Organik reaksiyalarning turlari
Download 230.74 Kb.
|
Organik reaksiyalarning turlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4) Oksidlanish reaksiyalari
- 5) Nitrolash.
2) Birikish reaksiyasi: Sikloalkanlarda ham xuddi to’yingan uglevorodlarda bo’lganidek hamma bog’lar to’yingan, lekin ular birikish reaksiyasiga kirishish xususiyati bilan to’yingan uglevodorodlardan farq qiladi. Kichik siklli birikmalar, ularning kakta siklli anologlariga nisbatan birikish reaksiyasiga oson kirishadi. Bu hodisa siklopropanda 50-70°C da bo’lsa, siklopentanda esa 350°C da sodir bo’ladi.
3) Galogen kislotalar (ning birikishi) ham galoidlar kabi ta’sir etadi, ya’ni siklopropan va siklobutan qatorlari, ayniqsa yodid kislota va bromid kislotalar ta’sirida ochilib, galogenovodorodlarni biriktirib oladi. Shuni ham aytish kerakki, yuqoridagi reaksiya siklobutan bilan juda qiyin boradi. Yuqori siklli birikmalar bu kislotalarni biriktirib olmaydi. 4) Oksidlanish reaksiyalari: sikloparafinlar alkanlar kabi faqat yuqori haroratda va kuchli oksidlovchilar ta’siridagina oksidlanadi. Shuni ta’kidlash zarurki, bunday sharoitda alkan uglevodorodlarning C – C bo’gi uzilib, molekulalari parchalanib ketadi, sikloalkan birikmalari esa ikki asosli karbon kislotalarni hosil qiladi. Bunda sikloalkan molekulasida nechta uglerod atomi bo’lsa, hosil bo’lgan kislotada ham shuncha uglerod atomi bo’ladi. 5) Nitrolash. Besh a’zoli va undan ortiq a’zoli sikllar paraffin uglevodorodlar kabi nitrolanadi. (Konovalov reaksiyasi) Ishlatilishi: Siklopropan tibbiyotda narkoz uchun ishlatiladi. Siklogeksanning xlorli birikmasi geksaxlorsiklogeksan C6H6Cl6 qishloq xo’jaligida insektitsid sifatida ishlatiladi. Siklogeksanolni nirat kislota yordamida oksidlash natijasida olingan adipin kislotadan poliamid tolalar – kapron va neylon olishda foydalaniladi. Download 230.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling