Organik moddalarning tuzilish nazariyasi Organik sintez sanoatda ishlatilishi Organik sintezga chiqaradigan mahsulot turlarini


Download 69.5 Kb.
bet5/5
Sana11.10.2023
Hajmi69.5 Kb.
#1698796
1   2   3   4   5
Bog'liq
Organik sintezning rivojlanishi

+ HOH = CH3CH2OH + 46 kJ
Haroratni pasaytirish va bosimni oshirish muvozanatni etilenni gidratlash tomonga siljitadi. Ammo, bosimni 3 MPa dan oshirish iqtisodiy jihatdan foydali emas. Past haroratdan foydalanish esa reaksiya tezligini ancha kamaytiradi. Shuning uchun reaksiyaga kirishmagan komponentlarni resirkulyalash iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqdir. Barcha ma’lum katalizatorlardan silikagel, kizelgur, alumosilikat kabi g’ovakli tashuvchilarga shimdirilgan fosfat kislotasi nisbatan ancha samaralidir.
Katalizatorning aktivligi kislota konsentratsiyasiga bog’liq. Etilenni to’g’ridan-to’g’ri gidratlashning optimal sharoiti aniqlangan bo’lib, u 7-8 MPa bosim, 280-290C harorat, katalizator yuzasidagi fosfat kislotasining konsentratsiyasi 83% dan past bo’lmaydi. Sirkulyatsiyalanadigan gaz tarkibida elementning konsentratsiyasi (hajm bo’yicha) 80-85%, suvning etilenga nisbatan molyar hajmi 0,7:1, hajmiy tezlik 1800-2500 soat-1. shunday sharoitda 15-16% li suvli spirtli eritma olinadi, etilenning konversiyasi reactor orqali bir o’tganda 4-5% ni tashkil etadi. Etilen bo’yicha umumiy unum 95%.
Etilenni to’g’ri gidratlashning texnologik sxemasi (8-rasm) bir necha to’xtovsiz boruvchi bosqichlardan:

kabilardan iborat. Konsentratsiyasi 98% bo’lgan etilen kompressorda siqilib, suv bug’i va sirkulyatsiya gazi bilan qo’shilib hosil bo’lgan aralashma reaksion gazlar aralashmasining issiqligi bilan 200C gacha taxminiy qizdirish uchun issiq almashtirgich boradi. So’ngra bug’ gaz aralashmasi quvursimon pechda 280C gacha qizdiriladi va gidratorga boradi. Gidrator balandligi 10 metr, diametri 1,5 metr bo’lgan ichi bo’sh po’lat kolonna, korroziyalanishning oldini olish uchun, uning ichi qizil mis bilan qoplangan. Uning ichi 8,5 metr balandlikka qattiq katalizator bilan to’lg’azilgan gazning kontaktlanish vaqti 18-20 soniya. Gidrator ish rejimi bo’yicha ideal siqib chiqarish adiabatik reaktorlarga yaqin o’xshaydi.
Reaksiya natijasida hosil bo’lgan mahsulotlar aralashmasi izma-iz issiqalmashtirgichda soviydi, hosil bo’lgan kondensat (spirtning suvli suyuq eritmasi) yig’gichda ajralgach sovitgichda to’liq soviydi va reaksiyaga kirishmay qolgan gazlar etanol bug’ bilan skrubberda suv bilan to’liq yuvilib ajraladi.
Download 69.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling