Orfoepiya va uning qoidalari haqida ma’lumot bering, misollar asosida izohlang


Download 0.58 Mb.
bet5/37
Sana14.11.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1772509
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
o\'zbek tili javob

Turk nazmida chu men tortib alam,
Ayladim ul mamlakatni yakqalam.
Ha, o‘zbek tili rivoji yo‘lida bugungi kunda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar ham Hazrat Navoiyning til rivojidagi amallarining mantiqiy davomidir. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoevning Birlashgan millatlar tashkilotining 72-sessiyasida o‘zbek tilida ma’ruza qilgani ham buning yaqqol isbotidir.
O‘zbek tilining takomillashish jarayoni to‘rt asosiy manbaning ishtirokida amalga oshgan. Hozirgi foydalanishdagi o‘zbek tili esa uch ko‘rinishga ega bo‘lib, birinchidan - shevalardan, ikkinchidan - umummilliy adabiy tildan va uchinchidan - ularning qorishmasi bo‘lmish kundalik jonli muloqot tilidan tashkil topgan. XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, XX asrning 30-yillarigacha o‘zbek tili yangi zamon o‘zbek millatining tili sifatida shakllandi, o‘z taraqqiyot yo‘llarini aniqlab, rivojlana boshladi.
Joriy yil 1 avgustdan boshlab barcha ish yuritish hujjatlari, ommaviy nashrlarning lotin alifbosiga asoslangan yozuvda amalga oshirilishi zarurligi Qonun bilan mustahkamlangani esa, endilikda barcha o‘zbek tilidagi ish hujjatlari, davriy nashrlar lotin yozuvida bo‘lishi uchun imkon bermoqda. Shu bois, endilikda barcha ushbu lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini bilishi, imlo qoidalari bilan yaqindan tanishishlari zarur bo‘ladi.
5. O`zbek tilining imlo qoidalari haqida ma’lumot
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
O‘ZBEK TILINING ASOSIY IMLO QOIDALARINI TASDIQLASH HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasining “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi Qonunini bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari tasdiqlansin (ilova qilinadi).
2. Respublika vazirliklari, idoralari, mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralari, ommaviy axborot vositalari lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosidagi barcha turdagi yozishmalarda, matbuotda, ish yuritishda ushbu qoidalarni joriy qilish yuzasidan tegishli tadbirlarni ishlab chiqsinlar va amalga oshirsinlar.
3. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Davlat matbuot qo‘mitasi uch oy muddat ichida maktablar uchun qo‘llanma sifatida o‘zbek tilining imlo lug‘atini, kishi ismlari va joy nomlari lug‘atlarini tayyorlasinlar va nashr etish choralarini ko‘rsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Ta’lim va fan hamda Ijtimoiy masalalar va madaniyat bo‘limlariga yuklansin.

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling