Orfoepiya va uning qoidalari haqida ma’lumot bering, misollar asosida izohlang
Download 0.58 Mb.
|
o\'zbek tili javob
Sen kitobni qayerdan olding?
Bunda biz sen, kitob, qayer, leksemalaridan: - ni, - dan, - da, - ng morfemalaridan va so’roq gap modelidan hamda qoidasidan foydalandik. Bu gapni aytish jarayonida ongimizdagi leksemalar alohida morfemalarni qabul qilib, so’z shakllariga aylanadi va yuqoridagi tartibni egalladi. Til ruhiy hodisadan moddiy hodisaga aylanadi. Bu jarayon tugashi bilan tilga tegishli narsalar yana alohidalik holiga qaytadi va organizmda avvalgidek saqlana beradi. So’zni to’g’ri qo’llash, undagi tovushlarni to’g’ri va aniq talaffuz qilish (hol-xol, yod-yot, sof-sop, sher-she`r va boshqalar), gapda so’zlarni tartib bilan joylash kabilar vositasida fikrning tushunarli bo’lishiga erishamiz. Aniqlik, to’g’rilik, ravonlik, soddalik, tozalik, joziba (ta`sirli so’zlash) kuchi ham qanday nutqning eng muhim belgilaridir. Qo’shimchalardan to’g’ri foydalanish, so’zlarni to’g’ri bog’lash, takror va keraksiz ifodadan qochish, qo’shma gapni me`yori bilan tuzish, chet so’zlarni zo’rma-zo’raki – ehtiyojsiz ishlatish nutqni g’aliz va nursiz qiladi. Nutq tildagi mavjud ifoda vositalaridan foydalangan holda mavjudlikka aylangan fikrdir. Nutq a’zolarining harakati jarayonida paydo bo’ladi. Ruhiy hodisa bo’lgan tilning ifoda vositalari nutq ixtiyoriga o’tgach, haqiqatga aylanadi. Nutq ikki xil bo’ladi: ichki nutq va tashqi nutq. Nutq kishi ongida ham hosil bo’lishi mumkin. Bunda u reallashmagan til unsurlaridan tashkil topadi. Bu ichki nutqdir. Kishilarning og’iz ochmasdan fikrlashi, munozara yuritishi, o’ylashi ichki nutq hisoblandi. Til jamiyatda paydo bo`lganidan boshlab, hamisha ijtimoiy xarakterga egadir, chunki til kishilar orasida ijtimoiy mehnat jarayonida paydo bo`lgan o`zaro aloqa bog`lash, fikr almashishga xizmat qiladi. Til faqat jamiyatda, odamlar jamoasi ichida mavjud bo`lgan ijtimoiy quroldir, tilning taqdiri jamiyatning taqdiri bilan bog`liqdir. Jamiyat yo`q ekan, til ham bo`lmaydi. Til bo`lmasa, jamiyat ijtimoiy ishlab chiqarishni yo`lga qo`ya olmaydi. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling