Organik yoqilgi


Download 121.85 Kb.
bet3/5
Sana14.12.2022
Hajmi121.85 Kb.
#1001455
1   2   3   4   5
Bog'liq
EET

12. Umumiy resurslar
Tabiat resurslari, tabiiy boyliklar — jamiyatning moddiy va maʼnaviy ehtiyojlarini qondirish maqsadlarida xoʻjalikda foydalaniladigan hamda insoniyatning yashashi uchun zarur boʻlgan, uni oʻrab turgan tabiiy muhitning barcha tabiat komponentlari, energiya manbalari. Tabiat resurslariga Quyosh energiyasi, Yerning ichki issiqligi, suv, yer, mineral boyliklar, foydali qazilmalar, oʻsimliklar, tuproqlar, hayvonot dunyosi kiradi. Tabiat resurslari tugaydigan (koʻpgina foydali qazilmalar), tugamaydigan (suv, havo, Quyosh nuri, Yerning ichki energiyasi) va tiklanadigan (biologik elementlar, ayrim foydali qazilmalar) boyliklarga boʻlinadi. Tabiiy xom ashyolarni koʻp darajada isteʼmol qiluvchi kuchlarning jadal rivojlanishiga bogʻliq ravishda tabiat resurslari bilan taʼminlash muammolari yanada dolzarblashib bormoqda. Tuproq, atmosfera va gidrosferaning ifloslanishiga qarshi kurashishda jahonning barcha mamlakatlari kelishib faoliyat yuritishlari zarur boʻlib, tabiat resurslari muhofazasi global xarakterga ega boʻlmoqda. Tabiat resurslarini oʻzlashtirishning muhim bosqichlari — ularni aniqlash (razvedka qilish), oʻrganish, alohida turlari boʻyicha kadastrlar (masalan, yer kadastri, suv kadastri) tuzishdan iborat.

13. MGD – generatorning ishlash prinsipi
Magnitogidrodinamik generator, MGD-generator — issiqlik energiyasini bevosita elektr energiyasiga aylantirib beradigan generator. Asosiy qismlari: elektrodlar joylashgan kanal va kuchli magnit maydonni hosil qiladigan elektromagnit. Magnitogidrodinamik generatorning yopiqsiklli (berk kanalli) va ochiq siklli (ochiq kanalli); impulsli (oniy), qisqa muddat va uzok, muddat ishlaydigan xillari boʻladi. Generator ishlab turgan paytda temperatura va bosim taʼsirida kanalda harakatlanadigan va magnit maydonni kesib oʻtadigan elektr oʻtkazuvchi ish jismi (elektrolit, suyuq metall yoki plazma) da elektr toki hosil boʻladi. Bu tok elektrodlar orqali isteʼmolchiga boradi. Dastlabki Magnitogidrodinamik generator 20-asr 50-yillar oxiri va 60-yillar boshida oldin AQSH da, keyinroq sobiq Ittifoqda yaratilgan. Quvvati 500 MVt ga yetadigan MGD-elektr stansiyaning magnitogidrodinamik bloki ham ishlab chiqilgan. Magnitogidrodinamik generator issiqlik elektr st-yalarining ish samaradorigini ancha oshiradi. Magnitogidrodinamik generatordan elektr stansiyalarda, kosmik kemalar, samolyotlar va boshqalarda foydalanish mumkin .



Download 121.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling