Organik va fizikaviy kimyo kafedrasi


Download 1.06 Mb.
bet16/44
Sana10.06.2020
Hajmi1.06 Mb.
#116905
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   44
Bog'liq
Amaliy mashg'ulotlar Qurilish


1.75. 0,7 g ikki valentli metall kislota bilan ta’sirlashganda 0,28 l vodorod ajralib chiqqan bo’lsa, qaysi metall kislota bilan ta’sirlashgan? (Javob: temir).

1.76. Vodorod bilan RH4 tarkibli birikma hosil qiladigan elementning oksidi tarkibida 53,3 % kislorod bo‘ladi. Shu elementning nomini ayting. (Javob: kremniy).

1.77. Yuqori oksidi RO3 bo‘lgan elementning vodorodli birikmasi tarkibida 2,47 % vodorod bo‘lsa, bu qaysi element? (Javob: selen).

1.78. Nomalum elementning vodorodli birikmasi H2X formulaga javob beradi, uning kislorodli birikmasi tarkibida 20,0 % kislorod bor. Bu qaysi element?

Yechish: Masalani yuqoridagiday yechish mumkin, bunda:

bo‘ladi. Qaysi element haqida gap yuritilayotganligini topish uchun bu qiymatni galma-gal 2, 3, 4 va h.k. sonlarga ko‘paytiramiz: Ar=32.2=64. Nisbiy atom massasi 64 bo‘lgan mis elementi vodorodli birikma hosil qilmaydi. Ar=32.3=96. Nisbiy atom massasi 96 bo’lgan molibden elementi ham vodorodli birikma hosil qilmaydi. Ar=32.4=128. Nisbiy atom massasi 128 bo‘lgan element tellurning vodorodli birikmasi H2X formulaga to‘g‘ri keladi. Demak, bu element tellur ekan.



1.79. VA guruh elementlaridan birining kislorodli birikmasi tarkibida 74,07 % kislorod bo‘lsa, bu qaysi element?

(Javob: azot).



1.80. Valentligi 3 ga teng bo’lgan metall oksidining 40 g massasini qaytarish uchun 1,5 g vodorod sarflangan. Bu qaysi metall?

Yechish: Eng avvalo reaksiya tenglamasini tuzamiz:

Me2O3+3H2=2Me+3H2O.

Masalani reaksiya tenglamasi bo‘yicha yechish mumkin, buning uchun proporsiya tuzamiz:

40:x=1,5:6,0; x=160 g.

Demak, oksidning molekulyar massasi 160 ekan. Endi molekulyar massani topish formulasi asosida:

Mr(Me2O3)=2Ar(Me)+3Ar(O)=160

ni yozish mumkin.



Bundan , ya’ni uch valentli metall temir ekanligi ma’lum bo‘ladi.

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling