Alkenlar, alkadiyenlar va alkinlar vodorod bilan to`yinmagan bog`lari hisobiga reaksiyaga kirishadi:
CH3-CH=CH2+H2→CH3-CH2-CH3
CH2=C=CH2 + 2H2→CH3 – CH2 – CH3
CH≡CH + 2H2→C2H6
Aromatik uglevodorodlarda: Benzol va uning gomologlari gidrogenlani siklogeksan va uning gomologlarini hosil qiladi.
40 | Uglevodorodlarning 6 ta sinfiga galogenlar ta`siri
Alkanlarda: Metan bilan xlor yorug`lik ta`sirida reaksiyaga kirishib, metandagi vodorod atomlari birin-ketin xlor atomlari bilan o`rin almashadi.
CH4+Cl2→CH3Cl+HCl CH3Cl – metil xlorid
CH3Cl+Cl2→CH2Cl2+HCl CH2Cl2 – metilen xlorid
CH2Cl2+Cl2→CHCl3+HCl CHCl3 – xloroform
CHCl3+Cl2→CCl4+HCl CCl4 – uglerod xlorid
Agar CH4 va Cl2 aralashmasi quyosh nuri ta`sirida portlaydi, natijada HCl va C hosil bo`ladi:
CH4+2Cl2=4HCl+C
Tarmoqlangan uglevodorodlarni galogenlashda, asosan, uchlamchi uglerod atomlaridagi, keyin ikkilamchi uglerod atomlaridagi va oxiri birlamchi uglerod atomlaridagi vodorod o`z o`rnini galogenga beradi.
Sikloalkanlarda: Sikloalkanlardan faqat siklopropan va siklobutan halqaning uzilishi(alkenlarga o`xshab birikish xos) hisobiga reaksiyasiga kirishadi, qolganlarining xususiyatlari alkanlarnikiga o`xshash o`rin olish reaksiyasiga ega.
+Br2→Br-CH2-CH2-CH2-Br
+Br2→Br-CH2-CH2-CH2-CH2-Br
+Br2→ Br +HBr
C5H10 +Br2→C5H9Br + HBr
Alkenlarda: Alkenlar qo`shbog`ning uzilishi hisobiga galogenlash reaksiyasiga ham kirishadi. Masalan, etilenga bromli suv ta`sir ettirilsa, etilen bromli suvni rangsizlantiradi. Reaksiya mahsuloti sifatida alkanlarning dibromli birikmalalari hosil bo`ladi:
CH2=CH2+Br2→CH2Br-CH2Br
Do'stlaringiz bilan baham: |