shprengellar bilan yopiladi. Uchburchak fermalar taxtadan, temir-betondan va po’latdan bo’lishi mumkin.
O’z me’yoriy muddatini o’tab bo’lgan uylarda, odatda, starapil ostidagi yog’ochlar (mauerlatlar), starapil oyoqlarining uchlari va obreshetka chirigan bo’ladi. SHuning uchun bunday hollarda tom zavodda tayyorlangan taxtali elementlarga almashtiriladi.
Ta’mirlashdan oldin starapil otsi yog’ochlari uchun tayanch vazifasini o’tagan devorlarning g’isht termasi namlanib buzilib tushgan bo’lsa, uni almashtirish zarurati tug’iladi.
Bunda starapil ostidagi brus o’rniga tol qatlami bo’ylab 160x70 sm li taxta o’rnatiladi. U chordoq orayopmasining issiqlik himoyasidan kamida 40 sm balandlikda o’rnatilishi kerak.
Konstruktsiyalarning joriy ta’miri ham olib boriladi. Bunda quyidagi ishlar bajariladi:

  1. Starapil oyoqlari har ikki yonbosh tomondan taxtalardan nakladkaiar qo’yib kuchaytiriladi.

  2. Tomning ayrim solqigan yuk ko’taruvchi elemcntlari ostiga tirgovuch va tirgaklar qo’yilib, yuklanish kapital devorlarga olib o’tiladi.

  3. Starapil elementlarining bo’shab qolgan joylariga qo’shimcha metall skobalar va boltlar o’rnatiladi.

  4. Ayrim joylarga taxtalar o’rnatilib, starapil oyoqlarining uchlari almashtiriladi.

  5. Ichki tomondan obreshetka eni bo’ylab taxtalar o’rnatilib, tom obreshetkasi kuchaytiriladi.

  6. Obreshetkaning ayrim yog’ochlari almashtiriladi.

  7. Metall tomyopmaning ayrim uchastkalari almash­tiriladi.

  8. Tomyopmaning ayrim joylari rulonli materiallar bilan ta’mirlanadi.

Yog’och tomlarni ta’mirlash-tiklash ishlarining ketma-ketligi quyidagicha:

  1. tomlarni buzish;

  2. qoldiriladigan yuk ko’taruvchi konstruktsiyalar (starapil oyoqlari, obreshetka, to’shama)ni bo’shatish;

  3. shkastlangan qismlami olib tashlash;

  4. bosqichma-bosqich tiklash (kuchaytirish, ta’mirlash, bo’shatish, va yangi torn elementlarini o’rnatish);

  5. tomyopmani o’rnatish.

Tomyopmani ta’mirlash. Po’lat taxtalardan tomyopmani ta’mirlash ishlari tomning patslashgan joylaridan boshlab amalga oshiriladi. Bunda devor tamovlari, karnizlar, devorlar bilan birikuvlar, ventilyatsiya trubalarining qoplamalari ham almashtirib boriladi.
Po’lat taxtalar (litslar) orasidagi barcha birikuvlar tomning ko’ndalang nishabi bo’ylab ikkilangan yotiq fals bilan bajariladi. Bunda falslar suv oqimi yo’nalgan tomonga qayrilgan bo’ladi. Tomning uzunasiga nishabi bo’ylab ketgan birikuvlar esa tepa qirralar (konek) va qovurg’alarda tik falslar bilan bajariladi.
SHikatslangan qator po’lat taxtalari butun tom bo’ylab qisman yoki to’liq almashtiriladi. Keyin tomyopma asosga klyammerlar bilan mahkamlanadi va bo’yaladi.
Donali materiallardan tomyopmani ta’mirlashda ish karnizlar, devor tamovlaridan boshlanadi. Qoplama qatori nishab bo’ylab yangi elementlar bilan almashtiriladi. Ishlar tomyopmaning pats joylaridan boshlanadi. Bunda yuqorida joylashgan taxta patsda joylashgan taxta chekkasini asbezbettssemenlli to’lqinsimon taxtalar uchun 120-140 mm ga, asbesttsement plitalar va cherepisa uchun 70—100 mm ga qoplaydi.
Tomyopma po’lat taxtasining ko’ndalang yo’nalishida ta’mirlash ishlarini olib borish uchun shkastlangan joyning ikkala tomoniga tepa qirra skobalariga (konkovie skobi) mahkamlanadigan maxsus ko’prikchalar o’rnatiladi.
Rulonli tomyopmaning asosiy kamchiliklari: chuqurlar, darzlar, yirtiqlar, shishishlar, mahalliy cho’kishlar. Rulonli materialning choklaridagi ajralgan qatlamlar, qoplama yoki himoya qatlamining buzilishlari, cho’kkan joylar yoki tsement-qum tortma suvog’idagi darzlar tom yopish ishlaridan oldin ta’mirlab olinishi lozim.
Rulonli materialdan tomyopma kunlar issiq paytda tashqi havo harorati kamida 5° S da ta’mirlanadi. Ta’mirlash uchun turli markalardagi issiq va sovuq mastikalar qo’llanadi. Tomyopmaning shkastlangan joylari ochiladi, chang va iflosliklardan tozalanadi, keyin yaxshilab quritiladi. Ichki va tashqi yuzalar yaxshilab quritilgach, tozalanadi, asosdan eski mastika olib tashlanadi va qayrilib qolgan qatlamlar zich yelimlanadi. Ta’mirlanayotgan joy har tomonidan 100 mm ustiga chiqarilgan yamoq bilan yelimlanadi.
Rulon qoplamasining qatlamlarga ajralishi katta hajmlarda yuz bergan bo’lsa, bu holda qatlamlarga ajralgan qoplov bo’laklari olib tashlanadi va yangisiga almashtiriladi.
Ta’mirlash paytida yemirilgan himoya qatlami ham tiklanadi. Tomyopmani alyuminiy upasi qo’shilgan bitumli lak bilan 2 marta bo’yab chiqilganda ham himoya qatlami hosil bo’ladi.
Yig’ma temir-beton turar joy uylarining tomlarini quyidagicha tasniflash mumkin:

  • birlashtirilgan, ventilyatsiya qilinmaydigan, ichki suv chiqarish tizimiga ega bo’lgan, tomyopma plitalari ustiga isitkich joylashtirilgan tomlar;

  • xuddi shuning o’zi, faqat isitkich shift plitalari ustiga joylashtirilgan tomlar;

  • birlashtirilgan, ventilyatsiya qilinadigan, ichki va tashqi suv chiqarish tizimiga ega bo’lgan, tomyopma plitalari ustiga isitkich joylashtirilgan tomlar;

  • chordoqli, yarimo’tiladigan, ichki suv chiqarish tizimiga ega bo’lgan, tomyopma plitalari bo’ylab isitkich joylash­tirilgan tomlar;

  • Birlashtirilgan (sovmehennie) tomyopmalarda uchraydigan asosiy kamchiliklar quyidagilardan iborat.

  • choklar ustida hamda temperatura va kirishishlar ta’sirida hosil bo’lgan darzlar va tortma suvoqdagi siniqlar ustida yopmada yoki uning alohida qallamlarida paydo bo’ladigan uzilishlar;

  • yopmaning asosi yoki qatlamlari orasida bug’-havo qorishmasining bosimi ta’sirida yuzaga kelgan shishishlar;

  • chiqib turgan torn qismlariga yondosh o’rinlarda torn yopmasining asosdan ko’chishi va uzilishi;

  • tomyopma himoya qatlamining yorilib ketishi yoki ko’chishi;

  • tomyopmasining qiya va vertikal uchastkalardan sirg’alib tushishi.

Agar shkastlangan uchastkalar maydoni umumiy tomyopma maydonining 40% idan kamroq bo’lsa, tomyopma o’rni-o’rni bilan tanlab ta’mirlanadi. Agar shkastlanish 40% dan ortiq bo’lsa, tomyopma to’liq ta’mirlanadi. Asos 15 mm dan ko’proq chuqurlikka cho’kkan bo’lsa hamda bu cho’kish tomyopmaning 30 % ini tashkil qilsa, bu holda ham tomyopma to’liq almashtiriladi. Tomyopmaning uncha katta bo’lmagan maydoni shkastlangan bo’lsa (darzlar, uzilishlar, teshiklar), shkastlangan yuzaga issiq bitum mastikasi ustiga ruberoid tasmalari qavatma-qavat (2-3 qavat) yopishtirib chiqiladi, bunda ruberoidning tepadagi qatlami pastki qatlamdan 150 mm kattaroq olinadi.
Tom tomyopmasidagi shishishlar va qavatlarga ajralishlarni bartaraf etish uchun shkastlangan uchastka «Q» simon ko’rinishda kesiladi hamda qavatma-qavat ochiladi. Asos va qatlamlar mastikadan tozalanadi hamda quritiladi. Keyin qatlamlar o’z joyiga yopishtiriladi. Ustidan qo’shimcha ruberoid qatlami yopishtiriladi va himoya qatlami tiklanadi.
Tomyopmadagi shkastlanish ancha maydonni egallagan bo’lsa (ko’chishlar, sirg’alib tushishlar, chirishlar), shkastlangan tomyopmasi asosgacha kesib olinadi. Yangi tomyopma materiali qavatma-qavat issiq bitum mastikasi ustiga yopishtiriladi, bunda har bir qavat keyingisining ustiga 15 mm chiqib turadi. Tomyopmaning ustki qavati shkastlangan uchastkadan 150-200 mm ga chiqib turadi. Ta’mirlangan uchastka ustidan 2—8 mm qalinlikdagi shag’al yoki yirik donali qum qatlami to’kilib himoya qatlami tiklanadi.
Tomyopmasi butun tom maydoni bo’ylab to’liq almashtirilganda, avval tomyopma ostidagi asos ta’mirlanadi, asosning uncha chuqur bo’lmagan (10 mm gacha) cho’kishlari va o’yimlari issiqbardosh mastikalar quyib to’ldiriladi yoki ustidan tomyopma materiali qatlami yopishtirib chiqiladi. Tomyopma asosi ancha-muncha shkastlangan bo’lsa, bu shkastlanishni bartaraf etish uchun deformatsiyalangan tortma suvoq ustidan xuddi shunday materialdan tayyorlangan tekislash qatlami yotqiziladi. Tortma suvoqni ta’mirlashda tomyopma asosining nishabini sal oshirish maqsadga muvofiqdir. Buning uchun tekislash qatlamining qalinligi oshiriladi. SHuningdek, tomyopma shunday relefga ega bo’lishi kerakki, bunda suvning tarnov og’ziga borish yo’llari imkon darajada qisqa bo’lishi kerak.
Tom yopish ishlarini bajarish texnologiyasi alohida diqqat-ye’tiborni, har bir operatsiyaning o’z vaqtida nazorat qilib turilishini talab qiladi. Tomyopmalarni ta’mirlash paytida issiqlikni himoyalovchi qatlamni namlanishdan saqlash choralarini ko’rish lozim. Birlashtirilgan (sovmehenniy) tomlarning issiqlik izolyatsiyasida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan asosiy kamchilik shundan iboratki, qurilish jarayonida tomyopma materialining namlanishi yoki tomyopmaning shkastlanishi natijasida u ko’proq issiqlik o’tkazadigan bo’lib qoladi.
Bundan tashqari yumshoq issiqlik izolyatsiyalash materiallari yuklama ostida eziladi, bu esa tomyopmaning cho’kishiga sabab bo’ladi.
Issiqlik himoyasi xususiyatlarini tiklash uchun issiqlik himoyasi barqaror namlikkacha quritiladi. Issiqlik himoyasini quritish usuli namlanish darajasi va sabablariga bog’liq bo’lib, ular tegishli asboblar yordamida yoki tomlarni tekshirish paytida ko’z bilan (vizual) aniqlanadi.
Issiqlik himoya qatlami havo ochiq paytida, bir kecha-kunduzlik tashqi havo harorati 5° S dan yuqori bo’lgan paytda ta’mirlanishi kerak. Yomg’ir yog’ayotganda, issiqlik himoya qatlamining ochiq uchastkalari brezent yoki sintetik plenka bilan berkitiladi.
Issiqlik himoyasini quritishning usullaridan biri bu «nafas oluvchi» tomyopmadan foydalanishdir. Bunday hollarda tomyopma ostida hosil bo’ladigan bug’-havo qorishmasini bartaraf etish uchun havo tirqishi, albatta, tashqi havo bilan aloqada bo’lishi lozim. Tomyopmalarni quritish maqsadida ularning nafas oluvchi turidan janubiy hududlarda foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bunda issiqlik himoya qatlamining namligi uncha yuqori bo’lmasligi (sorbsiyalangan namlanishdan patsroq), tsementli tortma suvoq namligi esa yuqoriroq bo’lishi talab qilinadi.
Issiqlik himoya qatlamining shkastlanishi yuqori darajada bo’lib, bu uning issiqlik saqlash xususiyatlarining ancha-muncha pasayishiga olib kelgan bo’lsa, bu holda tomning ta’mirlanayotgan uchastkasida shkastlangan issiqlik saqlovchi materialni qisman yoki to’liq almashtirish talab qilinadi. Yotqizilgan issiqlik himoyasining namlanishiga yo’l qo’ymaslik uchun tsementli tortma suvoq ostiga ruberoid yoki pergamin yotqiziladi.
Po’lat taxtalardan yotqizilgan tomyopmalarda qirralar va yotiq falslar ochilib ketgan bo’lsa, qirralar siqib berkitiladi, yotiq falslar esa zichlanadi va ustidan zamazka surtiladi. Devor tarnovlari va tortmoqlarida yoriqlar bo’lsa, shkastlangan qismlar po’lat taxtasi kengligida olib tashlanadi hamda yamoqlar qo’yilib, ikkilangan yotiq falslar bilan biriktiriladi va choklar ustidan zamazka surtiladi. Mayda yoriqlarga kanop tiqilib, ustidan surik zamazka surtiladi. Yopma qatorasida alohida po’lat taxtalar shkastlangan bo’lsa, taxtaning shkastlangan qismi olib tashlanadi, bitta yoki ikkilangan yotiq chok bilan biriktirilgan yamoq solinadi va ustidan zamazka surtiladi (yamoq obreshetkaga klyammerlar bilan mahkamlanadi).
Agar shkastlanish tortmoqlarda bo’lsa, bu holda shkastlangan po’lat taxta butunlay olib tashlanib, yangisiga almashtiriladi. Devorotsi novlari shkastlanganda ham shkastlangan uchastka yangisiga almashtiriladi, bunda u yopma qatorasi taxtalari bilan ikkilangan yotiq chok bilan birlashtiriladi hamda nov karniz opalubkasiga qoqilgan ilgaklarga mahkamlanadi. Ta’mirlangan tom yopmasi avval eski bo’yoq va zangdan tozalanib, keyin ikki marta bo’yab chiqiladi.
Zamonaviy yirik blokli va yirik panelli turar joy uylari chordoqsiz (birlashtirilgan) temir-beton tomlarga ega bo’lib, ularning tomyopmasi asosan ruberoiddan bo’ladi. Bunday yopmalarning umrini uzaytirish hamda qizib ketishdan saqlash uchun tomyopmani bitum mastikasi bilan qoplash o’rniga, quyosh nurlarini yaxshi qaytaradigan alyumin bo’yog’i bilan bo’yash tavsiya qilinadi.
Alyumin bo’yog’i bevosita ish boshlashdan oldin tayyorlanadi. Buning uchun alyumin upasi 177-raqamli bitum laki va eritkich (solvent, skipidar yoki uayt-spirt) bilan obdon aralashtiriladi. Ruberoidli tomyopmaning 1 m2 maydoniga ikki marta bo’yash uchun taxminan sarflanadigan materiallar miqdori quyidagicha:
a) alyumin upasi - 35—40 g.;
b) 177- sonli bitum laki - 270-300 g.;
s) yeritkich - 30 g.
Bunday tomyopma har 3-4 yilda bir marta bo’yab turilishi kerak.



Download 79.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling