Organik birikmalarning tuzilish nazariyasi


Download 142.09 Kb.
bet6/6
Sana02.06.2024
Hajmi142.09 Kb.
#1835293
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Organik birikmalarning tuzilish nazariyasi

sp2-Gibridlangan ikkita orbitalning bir-birini qoplashi natijasida sp2-sp2-tipidagi C–C-bog‘i hosil bo‘ladi (14-rasm, A).
Har qaysi uglerod atomida qolgan bittadan p-orbital etilen joylashgan tekislikka perpendikulyar yo‘nalishda bir-birini qoplaydi. Natijada -bog‘ yuzaga keladi. Etilen molekulasidagi - va -bog‘larning joylashishi 14-rasm, B da ko‘rsatilgan.

A B
14-rasm. Etilen molekulasining tuzilishi

Demak, etilen molekulasidagi jami oltita bog‘ning bittasi sp2-sp2 -tipidagi C–C -bog‘i, bittasi 2p-2p-tipidagi -bog‘, to‘rttasi esa 2sp2-1s tipidagi C–H -bog‘lardir:


a =  2sp2 2sp2


b =  2p 2p
d =  1s 2sp2

Uglerod atomining sp2-gibridlangan holatiga uning ikkinchi valentlik holati deyiladi. sp2-Gibridlangan uglerod atomining elektromanfiyligi 2,8 ga teng.


Agar gibridlanish bitta s- va bitta p-orbital hisobiga sodir bo‘lsa, bunday gibridlanish sp-gibridlanish deyiladi(15-rasm).

15-rasm. Uglerod atomining sp-gibridlanishi
Hosil bo‘ladigan ikkita bir xil gibrid orbital bir-biri bilan 180 burchak ostida joylashsagina, ular o‘rtasidagi o‘zaro itarilish minimal bo‘ladi(16-rasm).

16-rasm. sp-Gibridlangan uglerod atomi.


sp-Gibridlanish holatidagi uglerod atomi «uchinchi valentlik holatda» deb ataladi. sp-Gibridlanishda ikkita «foydalanilmagan» sof orbital ortib qoladi. Ikkita sp-uglerod atomlaridan atsetilen molekulasi hosil bo‘lishida gibrid orbitallar -bog‘ hosil qilib bog‘lanadi(17-rasm, A). Har qaysi uglerod atomida ortib qolgan ikkitadan p-orbital esa bir-birini o‘zaro perpendikulyar tekislikda qoplaydi (17-rasm, B).

A B
17-rasm. Atsetilen molekulasining tuzilishi

Demak, atsetilen molekulasidagi uglerod atomlari ikkita - va bitta-bog‘ orqali bog‘langan:



sp-gibridlangan uglerod atomining elektromanfiyligi 3,1ga teng.
Download 142.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling