Kichik bosim ostida filtrlash uchun eritma yig'iladigan idish sifatida Bunzen kolbasi, yon naychali probirka yoki Vyurs kolbasi ishlatiladi. Voronkalar rezina probka orqali kolbaga o'rnatiladi. Filtrlash uchun 14 ishlatiladigan kolba qalin devorli vakuum-nay orqali suv nasosiga ulanadi. Kolba bilan nasos o'rtasida saqlagich sklyanka ulangan bo'ladi (12rasm). - Kichik bosim ostida filtrlash uchun eritma yig'iladigan idish sifatida Bunzen kolbasi, yon naychali probirka yoki Vyurs kolbasi ishlatiladi. Voronkalar rezina probka orqali kolbaga o'rnatiladi. Filtrlash uchun 14 ishlatiladigan kolba qalin devorli vakuum-nay orqali suv nasosiga ulanadi. Kolba bilan nasos o'rtasida saqlagich sklyanka ulangan bo'ladi (12rasm).
Qayta kristallantirish Qayta kristallantirish - qattiq moddalarni tozalashning muhim usulidir. Buning uchun boshqa qo'shimchalar bilan ifloslangan moddani qizdirganda eriydigan erituvchidan to'yingan eritmasi tayyorlanib, eritmani isitganda filtrlab, erimaydigan qo'shimchalardan ajratiladi. Natijada moddaning toza kristallari cho'kmasi hosil bo'ladi, so'ngra u filtrlanadi va quritiladi. - Qayta kristallantirishga erituvchi tanlash
- 1. Erituvchi erigan moddalar bilan kimyoviy ta'sirlashmasligi kerak.
- 2. Modda tanlangan erituvchida sovitilganda yomon eriydigan, qizdirganda esa yaxshi eriydigan bo’lishi kerak. Moddaga aralashgan qo'shimchalar esa erituvchida yana xam yaxshi erishi kerak. Noma'lum moddani qayta kristallantirish uchun, dastlab oz miqdor modda bilan probirkada erituvchi tanlash kerak. Erituvchi tanlashda erituvchiga moddaning sinfi, tuzilishi hamda kimyoviy yaqinligi muximdir, chunki modda shunday erituvchilarda qayta kristallanadi.
SUYUQ ARALASHMALARNI AJRATISH VA TOZALASH - SUYUQ ARALASHMALARNI AJRATISH VA TOZALASH
- Haydash- suyuqliklarni bir-biridan ajratish va tozalashning eng qulay usuli hisoblanadi. Oddiy haydash usulida suyuqlik qaynash temperaturasigacha qizdiriladi, natijada hosil bo’lgan suyuqlik bug'lari sovutkichda qayta suyuklikka aylantiriladi va boshqa idishga yig'ib olinadi. Bu usulda suyuqlik bug'ga aylanadi, u esa sovutkich yordamida yana suyuklikka aylanadi. Buni to’gri oqimli haydash deyiladi. Agar suyuqlik bug'larining sovugan qismi yangi hosil bo’layotgan suyuqlik bug'lari bilan uchrashib, haydash kolbasiga tushib tursa, bu jarayon qarama - qarshi oqimli haydash deyiladi. Bu usul rektifikatsiya kolonkalarida amalga oshiriladi. Haydash usulidan suyuq moddani erituvchidan, xar xil qaynash temperaturasiga ega bo’lgan reaksiya maxsulotlarini bir-biridan xamda qo’shimchalardan ajratishda foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |