Organik yoqilgi
Elektr energiyani xalq xo’jaligida ishlatishi
Download 121.85 Kb.
|
EET
- Bu sahifa navigatsiya:
- 16. Energetika tizimi
15. Elektr energiyani xalq xo’jaligida ishlatishi
Elektr energiya elektr stansiyalarida boshqa turdagi energiyani elektr energiyaga aylantirish yo‘li bilan ishlab chiqariladi. Elektr energiyadan sanoatda, transportda, aloqada, qishloq xo‘jaligida va kundalik turmushimizda keng foydalaniladi. Elektr stansiyalari o‘zgartirilayotgan energiyaning turiga qarab shamol, issiqlik, gidravlik, atom va quyosh elektrostansiyalariga bo‘linadi. Elektr energiyasi katta kichik elektr stansiyalarda asosan elektromexanik induksion generatorlar yordamida ishlab chiqariladi. Issiqlik va gidroelektrstansiyalar bir biridan generatorlarining rotorini aylantiruvchi dvigatellarning xarakteri bilan farq qiladi. Issiqlik elektrostansiyalarida (IES) energiya manbai sifatida organik yoqilg‘ilar (ko‘mir, neft, mazut, yonuvchi slanets va gaz)lardan foydalaniladi. Bu stansiyalarda generatorning rotorlarini bug‘ va gaz turbinalari yoki ichki yonuv dvigatellari aylantiradi. Bug‘ turbinali yirik IES lari eng tejamli stansiyalardir. Ko‘pchilik IESlarda yoqilg‘i sifatida ko‘mir kukunidan foydalaniladi. Ularda 1kv/soat elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun bir necha yuz grammgina ko‘mir yoqadi. Bug‘ qozonida yoqilg‘idan chiqadigan energiyani 90%gacha qismi bug‘ga o‘tadi. Trubinada bug‘ oqimini kinetik energiyasi rotorga uzatiladi. Turbinaning vali generatorni vali bilan mahkam biriktirilgan. Bug‘ trubogeneratorlari ancha katta tezlik bilan ishlaydi. Ularda valning aylanish tezligi (soni )minutiga bir necha mingni tashkil qiladi. 16. Energetika tizimi Iqtisodiyot tarmoqlari va aholining elektr energiyasiga bo‘lgan talabi hamda eksport reja-ko‘rsatkichlariga muvofiq, 2015 yilda respublikamizda 57,5 mlrd.kVt.s.dan ortiq (2014 yilga nisbatan 2,3 foizga ko‘p) elektr energiyasi ishlab chiqarildi va iste'molchilarga yetkazib berildi. Bu borada bir qator investitsion loyihalarning yakunlanishi natijasida, jumladan, Toshkent IESda bug‘-gaz qurilmasining ishga tushirilishi hisobidan 370 MVt va Chorvoq GESini modernizatsiyalash hisobidan 15 MVt qo‘shimcha quvvatlar ishga tushirildi. Ta'kidlash joizki, respublikamizda mavjud elektr stansiyalarini modernizatsiya qilish, energosamarador bo‘lgan yangi elektr stansiyalarini qurish, past va yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarini yangilash, shuningdek ularning o‘tkazuvchanlik qobiliyatini oshirishga yo‘naltirilgan qator investitsion loyihalar amaliyotga izchil tatbiq etilmoqda. Bunday ishlab chiqarish quvvatlarining ortishi yurtimizda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar va sanoat korxonalarining elektr energiyasiga bo‘lgan va kun sayin ortib borayotgan talabini qondirishga xizmat qiladi. Download 121.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling