Orfoepiya va orfografiya


Download 23.27 Kb.
bet1/2
Sana22.04.2023
Hajmi23.27 Kb.
#1379573
  1   2
Bog'liq
Orfoepiya va orfografiya


Orfoepiya va orfografiya


Reja:
Orfoepiya – adabiy talaffuz me’yorlarini o`rganuvchi sath.


Orfografiya. Orfografik tamoyillar haqida.
Orfografik va orfoepik qoidalarning o`zaro bog`liqligi.
Adabiy talaffuz, talaffuz me’yori, nutq madaniyati va orfoepiya, ommaviy axborot vositalari va orfoepiya, orfografiya va imlo, fonetik prinsip, morfologik prinsip,tarixiy an’anaviy va shakliy prinsip, orfografiya va orfoepiya aloqadorligi Adabiy tilga xos bo`lgan muhim xususiyatlarning eng birinchisi uning muayyan me’yorlarga bo`ysunishidir. Fonetika, leksikologiya, morfologiya yoki sintaksis sohalarida bo`lgani kabi nutqning ikki ko`rinishi: og`zaki va yozma shakllarda ham barcha uchun umumiy bo`lgan o`ziga xos me’yorlar mavjud. Muayyan me’yorlardan chetga chiqish yoki chekinish kishilarning o`zaro fikr almashish jarayoni (og`zaki va yozma)da turli qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi.
Og`zaki nutqning qonun-qoidalarini orfoepiya sathi, yozma nutqqa xos normalarni orfografiya bo`limi o`rganadi. Nutq tovushlari vositasida ifodalangan og`zaki nutqimiz eshitish orqali o`zlashtirilsa, harflar vositasi bilan ifodalangan yozma nutq esa ko`rish, o`qish, uqish orqali o`zlashtiriladi.
Orfoepiya (grekcha orthos – to`g`ri, epos – nutq) tildagi so`z va uning qismlarini adabiy talaffuz etish qoidalari to`plamidan iborat. Axborot uzatish va axborot qabul qilish jarayonida to`g`ri talaffuz muhim ahamiyatga ega. Orfoepiya normalari tilning fonemalar sistemasi bilan, fonemalarning ma’lum pozitsiyalardagi o`zgarishlari bilan va, asosan, nutq madaniyati bilan chambarchas bog`liq. Nutq madaniyatining ajralmas bo`lagi bo`lgan orfoepiya adabiy talaffuz madaniyatini oshirishga, uni bir tizimga solishga yordam beradi.
Orfoepik talaffuz me’yorlari adabiy til bilan birgalikda shakllanadi. Odatda, ba’zi tayanch shevalar talaffuzi adabiy til talaffuzi normasiga yaqin turadi. Masalan o`zbek adabiy tilining talaffuziga Toshkent va Farg`ona vodiysi shevalarining talaffuzi asos qilib olingan. Rus adabiy tilining talaffuziga esa Moskva va Leningrad shevalari asos sifatida qabul qilingan. Orfoepik me’yorlar makon va zamonda farqlanadi, o`zgaradi. Ya’ni har bir til o`zining ma’lum davrdagi adabiy talaffuz normalariga ega bo`lib, ular vaqt o`tishi bilan tildago fonetik, leksik va boshqa yangilanishlar natijasida ozgarishi mumkin. Orfoepiya nutqning talaffuz me’yorlari amaliy jihatdan qanday bo`lishini fonetika va fonologiyadagi nazariy tamoyillarga asoslangan holda belgilab beradi. O`zbek tilida avvalgi adabiy talaffuz me’yorlari eski o`zbek adabiy tili negizida yuzaga kelgan bo`lsa, hozirda foydalanilayotgan adabiy talaffuz normalari fan texnikaning yuksalishi, xalq madaniy saviyasining tobora o`sib borishi, umumiy savodxonlik, o`rta va oliy maktablarning rivojlanishi kabi qator omillarni hisobga olgan holda belgilangan. Quyida orfoepiyaning ba’zi me’yorlari bilan tanishib o`tamiz:

  1. Yonma-yon kelgan
    Download 23.27 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling