Metan konversiyasi va unda sintetik neft olish Metan
Download 11.17 Kb.
|
Metan konversiyasi va unda sintetik neft olish-fayllar.org
0,3% Ar va 1 % gacha SN4 bo`lgan azot-vodorod aralashmasi (AVA) to`rt bosqichli markazdan qochma kompressorda 31,5 MPa bosimgacha siqiladi va havo sovutkichida 40°S gacha sovutilgandan so`ng ammiak sintezi agregatining kondensatsion kolonkasi 1 ga yo`naltiriladi (29.1-rasm). Suyuq ammiak qatlamidan o`tib, u namlik qoldiqlaridan va uglerod dioksididan yuviladi hamda kolonkaning seperattsion qismida tsirkulyatsion (aylanuvchi) gaz bilan aralashib ketadi. Gazlar aralashmasi tsirkulyatsion gazni trubalar oralig’ida sovitib, 35—45°S gacha qiziydi va kondensatsion kolonkadan issiqlik almashtirgichi 2 ga chiqadi. Issiqlik almashtirgichning trubalar oralig’ida gaz 140—190°S gacha qiziydi (trubkalar naychalar bo`ylab kelayotgan ro`para gaz bilan) va sintez kolonkasi 3 ga yo`naladi.
3,3% NN3 bo`lgan gaz aralashmasi sintez kolonkasi oldida bir nechta oqimga ajraladi. Asosiy oqim sintez kolonkasining pastki qismiga boradi, kolonka korpusi bilan katalizator qutisi orasidagi halqa oraliq bo`yicha ko`tariladi va uning ustiga joylashgan issiqlik almashgichga keladi. Issiqlik almashgichning trubalar oralig’ida gaz katalizator qutisidan chiqayotgan gaz bilan issiqlik almashinish hisobiga 400-440°S gacha qiziydi va katalizator zonasiga keladi, u erda azot-vodorod aralashmasidan ammiak hosil bo`ladi. 14-16% amiakka ega bo`lgan gaz aralashmasi ketma-ket to`rt qatlam katalizatordan o`tib, 480-530°S temperaturada markaziy truba bo`yicha yuqoriga ko`tariladi, issiqlik almashgich isitgichi naychalari bo`ylab o`tadi, u erda 335°S gacha soviydi va sintez kolonnasidan chiqib ketadi. Keyin gaz aralashmasi suv isitgichi 4 trubalari bo`yicha o`tib, u erda 215°S gacha soviydi, keyin esa issiqlik almashtirgich 2 trubalari bo`yicha o`tib, 60-75SS gacha sovib, havo bilan sovitish apparatlari 5 ga keladi. Gaz aralashmasi 30-40°S gacha soviganda kondensatsiyalangan ammiak separator 6 da ajraladi va ammiak to`plagichida yig’iladi. 10-12% ammiak bo`lgan gaz aralashmasi separatordan tsirkulyatsion kompressor 7 ga yo`naltiriladi, u erda 31,5 MPa gacha siqiladi va kondensatsion kolonna 1 hamda suyuq ammiak bug’latgichi 8 dan iborat ikkinchi kondensatsion sistemaga uzatiladi. Gaz kondensatsion kolonnaning trubalar oralig’iga yuqoridan kiritiladi, bu erda u trubalar bo`ylab yuruvchi gaz bilan 20-25°S gacha sovitiladi va bug’latkichga keladi, bu erda u trubalar oralig’ida -12°S da qaynab turuvchi ammiak bilan– 5-00 gacha sovitiladi. Sovitilgan tsirkulyatsion gaz bilan kondensatsiyalangan ammiak aralashmasi kondensatsion kolonna 1 ning separattsion qismiga uzatiladi, bu erda suyuq ammiak gazdan ajraladi. TSirkulyatsion gaz azot-vodorod aralashmasi bilan aralashtiriladi va tsikl takrorlanadi. Kondensatsion kolonna 1 dan olingan suyuq agregat minus 5 - minus 2°S temperaturada 2 MPa gacha drossellanadi va ammiak to`plagichiga jo`natiladi.Download 11.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling