Organik birikmalarning tuzilish nazariyasi


Koordinatsion yoki donor-akseptor bog‘


Download 142.09 Kb.
bet5/6
Sana02.06.2024
Hajmi142.09 Kb.
#1835293
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Organik birikmalarning tuzilish nazariyasi

Koordinatsion yoki donor-akseptor bog‘.Bunday bog‘ hosil bo‘lishida bitta zarracha elektron jufti bilan, ikkinchisi esa bo‘sh elektron orbitali bilan qatnashadi:

donor akseptor

Azot atomi (donor) musbat, kislorod (akseptor)esa manfiy zaryadlanadi. Trimetilamin oksidida azot bilan kislorod ham qarama-qarshi zaryadlarning tortilishi (ion bog‘), ham elektron juft bilan (kovalent bog‘) bog‘langan. Bunday bog‘ga semipolyar (yarim polyar) bog‘ deyiladi.




Atom orbitallarning gibridlanishi

Metan molekulasining hosil bo‘lishida uglerod atomi bitta 2s- va uchta 2p-orbitali bilan, vodorod atomlari esa yagona 1s-orbitali bilan qatnashgani uchun, uning molekulasidagi uchta s-p bog‘, to‘rtinchi s-s bog‘dan farq qilishi kerak edi. Metanning kimyoviy xossalarini hamda undagi C–H bog‘larning ayrim parametrlari (bog‘ uzunligi, energiyasi, qutblanganligi)ni o‘rganish teskari natijalar berdi, ya’ni to‘rttala C–H bog‘ning ham bir xil tabiat (energiya, uzunlik)ga va xossalarga egaligi aniqlandi. Shu dalilni tushuntirish maqsadida L.Poling 1931-yilda orbitallarning gibridlanishi (qo‘shilishi, chatishishi) to‘g‘risidagi gipotezani ilgari surdi. Uning fikricha, metan va u singari CX4 tipidagi organik moddalar hosil bo‘lishida uglerod atomining bitta s- hamda uchta p-orbitali qo‘shilib, to‘rtta bir xil shakl va energiyaga ega sp3-gibridlangan orbital yuzaga keladi. Bu gibrid orbital 25% s va 75% p xarakterga ega bo‘lib, unda s- va p-orbitallarning shakli muayyan darajada saqlanadi(8-rasm). Rasmdan ko‘rinib turibdiki, gibrid orbitalning bir tomonida elektron buluti ko‘p, ikkinchi tomonida esa kam. Gibrid orbital boshqa orbitalni ana shu elektron buluti ko‘p tomoni bilan qoplaydi. Natijada qoplanish maksimal bo‘ladi, yadrolar o‘rtasida elektron bulutining zichligi ortadi, demak, yuzaga kelgan bog‘ barqaror bo‘ladi.



8-rasm. sp3–Gibrid orbital

Uglerodning bitta 2s- va uchta 2p-orbitallaridan to‘rtta sp3-gibridlangan orbital hosil bo‘ladi(9-rasm):



9-rasm. sp3-Gibridlangan orbitalning hosil bo‘lishi

To‘rttala gibrid orbital tetraedr markazidan uning uchlariga tomon yo‘nalib joylashganda, ularning o‘zaro ta’sirlashishi kam bo‘ladi. Ikkinchidan, gibrid orbitallar va 1s- orbitallardan metan hosil bo‘lganda gibrid orbitallarning tetraedrik joylashishi metan molekulasidagi vodorod atomlarining bir-biridan baravar uzoqlikda turishini ham ta’minlaydi(10-rasm). Gibrid orbitallarning yo‘nalishlari orasidagi burchaklar metanda 10928ga teng.


Metan hosil bo‘lganda sp3-gibridlangan orbitallar vodorod atomlarining 1s-orbitallari bilan gibrid orbitallarning o‘qlari yo‘nalishlarida qoplangani uchun metandagi to‘rttala C–H bog‘ ham sp3-s tipidagi -bog‘lardir.

10-rasm. Metan molekulasining hosil bo‘lishi

Etan molekulasining hosil bo‘lishida ikkita uglerod atomining 8ta sp3-gibridlangan orbitali va 6ta vodorod atomlarining s orbitallari ishtirok qiladi(11-rasm).



11-rasm. Etan molekulasining hosil bo‘lishi.

Uglerodning sp3-gibridlanishga ega bo‘lgan holati, uning birinchi valentlik holati deyiladi. sp3-Gibridlangan uglerod atomining elektromanfiyligi 2,5ga teng.


sp2-Gibridlanishda bitta s- va ikkita p-orbitaldan uchta teng qiymatli gibrid orbital hosil bo‘ladi. Bitta p-orbital esa o‘zgarmasdan qoladi(12-rasm).

12-rasm. Uglerod atomining sp2-gibridlanishi

Uchta gibrid orbital bir-biridan 120 burchak ostida joylashsagina, ularning bir-biridan itarilishi minimal qiymatga ega bo‘ladi. Tabiiyki, bu orbitallar fazoda bir tekislikda joylashadi(13-rasm).



13-rasm. sp2-Gibridlangan uglerod atomi



Download 142.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling