Organik kimyoni endi boshlaganlar uchun maslahatlar


| Uglevodorodlarning tarixiy va ratsional nomlashi!


Download 1.93 Mb.
bet6/23
Sana05.11.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1749258
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
Organika nazariya yangisi

09 | Uglevodorodlarning tarixiy va ratsional nomlashi!


Uglevodorodlarning nomlanishi
1. Tarixiy (Trivial, emperik, tasodifiy)
2. Ratsional
3. Sistematik
Tarixiy nomlanish
Tarixiy nomlanish turmush tarzidan yoli tasodifiy holatda nomlangan. Qisqasi tarixda olimlar nima deb nomlagan bo`lsa shunaqa nomlanishi. Bularni yodlab olish kerak bo`ldi.
Alkanlar : CH4 – metan, C2H6 – etan, C3H8 – propan, C4H10 – butan
Alkenlar: C2H4etilen
Alkinlar: C2H2 – asetilen
Arenlar:

Agar benzolda 2 ta metil bo`lsa umumiy ksilollar deb yuritiladi.


Ratsional nomlanish

Uglevodorodlarning ratsional nomlanishi uchun kerakli jadval

Sinfi

Asos

Asos nomi

Alkan

CH4

Metan

Sikloalkan

-

-

Alken

CH2=CH2

Etilen

Alkadiyen

-

-

Alkin

HC≡CH

Asetilen

Aren

-

-



Alkanlarda:
XIX – asrdan beri foydalaniladi.
Lotinchada ratio – fikrlash, idrok degan ma`noni anglatadi.
CH4 asos qilib olinadi. Ya`ni metandagi bitta, ikkita, uchta yoki 4 ta vodorodi ham radikalga almashingan deb qaraladi.
Eng ko`p tarmoqlangan uglerod metan markaz sifatida qaraladi.
Markaz sifatida qaralgan uglerodga birikkan radikalar kichigidan kattasiga qarab aytilib oxirida metan so`zi qo`shib qo`yiladi.
H R R R R
| | | | |
H−C−H H−C−H R−C−H R−C−H R−C−R
| | | | |
H H H R R


CH3CH3 metilmetan.


CH3CH2CH2−CH3 metiletilmetan


CH3−CH2−CH3 dimetilmetan
CH3
|
CH3 – C – CH – CH3
|
CH2−CH3 Dimetiletilizopropilmetan
|
CH3

CH3 CH3 CH3


| | |
CH3– C – C – CH CH – CH – CH – CH2 – CH2
| | | | | | |
CH2 CH3 CH3 CH2 CH3 CH2 CH2
| | | |
CH3 CH3 CH3 CH2 – CH3


!Yuqoridagi moddani ratsional nomlab bo`lmaydi, shu sababli 3 tur nomlanish sistematik nomlanish qabul qilingan.


Alkenlarda: H2C=CH2


CH3CH=CH2 ­ metiletilen


CH3−CH=CH−CH3 simmetrikdimetiletilen


CH3
|
CH3−C=CH2 nosimmetrikdimetiletilen


H3C
|
CH3−C=CCH2−CH3 𝛂 , 𝛂 – dimetil, 𝛃-etiletilen


Alkinlarda: H−C≡C−H


CH3C≡CH ­ metilasetilen


CH3−C≡C−CH3 dimetilasetilen
CH3
|
CH3−C≡C−C−CH3 metilizopropilasetilen


10-16 | Uglevodorodlarning xalqaro nomenklatura bo`yicha nomlanishi


Sistematik(Xalqaro) nomlanish

1892 – yil Jenevada Xalqaro kimyogarlar kongressida yangi nomenklatura qabul qilindi. Sabab ratsional foydalanishga noqulay.


1960 – yil Jeneva nomenklaturasi Nazariy va Amaliy kimyo Xalqaro Ittifoqi (IUPAC – international Union of Pure Applied Chemistry ) komissiyasi tomonidan takomillashtirildi.




Qoidalari (Video yoki ustoz orqali o`rganiladi):
1) Barcha funksional guruhlarni o`zida saqlagan (qo`shbog`lar, galogenlar…) va eng uzun uglerod zanjiri tanlanadi. Halqali birikmalarda esa halqa zanjir sifatida tanlanadi.

2) 1-o`rinda funksional guruhlar, 2-o`rinda kichik radikallar iloji boricha ko`p va ko`proq tarmoqlangan tomondan asosiy uglerod zanjiri raqamlanadi. Halqali birikmalarda ham huddi shunday halqa raqamlanadi.


3) Barcha radikallar va funksional guruhlar(qo`shbog` va uchbog`dan tashqari) qaysi uglerod atomiga birikkanligiga qarab alifbo yoki massasi kichigidan kattasi tartibida, birikkan uglerod raqami va radikal yoki funksional guruh nomi yoziladi. Bir xil radikallar birgalikda birikkan uglerod raqamlari ko`rsatilib nomlanadi. (M:2,3,4-trimetil)


4) Oxirida asosiy zanjir nomi aytiladi. Qo`shbog` yoki uchbog` bo`lsa o`rni ko`rsatiladi.


Yuqoridagi qoidalar barcha uglevodorodlar va ularning hosilalari uchun umumiy bo`lib, uglevodorodlarda alohida – alohida o`rganiladi. Buni o`qituvchi orqali yoki videodarsimiz orqali o`rganishingiz mumkin.




17-23 | Uglevodorodlarda izomeriya hodisasi
Video orqali ko`rish shart.

24 | Alkanlarning olinishi (Adolf Vyurs reaksiyasi)


To`yingan uglevodorodlar fransuz kimyogari Adolf Vtyurs reaksiyasi bo`yicha galoidalkillarga natriy metali ta`sir ettirib olinadi. Galoid alkil – CnH2n+1E (E-galogen)


CnH2n+1E+2Na+ CnH2n+1E 2NaE+ CnH2n+1CnH2n+1
!!!Agar bir xil galoid alkil bo`lsa faqat 1 xil mahsulot hosil bo`ladi:
C2H5 – Br + 2Na + Br – C2H5 C4H10+2NaBr
Borish mexanizmi:
C2H5 – Br + 2Na + Br – C2H5 C4H10+2NaBr
2 yoki undan ortiq galoid alkillarga natriy metali ta`sir ettirilsa 2 va undan ortiq mahsulot hosil bo`ladi.(024 videoni batafsil ko`ring.)



Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling