Organik kimyo fanidan


Download 0.49 Mb.
bet1/6
Sana15.06.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1482894
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Akbarjon


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI

MUQIMIY NOMIDAGI QO'QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

TABIIY FANLAR FAKULTETI KIMYO O’QITISH METODIKASI KAFEDRASI
KIMYO BAKALAVRIAT TAʼLIM YO’NALISHI
2-KURS 02/21-GURUH TALABASI MUXTOROV AKBARJONNING

ORGANIK KIMYO FANIDAN
KURS ISHI

MAVZU: TO’YINGAN UGLEVADARODLARNING MONOGALOGENLI HOSILALARI NOMLANISHI VA IZOMERIYASI


Mundarija:

KIRISH:................................................................................................................
I BOB. NAZARIY QISM.
1.1 To'yingan uglevodorodlar haqida tushuncha
1.2 To'yingan uglevodorodlarning monogalogenli hosilalarining nomlanishi va izomeriyasi
1.3 To'yingan uglevodorodlarning monogalogenli hosilalarining olinish usullari
II BOB. ASOSIY QISM
2.1 To'yingan uglevodorodlarning monogalogenli hosilalarining fizik va kimyoviy xossalari
2.2 Galogen alkillarning gidrolizi .....................................................................
Xulosa:................................................................................................................
Foydalanilgan adabiyotlar:..............................................................................

KIRISH.
Kurs ishining dolzarbligi: O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni, ”Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi” va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ta’lim sohasidagi qarorlari asosida Respublikamizning barcha oliy ta’lim muassasalarida hozirgi zamon talablariga javob beradigan yetuk kasb mutaxasislari tayyorlashga imkon yaratildi.Bu qarorlarda talabalarning milliy, ma’naviy-ma’rifiy o’zligini anglash, zamonaviy-iqtisodiy tafakkurini o’z faoliyatiga tatbiq eta olishi, elektron hisoblash mashinalaridan foydalanish usullarini bilishi,fanlarni to’liq o’zlashtirishi,o’z kasbining fidoiysi bo’lishligi ta’kidlab o’tilgan.
O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan kimyo bakalavr-o’qituvchi ixtisosini beradigan o’quv rejasiga muvofiq organik kimyoni chuqur o’zlashtirilishi, bo’lajak kimyo o’qituvchisining mutaxassisligi bo’yicha tayyorgarligini belgilaydi.
Ta’limning uzluksizligi va uzviyligi amalda bo’lgan bugungi kunda barcha o’quv sohalarida yangi sifat bosqichlariga o’tish talab etilmoqda.
Organik kimyo inson faoliyatining eng qadimgi sohasi hisoblanadi. Moddaning xossalarini chuqur o’rganib va undan inson farovonligi yo’lida foydalanish ushbu kunning asosiy manbalaridan biridir.
Kimyo dunyoni tashkil etgan elementlarni hamda shu elementlardan hosil bo’lgan turli-tuman oddiy va murakkab moddalarni, ularning bir-biriga aylanishiga doir murakkab qonunlarni o’rganadi. Respublikamiz prezidenti ta’kidlaganlaridek, “Agar biz O‘zbekistonimizni dunyoga tarannum etmoqchi, uning qadimiy tarixi va yorug‘ kelajagini ulug‘lamoqchi, uni avlodlar xotirasida boqiy saqlamoqchi bo‘lsak, avvalambor buyuk yozuvchilarni, buyuk shoirlarni, buyuk ijodkorlarni tarbiyalashimiz kerak". Bugungi kimyo fani va kimyo sanoatida qo‘lga kiritilayotgan yutuqlarimiz esa ana shunday izlanuvchan buyuk ijodkorlikning yuksak mahsulidir.

Har bir jamiyatning, fanni o’rganish bilan birga uning paydo bo’lishi,rivojlanishi,yuksalishi va bugungi kundagi mavqeyiga erishguniga qadar bosib o’tgan yo’li, bu yo’lning ayrim bosqich va davrlari, ularda yashab ijod etgan tadqiqotchi olimlar yoki turli kasb egalarining shu fanning yaratilishiga qo’shgan hissalari, hodisa va atrof-muhitdagi materiyani o’rganishda ularga yondashish usullari bilan tanishish katta ahamiyatga egadir. Shunday qilib, fanni o’rganish bilan bir vaqtda, uning tarixini bilish, uni yetarlicha o’rganish har bir bo’lajak mutaxassis uchun juda kerakdir. Darhaqiqat hozirgi vaqtda, rivojlanayotgan mamlakatlarga ko’z tashlaydigan bo’lsak, ijtimoiy iqtisodiy hayoti, ishlab chiqarish sohalari bevosita kimyo fani bilan chambarchas bog’liq. Hozirgi kunda jamiyat hayotida kimyoning roli beqiyosdir. Xalq xo’jaligining barcha sohalarining rivojlanishi kimyoning rivojlanishi bilan bog’liqdir. Sanoatimizda kimyoning yutuqlaridan foydalanib, yuqori sifatli maxsus po’latlar, qattiq va o’ta qattiq qotishmalar, sintetik kauchuk, plastmassalar, sun’iy va sintetik tolalar, mineral og’itlar, motor yoqilg’isi, dori-darmonlar, bo’yoqlar, portlovchi moddalar va boshqalar ishlab chiqarilmoqda. Shu sababli ham biz kimyogarlar oldida kimyo fanining nazariy bilimlarini o’zlashtiribgina qolmay balki uni amaliyot va ishlab chiqarish jarayonlariga tadbiq etish kabi muhim masalalar turibdi. Organik kimyo fani hozirgi vaqtda xalq xoʻjaligining hamma sohalariga, shu jumladan, to`qimachilik, qog'oz va yengil sanoat tarmoqlariga ham kirib keldi. Toʻqimachilik, poliografiya va yengil sanoat mahsulotlari hamda xomashyolarining asosiy qismini organik birikmalar tashkil etadi. Organik kimyo sohasidagi yutuqlar insoniyat jamiyatiga bir qancha dori vositalari, polimerlar va boshqa tabiiy mahsulotlarni sintez qilish kabi koʻplab hissa qoʻshdi.



Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling