Metan konversiyasi va unda sintetik neft olish Metan


Download 11.17 Kb.
bet1/5
Sana07.03.2023
Hajmi11.17 Kb.
#1246403
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Metan konversiyasi va unda sintetik neft olish-fayllar.org


Metan konversiyasi va unda sintetik neft olish

Metan konversiyasi va unda sintetik neft olish

Metan


  • Metan (kon gazi, botqoq gazi), SN4 — rangsiz, hidsiz gaz. Mol. m. 16,04. Suvda kam eriydi, etanol, efir, uglerod (1U)-xlorid va uglevodorodlarda eriydi. M. — to'yingan uglevodorod qatorining dastlabki vakili bo'lib, boshqa alkanlar singari radikal oʻrin almashinish reaksiyalari (galogenlash, sulfoxlorlash, sul-fooksidlash, nitratlash va boshqalar)ga kirishadi.

  • Metan — tabiiy va kon gazlarining asosiy qismini tashkil etadi, sellyulozaning anaerob achishidan ham hosil bo'ladi.Saturn, Yupiter va uning yo'ldoshi bo'lgan Titan atmosferasining asosini tashkil etadi. M. sanoat miqyosida tabiiy gazlardan yoki krekinggazdan past temperaturali distilyasiyalash yo'li bilan ajratib olinadi. Labaratoriyada atsetatlardan, karbid yoki metallarning metilgalogenidlaridan olinadi. Metan yonilg'i, sintezgaz xom ashyosi, vodorod, atsetilen, texnik uglerod, uglerod (1U)-xlorid, xloroform, freonlar va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishda qo'llanadi. Zaharli emas, ammo portlovchi aralashmalar hosil qiladi, ko'mir konlarida yuz beradigan noxushliklar shuning oqibatida kelib chiqadi. Bundan tashqari uylarda va xonadonlarda ishlatiladigan tabiiy gaz ham metandir

Metan konversiyasi haqida

Metanning suv bilan o'zaro ta'siri nikel o'z ichiga olgan katalizatorda sodir bo'ladi va ikkita qaytar reaktsiya bilan ifodalanadi.


  • 1) СН4 + Н2О СО + ЗН2 - 206,4 кДж (28)

  • 2) СО + Н2О <>СО2 + Н2 + 41,0 кДж (29)

Iqtisodiy ko'rsatkichlari jihatidan eng arzon va asosiy sanoat usuli birinchi usuldir. Metan konversiyasining (konversiya lotincha conversio so'zidan olingan bo'lib, o'zgarish,aylanish ma'nosini anglatadi) birinchi mahsuloti sintez gaz (mCO+nH2 ) deb ataladi. U vodorod olishdan tashqari metanol sintezi, yuqori molekular og'irlikka ega bo'lgan spirtlar sintezi, sintetik benzin sintezi va boshqalar (so'nggi paytlarda CO gazi temir rudalaridan, temirni qaytarib, toza temir olishda ham ishlatila boshlandi) sintezida ham ko'p ishlatiladi.


Download 11.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling