61 | Aldegid va ketonlarning kimyoviy xossalari
1. Birikish reaksiyalari.Aldegidlardan birlamchi spirt,ketonlardan 2lamchi spirt hosil bo`ladi.
R-CH=O+H2→R-CH2OH
R-CO-R`+H2→R-C(OH)-R`
2. Aldegilar oson oksidlovchilar ta`sirida ham oson oksidlanadi(ketonlarga bu reaksiya xos emas):
Aldegidlarning kumush oksidining ammiakli eritmasi bilan oksidlanishi “kumush ko`zgu” reaksiyasi deyiladi:
R-CH=O+[Ag(NH3)2]OH→RCOONH4+3NH4OH+2Ag↓ yoki
R-CH=O+2[Ag(NH3)2]OH→R-COOH+2Ag+4NH3+H2O yoki
3. Cu(OH)2 ta`sirida ham aldegidlar organik kislotalarni hosil qiladi(ketonlarga bu reaksiya xos emas):
:
2-3 reaksiyalar aldegidlarga xos sifat reaksiyasi hisoblanadi.
4. Aldegidni fenol bilan katalizatorlar (kislota yoki asos) ishtirokida qizdirilganda polikondensatsiya reaksiyasi sodir bo`ladi, reaksiya natijasida esa fenolformaldegid smolasi va suv hosil bo`ladi.
Polikondensatsiya reaksiyasi deb molekulyar og`irligi kichik bo`lgan molekulalardan katta molekulalar hosil bo`ladigan va bunda qo`shimcha moddalarning ajralishi (suv, spirt) bilan boradigan jarayonga aytiladi.
5. Ketonlar faqat kuchli oksidlovchilar ta`sirida oksidlanadi.
62 | Aldegid va ketonlarning fizik xossalari va ishlatilishi
1. Chumoli aldegid(formaldegid) oddiy sharoitda bo`g`uvchi o`tkir hidli gaz.
2. Aldegidlarning quyi vakillari suyuq modda bo`lib, suvda va organik erituvchilarda oson eriydi.
3. Yuqori vakillari qattiq moddalar hisoblanadi. Ularning Mr ortishi bilan qaynash harorati ham ortadi.
4. Aldegidlarning spirtlar va karbon kislotalardan qaynash temperaturasi past, chunki ularda H bog`lanish mavjud emas.
5. Ketonning quyi vakillari suvda yaxshi eriydi va o`ziga xos yoqimsiz hidga ega bo`ladi.
6. Atseton(dimetilketon) 56,5℃ da qaynaydigan, o`ziga xos hidli, rangsiz suyuqlik.
7. Atseton yog`ochni quruq haydashdan hosil bo`lgan sirka kislotaning kalsiyli tuzidan olinadi. Ilgari bu usul atseton olishda yagona hisoblanar edi. Hozirda sanoatda atseton olishning bir necha samarali usullari kashf qilingan. Masalan, atsetonni to`g`ridan-to`g`ri sirka kislotaning o`zidan ham olish mumkin. Buning uchun CH3COOH bug`lari (Al2O3) katalizator ustidan o`tkaziladi. Atseton sanoatda keng qo`llaniladi. Unda xloroform va yodoform olishda, kislotalar, atsetat ipagi ishlab chiqarishda erituvchi sifatida ko`p miqdorda foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |