Organik birikmalarning tuzilish nazariyasi Reja


Download 17.27 Kb.
Sana10.03.2023
Hajmi17.27 Kb.
#1256888
Bog'liq
organik birikmalarni tuzilish nazariyasi


Organik birikmalarning tuzilish nazariyasi


Reja
1.Organik birikmalarning tuzilish nazariyasi.
2.Organik birikmalardagi izomeriya
Rus olimi A.M.Butlerov 1861 yilda tuzilish nazariyasini yaratdi. Nazariyaning ikki xil ta’rifi mavjud: A.M.Butlerov ta’rifi va uning hozirgi zamon ta’rifi.
A.M.Butlerov ta’rifi: «murakkab moddalarning kimyoviy tabiati uning tarkibiga kiruvchi elementar zarrachaning tabiatiga, ularning miqdoriga va kimyoviy tuzilishiga bog‘liq».
Hozirgi zamon ta’rifi: «organik birikmalarning fizik va kimyoviy xossalari uning tarkibiga hamda kimyoviy, elektron va fazoviy tuzilishiga bog‘liq». Bu ta’rif birikmalarning hamma xossalarini hisobga oladi.
A.M.Butlerovning tuzilish nazariyasi gomologiya, izomeriya, organik birikmalarning sinflanishini, fazoviy tuzilishini, reaksiya qobiliyatini, kimyoviy tuzilishini tushuntirish uchun ilmiy asos bo‘ladi.
Jeneva nomenklaturasida - organik birikmalar nomi asosida eng uzin normal tuzilishli uglevodorodlarnomi yotadi. Prefiks va suffikslar yon zanjirlarni, funksional guruhlarni, funksionalmas o’rinbosarlar va karrali bog’larni ko’rsatib odatda grek sonlari bilan (ba’zan lotin) belgilanadi.
-uglevodorodlarradikallar nomi asosiy zanjirdan oldin, karrali bog’lardan esa keyin keltiriladi. Funksional guruhlar - [C]-A-H tipidagi guruhlarga aytiladi. (A - S, O, N... lekin C emas), shuningdek [C=O] guruh ham.
-Funksionalmas guruhlarga - galogenlar, (-NO) nitrozo, -NO2 (nitro), -N3 (azido) guruhlar kiradi. (ularda H yo’q)
Asosiy zanjirdagi C atomlarini nomerlash o’rinbosar guruh va karrali bog’larni bir-biriga nisbatan joylashishini belgilash orqali aniqlanadi. uglevodorodlarradikallar karrali bog’larga nisbatan katta hisoblanada. Agar ikki hil radikal zanjirda teng uzoqlikda yotsa uglerodkam radikal katta hisoblanadi.
L’ej nomenklaturasida ham nomlash asosi sifatida eng uzun uglerod zanjiri tanlanadi, lekin ba’zibir chetlanishlarga ham yo’l qo’yiladi: agar yon radikallar juda murakkab bo’lsa nomlash asosida nisbatan kichik zanjir tanlanishi mumkin. Sharti shundan iboratki yon radikallar oddiyroq boTsin!!!
Bundan tashqari bosh uglerodzanjir eng uzun bo’lmasa ham o’zida funksional guruh tutushi shart, agar funksional guruhlar bir nechta bo’lsa eng ko’p funksional guruh tutgan zanjir tanlanadi.
Analogik tarzda bosh zanjirga karrali bog’lar kiritiladi. Jeneva nomenklaturasidan farqli o’laroq L’ej nomenklaturasida karboksil guruh bazida almashinadigan funksional guruh sifatida qaraladi. Nomerlash avvalo funksional guruhda, keyin ikkinch yoki uchinchi bog’da va ohiri atomlar yoki radikallarda (prefiksli) boshlanadi. Funksional guruhlar bir nechta bo’lsa nomerlashni bosh funksional guruh aniqlab beradi (oksialdegidlarda - CHO guruh, oksikislotalarda -COOH guruh).
IUPAC - 1957 QOIDASI


A uglevodorodlarlar nomenklaturasi (asiklik, siklik, terpen) va B (asosiy geterosiklik sistemalar) nomenklaturasidan tashkil topgan.


IUPAC - 1965 QOIDASI


C. H, O, N, Gal, S, Se, Te, va C tutgan xarakteristik guruhli organik birikmalar nomenklaturasidan tashkil stopgan.
IUPAC qoidalari Jeneva nomenklaturasi prinsiplari va belgilashlariga asoslangan, lekin prinsiplarni qo’llashda L’ej nomenklaturasi qoidalarini tartiblashtirilgan va rivojlantirilgan.
Asiklik birikma asosida albatta eng uzun uglerod anjirlar tanlanadi, shu bilan birgalikda normal va tarmoqlangan yon zanjir nomenklaturasi yaxshilab ishlab chiqilgan. Radikallarning kattalik tartibi o’rnatilgan, nomlashdagi tartibi va asosiy zanjir yoki sikldagi atomlarni nomerlashda uglevodorodlar hosilalari nomenklaturasida harakteristik guruhlar to’g’risida tushuncha kiritilgan, bu termin bilan xamma uglerodmas o’rinbosarlar birlashtirilgan.
Xarakatchan guruhlar kattalik tartibi o’rnatilgan, ularni nomlashda ham, modda asosida ham, atomlar nomeri tartibini aniqlash yotadi.
Har bir xarakatchan guruh uchun 2 usulda - prefiks va suffiks bilan nomlash belgilangan.
Nomlashda faqat karrali bog’lar va bitta xarakatchan guruh suffiksida bo’ladi, qolganlari prefiks bilan belgilanadi.
Nazorat savollari:

  1. Organik kimyo faniga ta’rif bering.

  2. Organik birikmalarning tabiiy manba’lari haqida ma’lumot bering.


Adabiyot:

  1. O.YA.Neyland Organicheskaya ximiya. M.: «Viysshaya shkola». 1990. S.9-25.

  2. A.N.Nesmeyanov, N.A.Nesmeyanov Nachala organicheskoy ximii. Kniga 1. M.: 1969. S. 11-27.

Download 17.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling