Органы мочевыделительной системы
Download 1.38 Mb.
|
Genetika fanidan taqdimot
Tajribada biologik ob'ekt sifatida ishtirok etayotgan viruslar esa bakteriyalarga nisbatan juda kichik bo'lganligi uchun filьtr teshiklaridan bemalol o'tib turishlari mumkin edi. Tajriba natijasida quyidagi dalillar olindi. Viruslarni bakteriyaning 2A(T+) shtammi joylashtirilgan idishning o'ng tomoniga quyib yuborildi. Viruslar darrov bakteriyalarga hujum qila boshladilar. Ularning tanalaridagi oqsil bakteriya hujayrasining tashqarisida qoldirilib, DNK molekulalari esa bakteriya ichiga kirib olib tez ko'paya boshlagan. Oqibatda bakteriya hujayrasi ichida virusning ko'p sondagi yangi avlodlari paydo bo'lgan. Ular to'liq rivojlanib bo'lgach bakteriya hujayrasini yorib chiqib, idish ichiga tarqala boshlagan. Ularning bir qismi filtr teshiklari orqali idishning 22A(T–) shtamm bakteriyalari joylashgan ikkinchi qismiga o'tib ularga hujum qilib, hujayralarida ko'paya boshlagan. Bu yerda ham viruslar DNK lari bakteriyalarga kirib ko'paya boshlagan.
Oqibatda bakteriyaning 22A(T–) shtamm hujayralarida ham virusning ko'p sondagi yangi avlodlari paydo bo'lgan. Idishning chap tomonida joylashgan 22A(T–) shtamm bakteriyalarining ba'zilarida 2A(T+) shtamm bakteriyalarigagina xos bo'lgan xususiyatlar paydo bo'lgan. Ular ham xuddi 2A(T+) shtamm bakteriyalari kabi triptofan aminokislotasini sintezlash hamda tarkibida triptofan bo'lmagan selektiv oziqada ham o'sadigan xususiyatiga ega bo'ldi. Bu g'ayri tabiiy ko'ringan hodisaning sababi quyidagicha. Virus DNK si 2A(T+) shtamm bakteriyasi ichida reduplikatsiya orqali ko'payish jarayonida bakteriya DNK molekulasining ayrim qismlarini 2A(T+) genini o'ziga qo'shib - tutashtirib oladi. Viruslar filtr orqali o'tib ikkinchi 22A(T–) shtamm bakteriyalari tanasiga kirib ko'paya boshlaganda uning DNKsiga 2A(T+) shtammdan olib o'tgan T+ genini o'tkazadi. Buning natijasida 22A(T–) shtamm bakteriyalariga 2A(T+) shtammning genlari o'tadi va irsiylanadi. Oqibatda 22A(T–) bakteriyalari ham 2A(T+) bakteriyalari kabi triptofan moddasini sintezlay olish xususiyatiga ega bo'ldi. Shuning uchun ham ular tarkibida triptofan bo'lmagan selektiv muhitda ham o'sib ko'paya oldi.
Mikroorganizmlar va viruslar ustida olib borilgan yuqorida bayon etilgan ilmiy tadqiqot ishlari natijasida dezoksiribonuklein kislotasi organizmlar irsiyatining moddiy asosi ekanligini va uning organizmlar belgi va xususiyatlarining kelgusi avlodlarga o'tkazish funktsiyasini bajarishligi ko'rsatildi
Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling