Органы мочевыделительной системы


Download 1.38 Mb.
bet4/6
Sana02.12.2023
Hajmi1.38 Mb.
#1780655
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Genetika fanidan taqdimot

Transduksiya

  • Transduktsiya deb genetik materialning bir bakteriya hujayrasidan ikkinchisiga bakterio-faglar orqali o'tkazilishiga aytilib, bunda bakterial genlar bakteriofagning DNK siga hujayra lizisi davrida qo'shib olinadi va keyingi infektsiya davrida yangi qo'shib olingan bakterial gen boshqa bakteriyaga o'tkaziladi. Bevosita transduktsiya haqida mukammal ma'lumot berishdan oldin viruslar va bakteriofaglar hayoti bilan tanishaylik. DNK moddasining genetik ahamiyati borligini uzil-kesil isbot etishda bakteriyalarning paraziti bo'lmish viruslar – bakteriofaglar ko'payishini tekshirib o'rganish natijasi katta ahamiyatga ega bo'ldi

Amerika olimlari A.Xershi va M.Cheyzlarning 1952 yilda amalga oshirgan tadqiqoti ayniqsa katta ahamiyat kasb etdi. Ularning tajribalari natijasining ko'rsatishicha viruslar bakteriyalarga hujum qilganda virus tarkibidagi oqsil bakteriya tashqarisida qolib, uning ichiga faqat virus DNK si kirishligi aniqlandi.Bakteriya ichiga kirib joylashgan virus DNKsi o'zining odatdagi funktsiyasini bajara boshlaydi. Virus DNK molekulasi mustaqil replikatsiyalanish orqali ko'payib, uning soni 100 300 ga yetadi. Shuning bilan birga har qaysi DNK virusga xos oqsil sintez qilib o'ziga biriktiradi.

  • Amerika olimlari A.Xershi va M.Cheyzlarning 1952 yilda amalga oshirgan tadqiqoti ayniqsa katta ahamiyat kasb etdi. Ularning tajribalari natijasining ko'rsatishicha viruslar bakteriyalarga hujum qilganda virus tarkibidagi oqsil bakteriya tashqarisida qolib, uning ichiga faqat virus DNK si kirishligi aniqlandi.Bakteriya ichiga kirib joylashgan virus DNKsi o'zining odatdagi funktsiyasini bajara boshlaydi. Virus DNK molekulasi mustaqil replikatsiyalanish orqali ko'payib, uning soni 100 300 ga yetadi. Shuning bilan birga har qaysi DNK virusga xos oqsil sintez qilib o'ziga biriktiradi.

Oqibatda bakteriya hujayrasi tarkibiy qismining yemirilishi hisobidan 100 300 yangi virus tanachalari hosil bo'ladi. Ular bakteriya hujayrasi qobig'ini yorib chiqadi. Ular boshqa bakteriyaga hujum qilib kirgan boshlang'ich virusning barcha xususiyatlarini o'zida mujassamlashtirgan bo'ladi. Yuqorida bayon etilgan viruslar hayotini aks ettirgan jarayon hammasi bo'lib 10-45 minut ichida sodir bo'ladi. Bu tajriba viruslarning ko'payishi va ular belgi va xususiyatlarining kelgusi avlodlarga irsiylanishini ta'min etuvchi moddiy asos DNK molekulasi ekanligini isbot etdi. 1952 yilning o'zida Dj.Loderberg va N.TSinder molekulyar genetikaning paydo bo'lishida katta ahamiyatga ega bo'lgan tadqiqotni amalga oshirib transduktsiya hodisasini kashf etdilar

  • Oqibatda bakteriya hujayrasi tarkibiy qismining yemirilishi hisobidan 100 300 yangi virus tanachalari hosil bo'ladi. Ular bakteriya hujayrasi qobig'ini yorib chiqadi. Ular boshqa bakteriyaga hujum qilib kirgan boshlang'ich virusning barcha xususiyatlarini o'zida mujassamlashtirgan bo'ladi. Yuqorida bayon etilgan viruslar hayotini aks ettirgan jarayon hammasi bo'lib 10-45 minut ichida sodir bo'ladi. Bu tajriba viruslarning ko'payishi va ular belgi va xususiyatlarining kelgusi avlodlarga irsiylanishini ta'min etuvchi moddiy asos DNK molekulasi ekanligini isbot etdi. 1952 yilning o'zida Dj.Loderberg va N.TSinder molekulyar genetikaning paydo bo'lishida katta ahamiyatga ega bo'lgan tadqiqotni amalga oshirib transduktsiya hodisasini kashf etdilar

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling