Organik reagentlar va ularning tahlilda qo'llanilishi
Konstruktsion polimer materiallar
Download 122.93 Kb.
|
Abduhamidov Otabek. Analitik kimyo
Konstruktsion polimer materiallar. Konstruksion materiallar sifatida tabiiy yuqori molekulali birikmalar sof holda yoki biroz boshqa moddalar smolalar aralashtirib ishlatiladi.
Polietilen- etilenni polimerizasiya reaksiyasi natijasida olinadi 150-250 mPa va 1500- 2500 C yoki past bosim katalizator ishtirokida olinadi. Molekulalar massasi 10000 dan 400000 gacha bo‘lishi mumkin. Suv ta'siriga chidamli, oddiy haroratda ko‘pchilik erituvchilarda erimaydi. Uzoq vaqt ochiq havoda, quyosh ta'sirida va issiqlik ta'sirida quriydi qattiq va noziklashib qoladi. Polietilen juda yahshi dielektrik hossalarga ega bo‘lib, uzilishga, sovuqlikka, kimyoviy reagentlar ta'siriga chidamli, havo va namni o‘tkazmaydi. Bu makromolekuladan plyonka naychalar, elektr izolyatsion materiallar, turli texnika va ro‘zg‘or buyumlari tayorlashda ishlatiladi. Polistirol. Stirolni blokli yoki emul'sion polimerlash yo‘li bilan olinadi. nH2C = CH Cl (-H2C-CH-)n Cl Polistiroldan elektrotexnikada dielektriklar sifatida, kislotabardosh trubalar va ro‘zgor buyumlari ishlab chiqarishda foydalaniladi. Ba'zi sopolimerlardan katta gabaritli buyumlar (vanna, sovitgich detallari) tayorlashda ishlatiladi. Polivinilhlorid - vinilhloridni polimerlash natijasida olinadi: nH2C = CH (-H2C-CH-)n Cl Cl Polivinilhlorid juda puhta va issiqbardosh material. Bulardan qabel' ishlab chiqarishda, kimyoviy barqaror trubalar, elektroliz vannalari, akkumulyator detallari va boshqa maqsadlar uchun ishlatiladi. Polivinilftorid- vinilftoridni polimerlar yo‘li bilan olinadi: nH2C = CH (-CH2-CH-)n F F Polivinilftorid issiqbardoshligi, yuqori haroratlarda yumshashi va past haroratlarda ham elastiqligini saqlab qolishi tufayli tehnikaning turli tarmoqlarida ishlatiladi. Politetraftoretilen - tetraftoretilenni polimerizatsiya-reaksiyasi natijasida olinadi. nF2C = CF (-CF2-CF2-)n Bu polimer yuqori haroratga chidamli teflon 320 C atrofida bir oz yumshaydi va 4000 C dan yuqori haroratda parchalana boshlaydi. U hatto ochiq alangiada ham yonmaydi va suyuqlanmaydi. Bu polimer Organik suyuqliklarda ham Anorganik suyuqliklarda ham buqmaydi va erimaydi. U qonts. Sul'fat va nitrat kislotalar ishqorli va vodorod ftoridga ham chidamli. Kimyoviy barqarorligidan oltin va plastinadan ham yuqori. U kabel' sanoatida, reaktor qran, membrana, nasos va haqozolar tayorlanadi. Oziq-ovqat sanoati uchun ham zarur-asbob uskunalar ishlab chiqariladi. Fenolformal'degid polimerlar- Fenoplastlar sanoatning turli tarmoqlarida qora va rangidor metallar o‘rnida ishlatiladigan juda muhim moddalardir. Ulardan keng iste'mol buyumlari elektr izolyatsiya materiallari va qurilish detallari tayorlanadi. Bulardan tashqari plastik massalar, rezina materiallari ham texnikada keng qo‘llaniladi. Download 122.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling