45 | Alkenlarning polimerlanish reaksiyasi
Etilen va propilen polimerlanish reaskiyalariga kirishadi. Polimerlanish – bu bir xil molekulalarning o`zaro birikib, yirik molekula polimerni hosil qilish reaksiyasidir. Etilenning polimerlanishini quyidagicha yozish mumkin:
nCH2=CH2→ (–CH2 – CH2– )n
monomer polimer
n – polimerlanish darajasi. Bu yerda etilen monomer, polietilen polimer hisoblanadi.
46 | Benzol yadrosining orientatsiya qoidasi(o`rin olish reaksiyalari)
Yon zanjirdagi alkil radikallari elektron zichlikni benzol tomon siljitishi tufayli, halqadagi elektron bulutlarning bir tekis taqsimlanishi buziladi va 2,4,6-holatdagi uglerod atomlarida elektron zichliklari ortadi, bu o`z navbatida ular bilan bog`langan vodorod atomlarini qo`zg`aluvchan bo`lib qolishiga olib keladi, shu sababli ular almashinishga moyil bo`lib qoladi.
(Orientatsiya qoidasini video orqali ko`ring. Ko`rish shart.)
47 | Arenlarni kaliy permanganatning kislotali eritmasi ishtirokida oksidlash
Benzol oksidlanishga ancha chidamli. Undan farq qilib, benzol gomologlari ancha oson oksidlanish reaksiyasiga kirishadi. Benzol gomologlariga kuchli oksidlovchilar ta`sir ettirilganda (KMnO4) faqat yon zanjir oksidlanadi. O
5C6H5 – CH3 + 6 KMnO4 + 9H2SO4 → 5C6H5 – C + 6MnSO4 + 3K2SO4 + 14H2O
OH
48 | Uglevodorodlarning fizik xossalari
Do'stlaringiz bilan baham: |