Tajribaning birinchi variantidagi sichqonlar tanasiga virulent S shtamm bakteriyalari yuborildi. Sichqonlar hammasi pnevmoniya kasaliga chalinib o'lib ketdi. - Tajribaning birinchi variantidagi sichqonlar tanasiga virulent S shtamm bakteriyalari yuborildi. Sichqonlar hammasi pnevmoniya kasaliga chalinib o'lib ketdi.
- Tajribaning ikkinchi variantidagi sichqonlar tanasiga avirulent R shtamm bakteriyalari yuborildi. Sichqonlar kutilganidek kasal bo'lmadi.
- Tajribaning uchinchi variantida virulent S shtamm bakteriyalariga yuqori harorat ta'sir etilib, so'ngra u sichqonlar tanasiga yuborildi. Sichqonlar kasalga chalinmadi. Demak, bu tajribada virulent S shtamm bakteriyalar yuqori harorat ta'sirida o'lib ketganlar.
- Tajribaning to'rtinchi variantida sichqonlar tanasiga tirik avirulent R shtamm bakteriyalar bilan o'lik virulent S shtamm bakteriyalar aralashmasi yuborildi. Bu tajribaning natijasi hayron qolarlik darajada boshqacha bo'lib chiqdi. Tajribadagi hamma sichqonlar pnevmoniya bilan kasallanib o'lib ketdi. Bu metodik jihatdan yuqori darajada amalga oshirilgan tajribalar natijasini tahlil etib Griffit shunday xulosaga keldi: o'lik virulent shtamm tanasidagi qandaydir modda tirik avirulent shtamm bakteriya tanasiga kirib, uning irsiy avirulentlik xususiyatini o'zgartirib unda virulentlik xususiyatining paydo bo'lishiga olib keldi. Genetikada bu jarayon transformatsiya deb atala boshlandi.
Irsiy belgini o'zgartirgan moddani esa transformatsiya etuvchi modda deb yuritila boshlandi. Bu moddaning kimyoviy tuzilishi va xossalari qanday ekanligi ancha yillargacha aniqlanmay kelindi. Lekin uni shartli ravishda Griffit moddasi deb ham ataldi. Faqat 16 yildan so'ng 1944 yilga kelib ingliz olimlari O.Eyversi, S.Mak-Leod, M.Makkarti bilan bu sirli hisoblangan modda dezoksiribonuklein kislotasi ekanligini aniqladi. - Irsiy belgini o'zgartirgan moddani esa transformatsiya etuvchi modda deb yuritila boshlandi. Bu moddaning kimyoviy tuzilishi va xossalari qanday ekanligi ancha yillargacha aniqlanmay kelindi. Lekin uni shartli ravishda Griffit moddasi deb ham ataldi. Faqat 16 yildan so'ng 1944 yilga kelib ingliz olimlari O.Eyversi, S.Mak-Leod, M.Makkarti bilan bu sirli hisoblangan modda dezoksiribonuklein kislotasi ekanligini aniqladi.
- Shunday qilib, mikroorganizmlarda kashf etilgan transformatsiya hodisasi DNKning irsiy axborot manbai ekanligini isbotlovchi dalillardan biri bo'ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |