O'rganilayotgan roman yoki german tilining fonetik,grammatik va leksik-semantik qonuniyatlari reja
Download 145 Kb.
|
1 2
Bog'liqO\'RGANILAYOTGAN ROMAN YOKI GERMAN TILINING FONETIK,GRAMMATIK VA LEKSIK-SEMANTIK QONUNIYATLARI
O'RGANILAYOTGAN ROMAN YOKI GERMAN TILINING FONETIK,GRAMMATIK VA LEKSIK-SEMANTIK QONUNIYATLARI REJA 1.Roman tili fonetikasi 2. Roman tili Grammatikasi 3. Roman tili va uning o'ziga xosligi Hind-yevropa tillari — Yevro siyoda mavjud boʻlgan, keyingi bep! asr mobaynida esa Shimoliy va Janubiy Amerika, Avstraliya, qisman Afrikada ham tarqalgan yiriktil oilalaridan biri. Qiyosiytarixiyy mstod. shunga muvofiq ravishda qiyosiy-tarixiy tilshunoslik ham keyinchalik hindyevropa tillari deb atalgan bir qancha tillarni oʻrganish asosida paydo boʻlgan. Shu sababli ham Hind-Yevropa tillari genetik aloqalariga koʻra tillarning alohida birlashish shakli sifatida faraz qilingan dastlabki til oilasi hisoblanadi. Odatda fanda boshqa til oilalarini ajratish, belgilash bevosita yoki bilvosita Hind-Yevropa tillarini oʻrganish tajribasiga tayanadi. Shuningdek, boshqa til guruhlari uchun qiyosiy-tarixiy grammatika va (etimo-logik) lugʻatlar tuzishda ham Hind-Yevropa tillari uchun tuzilgan ana shunday ishlar tajribasi hisobga olinadi. Hind-Yevropa tillarining tarkibi quyidagilardan iborat: I) xett-luviy yoki anatoliy guruhi (Kichik Osiyo-da) 2 xilma-xil xronologik davrga mansub bir qancha tillarni qamrab oladi. Bular: mil.av 18–13-asrlardagi mixxatl\\ xett yoki nesit (ilk yodgorligi – xett podshosi Anittasning bitiklari, keyinroq – diniy maro-sim, mifologik, tarixiy, siyosiy, ijtimoiyiqtisodiy, epik va boshqa mazmundagi matnlar), mixxatli luviy, palay tillari; oraliq davr deb hisoblanuvchi miloddan avvalgi 9–8-asrlardagi iyerog-lifik xett tili; miloddan avvalgi 7–3-asrlarda (antik davrda) mavjud boʻlgan likiy, lidiy, kariy, sidet va boshqa qad. tillar-dir. 19-asr oxirlari va 20-asrda xett-luviy tillari materiallarining oʻrga-nilishi qadimgi Hind-Yevropa tillarining tipi haqidagi tasavvurlarga ham, hindev-ropa bobo tilining qurilishi qanday boʻlganligi haqidagi tushunchaga ham juda katta oʻzgartirishlar kiritdi; 2) hind yoki hind-oriy gu-ruhi (Hindiston yarim orolining shimoliy qismi, Shri Lanka oroli) 3 davrga mansub tillardan iborat. Bular: qad. davrdagi veda tili (miloddan avvalgi 2-ming yillik oxiri – 1-ming yillik boshlarida yaratilgan "Rigveda" gimnlar toʻplami), mumtoz, epik va budda variantlariga ega boʻlgan sanskrit tili; oʻrta davrga mansub prakritlar – oʻrta hind tillari: pali, payshachi, magad-hi, apabhransha va boshqa tillar; yangi davrga mansub hindiy, bihar, bengal, as-som, oriya. marathiy, singal, sindhi, lendi, panjobi, rajasthani, gujarot, khandeshi, paxari, nepal, pariya (yaqinda Oʻrta Osiyoda aniqlangan). loʻli (Hindistonning oʻzida bir necha shevalarga ega hamda jahon boʻylab bir qancha variantlarda tarqalib ketgan) tillari; 3) eroniy guruhdagi tillar ham 3 davrga mansub boʻlib, bular quyidagilardir: qad. davrdagi avesto (muqaddas matnlar toʻplami"Avesto" yodgorligi tili), qad. fors (axomaniylar davridagi, miloddan avvalgi 6– 4-asrlarga mansub mixxat yozuvlari tili), midiy, skif tillari; oʻrta eroniy davr (miloddan avvalgi 4–3-asrlar – milodiy 8–9-asrlar)ga mansub oʻrta fors (yoki pahlaviy), parfiya, sugʻd, xorazmiy, baqtriya, alan tillari; yangi eroniy davr tillari esa fors (forsiy, for-siyi dari), tojik, pushtu (pashtoʻ, afgʻon), yozuvga ega boʻlmagan luriy va baxtiyoriy lahjalari, baluj (baluch), tot, tolish, gilon va mozandaron Markaziy va Gʻarbiy Eron lahjalari, parachi, ormuri, qumzori, munjon, yagʻnob, osetin tillari, shuningdek, koʻplab pomir tillari; 4)toxar gu-ruhi "toxar A" (sharqiy toxar yoki turfon) va "toxar B" (garbiy toxar yoki kuchan) tillaridan iborat; 5) arman tilit qad. (milodiy 5–11-asrlar), oʻrta (12–16-asrlar) va yangi (17-asrdan) arman tili oʻzaro farqlanadi; 6) fri-giy tili (Kichik Osiyoning gʻarbiy qismi) miloddan avvalgi 8–3-asrlarga mansub qad. frigiy bitiklaridan maʼlum oʻlik til; 7) frakiy tili (Bolqonning sharqiy qismi va Kichik Osiyoning shim.-gʻarbida) – miloddan avvalgi 6–5-asrlarga mansub bir qancha bitiklardan maʼlum oʻlik til; 8) illiriy guruhi (Bolqonning gʻarbiy qismi va qisman Italiyaning janubi-sharqida) miloddan avvalgi 6– 1-asrlarga mansub, bir qancha lugaviy birliklar, shaxs va joy nomini bildiruvchi soʻzlarda saqlanib qolgan oʻlik illiriy va messap tillaridan iborat; 9) alban tili milodiy 15-asrga mansub yozma yodgorliklardan boshlab maʼlum; 10) venet tili (Italiyaning shim.-sharqi-da) miloddan avvalgi 6–1-asrlarga mansub 250 dan ortiq bitiklar orqali maʼlum boʻlgan oʻlik til; II) yunon (grek) gu-ruhi asl yunon (qad. grek. – miloddan avvalgi 15– 11-asrlar), Gomer dostonlari tili (miloddan avvalgi 10–9-asrlar), oʻrta grek tili (milodiy 1 –15-asrlar) kabi oʻlik tillarni hamda yangi, zamonaviy grek tilini qamrab oladi; 12) italiy guruhi (Apennin yarim orolida) qad. davrdagi lotin tilini (dastlab Rim shevasi maqomida boʻlib, keyinchalik butun Italiyaga, Yevropaning katta qismiga, Shim. Afrikaga tarqalgan, miloddan avvalgi 6-asrga mansub bitiklardan maʼlum oʻlik til), osk, falisk, umbr, sikul tillarini hamda yangi davrdagi roman tillarinn qamrab oladi; roman gurui fransuz, oksitan (provansal), ispan, katalan, gali-si(ya), portugal, italyan, sard, reto-roman, rumin, moldovan, arumin (aromun) va 19-asrdan oʻlik hisoblanadigan dalmatin tillaridan iborat. Roman tillari asosida esperanto kabi xalqaro sunʼiy tillar paydo boʻlgan; 13) kelt guruhi (Gʻarbiy Yevro-paning chekka qismi – Irlandiya va Shotlandiyadan Pireney yarim oroligacha boʻlgan hududda) 3 guruhchaga (gall, britt, goydel) boʻlinadi. Bu guruhga gall (oʻlik), uels, breton, korn (oʻlik), irland, shotland (gel), kelt, keltiber, men (oʻlik) va boshqa tillar kiradi; 14) german guruhi oʻz navbatida 3 guruhchaga boʻlinadi: sharqiy german [oʻlik tillar – got (milodiy 4-asrdan maʼlum), vandal, burgund va boshqa[, gʻarbiy german [yuqori nemis, nemis, itsish (yangi yahudiy). quyi nemis, niderland (golland), fla-mand, afrikaans (bur), qad. ingliz (oʻlik), ingliz, friz tillari] va shimoliy german [island, dan (dat), shved, norveg (bir-biridan farqlanuvchi 2 adabiy shakli bor), farer tillari] gu-ruhchalari; 15) boltiq guruhi odatda gʻarbiy boltiq |prus, yatvyaj (sudav), galind (golyad), shalav kabi oʻlik tillar| va sharqiy boltiq (lit-va, latish – jonli tillar, kursh, selon – oʻlik tillar) guruhchalariga ajraladi; 16) slavyan guruhi ham oʻz navbatida 3 guruhchaga boʻlinadi: janubiy slavyan |eski slavyan (10– 11-asr yodgorliklaridan maʼlum oʻlik til) va jonli tillar: bolgar, makedon, serbxorvat, sloven tillari|, gʻarbiy sla-vyan (chex, slovak, polyak, kashub kabi jonli tillar hamda oʻlik polab tili va boshqa bir qancha lahjalar) va sharqiy slavyan (rus, ukrain, belorus tillari) guruhchalari. Shubhasiz, yuqoridagilardan boshqa Hind-Yevropa tillari ham mavjud boʻlgan. Ularning baʼzilari izsiz yoʻqolib, "oʻlib" ketganlar, baʼzilari esa u yoki bu dara-jada toponimika materiallarida hamda substrat soʻzlarda saqlanib qolgan. Yana boshqa bir tillarning (mas. etrusk tili) esa Hind-Yevropa tillariga mansubligi masalasi hanuzgacha hal etilmagan. Hind-Yevropa tillarining davr va makon qamrovi juda ulkan: davr nuqtai nazaridan Hind- Yevropa tillarit. mavjudligi miloddan avvalgi 2-ming yillik avvalidan boshlansa, makon nuqtai nazaridan esa gʻarbda Atlantika okeani qirgʻoqlaridan sharqda Markaziy Osiyogacha, shimolida Skandinaviyadan janubida Urta dengizgacha boʻlgan ulkan hududda mavjud boʻlgan; keyingi 500 yil ichida ingliz, ispan, fransuz, portugal, niderland, rus kabi yangi Hind- Yevropa tillarining keng tarqalishi, yoyilishi bu tillarning barcha qitʼalarda paydo boʻlishiga, asosiy yoki ikkin-chi, yordamchi til sifatida qoʻllana boshlashiga sabab boʻldi. Hind-Yevropa tillarining tarqalishida tabiiy-tarixiy tarzda yoki mustamlakachilik siyosati tufayli roʻy bergan aholi (xalklar, elatlar) migratsiyasi ham katta rol oʻynagan. Hind-Yevropa tillari tarmogʻining dialektal boʻlinishi xususiyatlaridan biri sifatida hind-oriy tillari bilan eroniy tillarning , boltiq tillari bilan slavyan tillarining juda yaqinligini, italiy va kelt tillarining esa bir qadar yaqinligini koʻrsatish mumkin. Bunday yaqinlik va oʻxshashliklar boshqa til guruhlarida ham kuzatiladi. Hind-yevropa tilshunosligi tarixining bir yarim asrdan koʻproq davri mobaynida Hind-Yevropa tillarining tarkibi haqidagi tushuncha odatda tillarning koʻpayib borishi tomon oʻzgargani kabi (mas, Hind-Yevropa tillarining dastlabki yadrosi, oʻrganilish obʼyekti sanskrit, yunon, lotin, german tillari boʻlgan boʻlsa, keyinchapik bu doira kelt, boltiq, slavyan tillari, alban va arman tillari, 20-asrda esa xett-luviy va toxar tillari hisobiga kengaydi), bu tushuncha hozir ham unchalik barqaror emas, chunki hali chuqur oʻrganilmagan, toʻla oʻqish imkoni boʻlmagan tillar anchagina. Rus olimi V.M.Illich-Svitich tomonidan Hind-Yevropa tillarit.ning yanada qadimiyroq qarindoshlik aloqalari haqidagi nazariya ilgari surilgan. Unga koʻra, Hind-Yevropa tillarining "nostratik" deb ataluvchi va som-hom (afroosiyo), ural, oltoy, dravid va kartvel singari yirik til oilalarini qamrab oluvchi ulkan oila bilan qarindoshlik aloqalari bir qator fonetik va qisman morfologik moslik (oʻxshashlik)lar bilan isbotlangan. Hind-Yevropa tillarini oʻrganish, birinchidan, qiyosiy-tarixiy metodnnng kelib chiqishiga va qiyosiy-tarixiy tilshunosliknnng paydo boʻlishiga, ikkinchidan, bu sohaning qiyosiy-tarixiy tilshunoslikdagi alohida bir boʻlim – hindevropashunoslik tarzida shakllanishiga sabab boʻldi. Lotin tili — hind-yevropa tillari oilasining italiy tillari guruhiga mansub; Italiyaning oʻrta qismidagi Latsiy viloyatida miloddan avvalgi 8-asrda yashagan lotin qabilasining tili. Lotin tilining asta-sekin Rim hududidan tashqariga tarqalishi va qadimgi Italiyaning boshqa tillarini siqib chiqarishi miloddan avvalgi 4—3-asrlarga toʻgʻri keladi. Apennin yarim orolning lotinlashuvi (yunon tili hukmron boʻlgan Jan. Italiya va Sitsiliya bundan mustasno) miloddan avvalgi 1-asrda yakunlanadi. Rim imperiyasining gullab-yashnashi, yangi-yangi mustamlakalarning bosib olinishi natijasida Lotin tili Shim. Afrika, Ispaniya, Galliya, Germaniya, Dunayboʻyi hududlariga tarqaladi. Lotin tilidagi eng qadimgi yodgorliklar miloddan avvalgi 3-asrga mansub. Qadimgi davr Lotin tili tarixi bir-biridan u yoki bu darajada farqlanuvchi 5 ta davrga ajratiladi: 1) eng qadimgi Lotin tili davri (miloddan avvalgi 6—4-asrlar); 2) klassik davrgacha boʻlgan Lotin tili davri (miloddan avvalgi 3—2-asrlar, adabiy Lotin tilining shakllanish vaqti); 3) klassik, "oltin" Lotin tili davri (miloddan avvalgi 1-asr, juda boy leksika va rivojlangan adabiyoti bilan ajralib turadi); 4) klassik davrdan keyingi, "kumush" Lotin tili davri (milodiy 1-asr, adabiy tilning fonetik va morfologik meʼyorlari uzil-kesil shakllandi); 5) soʻnggi bosqichdagi Lotin tili (2— 6- asrlar; yozuv tili bilan xalq-soʻzlashuv tili-"xalqona lotin" oʻrtasida tafovut paydo boʻldi). 5-asrda Rim imperiyasi qulaganidan keyin xalq-soʻzlashuv tilining mintaqaviy farqlanishi tezlashib, bu nar-sa 9-asrga kelib alohida, mustaqil roman tillarinkng (italyan, fransuz, portugal, ispan, rumin, moldavan va boshqalar) paydo boʻlishiga olib keldi. Yozma Lotin tilining birligi saqlanib qoldi, u leksik jihatdan rivojlanishda davom etdi, klassik Lotin tilining asosiy lugʻat tarkibi va grammatik kurilishi barqarorlashdi. Adabiy Lotin tili tarqalgan barcha hududlarda u maʼmuriy boshqaruv, savdo-tijorat, maktab tili edi; oʻrta asrlarda butun Gʻarbiy Yevropa umumiy yozuv tili boʻlib qoʻllandi; 18—19-asrlargacha diplomatiya, ilm-fan va falsafa tili, 20-asrda esa katolik cherkovi tili, Vatikanning (italyan tili bilan birga) rasmiy tili boʻlib qoldi. Lotin tili Yevropa madaniyati rivojida ulkan rol oʻynadi. Yevropa tillaridagi siyosiy, ilmiy va texnik terminologik tizimlarning leksik jihatdan boyishi va koʻpayib borishiga ijobiy taʼsir koʻrsatdi. Lotin tili qadimiy hind-yevropa tillariga xos, uni xett tili, hind-eron, kelt tillari bilan yaqinlashtiruvchi xususi-yatlarni saqlab qolgan. Asosiy fonetik jihatlari unda unlilar chuzikligining fonologi k farqlanishiga egaligi, urgʻu soʻzning oxirgi boʻgʻiniga tushmasligi, undoshlarning kuchsizlanib borishi kabilardan iborat. Morfologik xususiyatlari: fleksiyadan shakl yasashning asosiy vositasi sifatida foydalanish, fleksiyaning 5 turi mavjudligi, turlanishning 6 kelishikka asoslanishi, feʼllarda 3 xil mayl (indikativ, konʼyunktiv, imperativ) va 2 xil nisbat (aktiv va oʻrta passiv) farqlanishi va boshqa Soʻz tartibida feʼl ran oxirida keladi. Lotin tili leksikasida yaqin qarindosh yoki noqarindosh qabilalar tillarining taʼsiri saqlanib qolgan. Lotin tiliga yunon tili, ayniqsa, miloddan avvalgi 3— 1-asrlarda kuchli va davomli taʼsir koʻrsatgan. Lotin tili leksikasi, yunon tili bilan birga, ilmiy terminologiya sohasida xanuz baynalmilal terminlarni yaratishda manba boʻlib xizmat qilmoqda Roman tillari — hindevropa tillari oilasiga mansub qardosh tillar guruhi; ularning barchasi lotin tilidan kelib chiqqanligi, umumiy rivojlanish qonuniyatlari va til qurilishidagi koʻplab umumiy unsurlar bilan oʻzaro bogʻlanadi. "Roman" termini (lot. romanus — "Rimga tegishli", "Rim imperiyasiga alokador" maʼnosida) dastlab, ilk oʻrta asrlarda, klassik lotin tilidan hamda german lahjalaridan farq qiluvchi xalq tilini ifodalagan; Ispaniya va Italiyada Roman tillari "yangi lotin tillari" deb ham atalgan. Roman tillari 60 dan ortiq mamlakatda (mas,: fransuz tili 30 ta, ispan tili 20 ta, portugal tili 7 ta, italyan tili 3 ta mamlakatda) milliy yoki rasmiy til sifatida qoʻllanadi: ularda 600 mln.dan ortiq kishi soʻzlashadi. Tilshunoslikda Roman tillarining soni haqida yagona fikr yoʻq. Hozirgi tegishli ishlarda ular koʻpincha 12 ta deb koʻrsatiladi: ispan, galisi(ya), portugal, katalan, oksitan (provansal), fransuz, italyan, sard, retoroman, rumin, moldavan va 19-asrdan ulik hisoblanadigan dalmat tillari. Roman tillarining bir tekis rivojlanmaganligi ham ularni chegaralash, aniq sonini belgilashni qiyinlashtiradi. Roman tillarining tarqalish hududi 3 ga ajratiladi: 1) "Eski Romaniya" — Yevropaning Rim imperiyasi tarkibiga kirgan va romancha nutqni saqlab qolgan qismi, Roman tillarining shakllanish markazi (Italiya, Portugaliya, deyarli butun Ispaniya va Fransiya, Belgiyaning janubi, Shveysariyaning gʻarbi va janubi, Ruminiya va Moldaviya respublikalarining asosiy qismi, Shim. Gretsiya, Makedoniya kabilar); 2) "Yangi Romaniya" — 16—18-asrlarda mustamlakachilik harakatlari natijasida Yevropadan tashqarida Roman tillarida soʻzlashuvchi aholi paydo boʻlgan hududlar (Shim. Amerikadagi Kanada va Meksika mamlakatlari, Markaziy Amerikaning asosiy qismi, Jan. Amerika, Antil orollari); 3) mustamlakachilik siyosati natijasida Roman tillari mahalliy tillar bilan birga rasmiy tilga aylangan mamlakatlar (Afrikaning kattagina qismi, Jan. Osiyo va Okeaniyadagi uncha katta boʻlmagan hududlar). Roman tillari Rim imperiyasi tarkibiga kirgan hududlardagi xalqona lotin tilining davomi va tadrijiy rivoji hisoblanadi. Roman tillari rivojida 4 bosqich farqdanadi: 1) mil. av. 3-asr mil. 5-asr — romanlashuv davri — mahalliy tillarning xalqona lotin tili bilan almashinishi. Boʻlajak Roman tillari oʻrtasidagi tafovutlar shu davrdayoq namoyon boʻla boshlaydi; 2) 5—9-asrlar — Roman tillarining Rim imperiyasi parchalanishi va varvar davlatlarining tashkil topishi sharoitidagi shakllanish davri. Roman tillariga superstrat unsurlar (yaʼni bosqinchi germanlar, vestgotlar, franklar, burgundlar, lombardlar va boshqalar)ning kuchli taʼsiri bilan ajralib turadi. Roman tillarining lotin tilidan va birbiridan aniq farqli jihatlari kuchaya boradi; 3) 10—16-asrlar — Roman tillarida yozuvning rivojlanishi, ijtimoiy vazifalarining kengayish davri. Dastlabki matnlar fransuz tilida 9-asrda, italyan va ispan tillarida 10-asrda, provansal, katalan, sard tillarida 11-asrda, portugal va galisi tillarida 12-asrda, retoroman tilida 14-asrda, rumin tilida 16-asrda paydo boʻladi. Lahjalardan yuqori turuvchi adabiy tillar shakllanadi; 4) 16—19-asrlar — milliy tillarning shakllanishi, meʼyorlashuvi, boyib borishi davri. Roman tillari rivojlanishi notekis boʻlgan: baʼzi tillar ancha erta milliy tilga aylanib, hatto keyinroq xalqaro til vazifasini ham bajargan boʻlsa (fransuz va ispan tillari), baʼzilari Oʻrta asrlarda muhim ahamiyatga ega boʻlib, keyinroq oʻz mavqelarini yoʻqotgan va 19—20-asrlarda qaytadan adabiy til maqomiga ega boʻlmoqda (provansal, katalan va boshqa tillar). Yevropadan tashqaridagi boshqa hududlarda Roman tillarining mahalliy variantlari (Mas, Kanadada fransuz tilining , Braziliyada portugal tilining , Markaziy va Jan. Amerikada ispan tilining variantlari) paydo boʻldi. Roman tillari lotin alifbosidan foydalanadi. Bolqonroman tillarida yozuv kirillitsa asosida shakllangan. 1860-yildan keyin rumin tili, 1989-yildan moldavan tili lotin alifbosiga oʻtgan. Lotin tilida boʻlmagan tovushlarni ifodalash uchun turli xil harf birikmalari, diakritik belgilar joriy etilgan Bugungi kunda ushbu til o'lik deb hisoblanadi, ya'ni bu dunyodagi har qanday fuqaroning ona tili emas. Aytish mumkinki, ushbu dialekt rivojlanishni to'xtatgandan so'ng, XX-asrda vafot etgan; keyinchalik, uning xilma-xilligi paydo bo'lishi bilan, uning oddiy ishlatilishi oddiy aholi orasida yaroqsiz holga kelguniga qadar kamayib ketdi.Keyinchalik, O'rta asrlarda, zamonaviy asr va zamonaviy davrda lotin tilidan foydalanish davom etdi, ammo ilmiy til sifatida va hozirgi kunda ham davom etmoqda. Ushbu tildan romantizm tillari sifatida tanilgan ko'plab Evropa tillari yaratildi: Portugal, ispan, frantsuz, italyan, rumin, galisya, kataloniya, asturon, aragon, valun, oksit, roman va dalmatian. Katolik cherkovi uni mahalliy tillardan tashqari liturgik til sifatida ham ishlatadi.Shveysar Reto-roman tillari 1938-yildan federatsiyaning 4milliy tili deb eʼlon qilingan. Uning yuqori engadin va surselv variantlari mavjud: ular italʼyan va nemis tillari bilan bir qatorda bir yil oralatib navbatlashib, kantonning milliy tili sifatida qoʻllanadi. Shveysariyada Reto-roman tillarining badiiy adabiyot va matbuot tiliga aylantirishga harakatlar boʻlgan.German lahjalari tarqalgan hudud bilan chegaradosh joylarda roman va german lugʻaviy unsurlarining aralash qoʻllanish hollari kuzatilsa, baʼzi boshqa joylardagi Reto-roman tillarida xalqona lotin tilining ayrim alomatlari saqlanib qolgan.Roman tillari lotin alifbosidan foydalanadi. Bolqonroman tillarida yozuv kirillitsa asosida shakllangan. 1860 yildan keyin rumin tili, 1989 yildan moldavan tili lotin alifbosiga oʻtgan. Lotin tilida boʻlmagan tovushlarni ifodalash uchun turli xil harf birikmalari, diakritik belgilar joriy etilgan.Roman tillari guruhiga kiruvchi tillarining asosini lotin tili tashkil qiladi, ya'ni roman tillari oilasiga kiruvchi barcha tillar lotin tilidan tashkil toadilar va o'zlarining lug'at fondlarida, sintaksis va morfologiyalarida lotin tiliga xos bo'lgan "xarkterli" xususiyatlarni saqlab qoladilar. Ana shu xarakterli xususiyatlarni. tillarning lug'at fondiga morfologiya va sintaksisiga kirib kelishi sabablarini aniqlash uchun shu tilda so'zlashgan qabila va elatlarning, xalqlarning taraqqiyot tarixini sinchkovlik bilan o'rganish lozim.Lotin, rumin, ispan, portugal tillaridan olingan tillar. asosan Evropaning janubida gaplashadigan eski fransuzlar.Lotin, rumin, ispan, portugal tillaridan olingan tillar. asosan Evropaning janubida gaplashadigan eski frantsular.lotin tilidan rivojlangan Hind-evropa oilasining turdosh tillari guruhi: ispan, portugal, katalon, galis tili; Frantsuz, oksit; Italyan, sardiniya; Romansh; Rumin, Italiyada keng tarqalgan lotin tilidan (lingua latina rustica) va rimliklar bosib olgan turli viloyatlardan kelib chiqqan tillar: Galliya, Ispaniya, Rhetiya va Dakiya qismlari. Lingua latina rustica (Lotin qishlog'i) birinchi bo'lib ... yilda paydo bo'lgan.Hind-evropa oilasiga mansub va uning tarkibiga kiruvchi tillar. Roman tillarga frantsuz, italyan, ispan, portugal, rumin, moldaviya, provans, sardiniya, kataloniya, reto-romans, makedoniya rumin ... kiradi. Tilshunoslik terminlari lug'ati. (Lotin romanus Roman) Lotin tilining so'zlashuv shakli (xalq, vulgar, lotin deb ataladigan) asosida rivojlangan hind-evropa tillari guruhi, Rim istilolari munosabati bilan Iberiya yarim orolidan Evropada tarqaldi .Roman tillar - (roman tillar), bolalar tillari. Lotin, taxminan gapirish. 500 million kishi Evropada, Shimoliy. va Yuj. Amerika, Avstraliya va boshqa qit'alardagi ba'zi mamlakatlarda. Romantika tillari va shevalari, Tomashpolskiy Valentin Iosifovich. Qo'llanma romantik nutqning turlari va ularning qisqacha tavsifi to'g'risida to'liq tushuncha beradi. Romantik tillar, dialektlar, shuningdek eng muhim subdialektlar va dialektlar ...Romantik tillar va lahjalar:.. Qo'llanmada romantik nutq turlarining to'liq tasviri va ularning qisqacha tavsifi berilgan. Romantik tillar, dialektlar, shuningdek, eng muhim subdialektlar va dialektlar . Ingliz tili german tillari deb nomlangan keng tarqalgan va katta guruhga kiritilgan. Ushbu maqolada biz uni batafsil ko'rib chiqamiz. O'z navbatida, ushbu filial hattoki yirikroq - hind-evropa tillariga kiritilgan. Bularga german tilidan tashqari, boshqalar - xet, hind, eron, arman, yunon, kelt, roman, slavyan va boshqalar kiradi. Shunday qilib hind-evropa tillari keng assotsiatsiyadir.Biroq, bizni qiziqtiradigan oila o'z tasnifiga ega. German tillari quyidagi 2 kichik guruhga bo'linadi: shimoliy (Skandinaviya deb ham yuritiladi) va g'arbiy. Ularning barchasi o'ziga xos xususiyatlarga ega. Ba'zan roman-german tillari ajralib turadi. Bularga German va Romanesk (lotin tilidan kelib chiqqan) kiradi.Reto - roman tillari - roman tillarining Shveysariya hamda Shim. Italiyada tarqalgan nisbatan qad. guruhchasi. Ushbu termin Qad. Rim viloyati Raetia - Retiya saqlanib qolgan. Rim imperiyasi qulagach, lotin tili ham barham topdi. Uning o rnida roman tillari paydo bo lgan. 2000 - yil Dunyo tillari yoki jahon tillari - Yer sharida yashovchi yoki avval yashagan xalqlarning tillari Ularning umumiy soni 2500 - dan 5000 gacha. Ko p tarqagan Roman tili va 19 - asrdan o lik hisoblanadigan dalmatin tillaridan iborat. Roman tillari asosida esperanto kabi xalqaro sun iy tillar paydo bo lgan 13 kelttili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi. . Katalancha valensiyacha tili Hindyevropa tillari oilasining roman guruhining okstian - roman ostguruhiga mansub hisoblanadi. Bu tildan tahmimanSom tillari - som - hom afroosiyo tillari makrooilasining bir tarmog i G arbiy Osiyoda va Afrikada Sahroi Kabirning shim. tomonlarida jumladan, barchaGalisiyaliklar tili - hindevropa tillari oilasining roman guruhiga mansub til. Galisiyaning rasmiy ispan tili bilan bir qatorda tili. Unda so zlashuvchilar.falsafa, siyosatshunoslik, psixologiya, sotsiologiya, din, roman tillari va adabiyoti, german tillari va adabiyoti, jismoniy tarbiya va boshqa ixtisosliklar.Pireney yarim orolida, asosan Ispaniya, Portugaliya, Gibraltar va Andorra hamda Fransiyaning janubidan iborat hududda rivojlangan roman tillari guruhi. Ular bugungi kunda ko'proq G'arbiy Iberiya va Oksitano-Romantik til guruhlariga bo'lingan. Iberian Romance Geographic Originally Iberian taqsimot yarim oroli va janubiy Frantsiya; hozir butun dunyo boʻylab lingvistik tasnifi Hind-Yevropa • Kursiv yoki Romantika ·Iberia vulgar lotin tilidan evolyutsiya qilingan, eng keng tarqalgan iberiya roman tillari ispan, portugal, katalan-valensiya va galiy-bale tillaridir. Bu tillarning ham oʻziga xos mintaqaviy va mahalliy navlari bor. O'zaro tushunarlilikka asoslanib, Dalbi ettita "tashqi" tillarni yoki til guruhlarini hisoblaydi: Galisiya-portugal, ispan, astur-leone, "kengroq"-aragon, "kengroq"-katalan, provans + lengadokiya va "kengroq"-gaskon. Ushbu tillarga qo'shimcha ravishda, portugal tiliga asoslangan bir qancha kreol tillari va ispan tiliga asoslangan kreol tillari mavjud, masalan, papiamento.Portugal tili va Katalan tili tarixi Barcha roman tillari5 kabi, iberiya roman tillari ham lotin tilining nostandart (klassik lotin tilidan farqli o‘laroq) vulgar lotin tilidan kelib chiqqan. butun Rim imperiyasidagi askarlar va savdogarlar gapiradigan til. Imperiyaning kengayishi bilan Rim tomonidan boshqariladigan turli hududlar aholisi vulgar lotin tilida so'zlasha boshladi. Lotin va uning avlodlari Iberiyada Puni urushlari davridan, rimliklar hududni bosib olgandan beri gapirila boshlandi6 (qarang Rimlarning Hispaniyani bosib olishi). Zamonaviy iberiya roman tillari taxminan quyidagi jarayon orqali shakllangan: Mahalliy iberiyalik aholining rimlashuvi. Iberiyada soʻzlashuvchi lotin tilining joylashuviga qarab bir oz farqlar bilan diversifikatsiyasi. VIII-X asrlarda qadimgi ispan, galis-portugal, astur-leone va navaro-aragon (gʻarbiy iberiya tillari) hamda lotin tilidan ilk katalan tilining rivojlanishi. Erta katalan va oksitanlarning genetik tasnifi noaniq. Ba'zi olimlar uni Ibero-Romantikaga joylashtiradilar.21 davlatning, shu jumladan Ispaniyaning milliy va rasmiy tilidir. jami 570 milliondan ortiq kishi so'zlashadi va ikkinchi eng keng tarqalgan ona tilidir. 131 Uning bir qancha sheva va navlari bor. • Portugal tili, to'qqizta davlatda, jumladan Portugaliya va Braziliyada rasmiy til. Ispan tilidan keyin portugal tili dunyoda 250 milliondan ortiq so'zlashuvchilar bilan ikkinchi eng ko'p so'zlashuvchi romantik til bo'lib, hozirda ona tilida so'zlashuvchilar soni bo'yicha ettinchi o'rinda turadi.Portugal tilidagi Yevropa standartidan tashqarida turli portugal lahjalari mavjud. • Katalan tili Andorralda rasmiy tildir15] va Ispaniyaning Kataloniya, Balear orollari va Valensiya hamjamiyatida (u erda Valensiya nomi bilan tanilgan) va Italiyaning Algero shahridagi ispan avtonom jamoalarida ham rasmiy tildir. Shuningdek, u Fransiyaning Sharqiy Pireney departamentida (Shimoliy Kataloniya) rasmiy tan olinmagan holda gapiriladi. Katalan tili oksitan tili bilan chambarchas bog'liq. Oksitanist tilshunoslar (masalan, Per Bek yoki yaqinda Domeraue Sumien) tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda bu ikki til bitta til sifatida ko'rib chiqilgan.Aragoncha Katalancha Oksitancha Iberiya roman tillari Roman tillarining shartli guruhidir. Ko'pgina mualliflar bu atamani geografik ma'noda ishlatishadi, lekin ular filogenetik guruh bo'lishi shart emas (iberiya romani sifatida guruhlangan tillarning barchasi bevosita umumiy ajdoddan kelib chiqmasligi mumkin). Filogenetik jihatdan, Iberian Romance guruhida qaysi tillarni ko'rib chiqish kerakligi haqida kelishmovchilik mavjud; masalan, ba'zi mualliflarning fikriga ko'ra, Sharqiy Iiberiya, shuningdek, Shveysar Reto-roman tillari 1938-yildan federatsiyaning 4milliy tili deb eʼlon qilingan. Uning yuqori engadin va surselv variantlari mavjud: ular italʼyan va nemis tillari bilan bir qatorda bir yil oralatib navbatlashib, kantonning milliy tili sifatida qoʻllanadi. Shveysariyada Reto-roman tillarining badiiy adabiyot va matbuot tiliga aylantirishga harakatlar boʻlgan.German lahjalari tarqalgan hudud bilan chegaradosh joylarda roman va german lugʻaviy unsurlarining aralash qoʻllanish hollari kuzatilsa, baʼzi boshqa joylardagi Reto-roman tillarida xalqona lotin tilining ayrim alomatlari saqlanib qolgan.Roman tillari lotin alifbosidan foydalanadi. Bolqonroman tillarida yozuv kirillitsa asosida shakllangan. 1860 yildan keyin rumin tili, 1989 yildan moldavan tili lotin alifbosiga oʻtgan. Lotin tilida boʻlmagan tovushlarni ifodalash uchun turli xil harf birikmalari, diakritik belgilar joriy etilgan.Roman tillari guruhiga kiruvchi tillarining asosini lotin tili tashkil qiladi, ya'ni roman tillari oilasiga kiruvchi barcha tillar lotin tilidan tashkil toadilar va o'zlarining lug'at fondlarida, sintaksis va morfologiyalarida lotin tiliga xos bo'lgan "xarkterli" xususiyatlarni saqlab qoladilar. Ana shu xarakterli xususiyatlarni. tillarning lug'at fondiga morfologiya va sintaksisiga kirib kelishi sabablarini aniqlash uchun shu tilda so'zlashgan qabila va elatlarning, xalqlarning taraqqiyot tarixini sinchkovlik bilan o'rganish lozim.Lotin, rumin, ispan, portugal tillaridan olingan tillar. Bu muommo kuplab tilshunoslarning e’tiborini uziga tortib kelgan.Fridrix Dis shunday olimlardan biri bulib ,u roman tillarini ikki guruhga garbiy va sharqiy tillari guruhiga ajratish kerakligini taklif qiladi va 6 ta roman tillari ustida ish olib boradi.Ispan vaPortugal tilini Dis Janubiy G’argiy guruxga kiritdi.Fransuz va pravansal tillarini SHimoliy G’arbiy guruhga kiritdi. Italyan va rumin tillarini SHarqiy tillar guruhiga kiritdi Dis adabiy qullanishga ega bulgan tillarnigina mustaqil roman tillari deb qabul qildi.Disning fikriga kura agar biror til badiy adabyotda qullanmasa umustaqil bulolmaydi.Disning bu fikri xaqiyqatga yaqin emas.CHunki tilning mustaqil bulishi uning adabiy jihat dan rasmiylashuviga bog’liq bulavirmaydi.Tilning adabiy rasmiylashuviga ma’lum tarixiy sharoitlar yul quymasligi mumkim.1873-yilga Askoli uzining janubiy vasharqiy SHevitsariya ,Trol va Friula dialiktlarini urganishga bagishlangan ilmiy ishini chop etadi.U uzasarida roman tillari klassifikatsiyasi masalasi yuzasssssidan gap yuritadi. Uning fikricha tilning mustaqil bulishi uchun unda boshqa tillarda uchramaydigan maxsus lisoniy fonetik kombinatsiyalar mavjud bulishi kerak va boshqa tillarga xos bulmashligi kerak shunday kritirya asosidaAskoli Craubyunden,Triol Friul viloyatlari tillarini mustaqil tillar tarzida tavsiya qiladi va ularni Ladin tillari deb atashni taklif etadi.Keyinchalik bu tillarga fanda Retro-roman degan nom beriladi.[Askoli G 1878] G.Gryober Askolining fikrini tanqid qiladi.Agar Askolining g’oyasi buyicha roman tillari klassifikatsiyalashtirilsa butun roman trituryasidagi tillarning xar qaysi mayda til birliklariga ajratish kerak.CHunki ularning xar biri uzining xaraktiri xususiyati bilan yon atrofdagi qushni tillardan malum darajada farqlarga ega buladi Gryoberning fikricha roman tillarining klassifikatsiyalashda turli til guruhlari vakillarining uzaro bir birlarini qanchalik tushunmasliklari asosiy kritiriy bulishi kerak.Rman tillari g’arbiy ,SHarqiy guruhga ajratish maqsadga mofiq xisoblanadi.Roman tillari ikki guruhga ajratishda ularning gramatik qurilishi ayrim uxshashliklarni hisobga olish kerak.[T.Alisova]. SHarqiy va G”arbiy roman tillari qiyosiy urganilganda ularning Grammatik qurilishida xar bir tilning uziga xos xususiyatlarini kuramiz. Qiyoslang;G’arbiy roman tillari; Aniq artikl otdan oldin xolatda buladi va turlanmaydi sintantik munosabatlar [oldin lotin tili kelishiklari orqali ifodalanadi] predloglar orqali ifodalanadi. Lotin tili Italyan tili Ispan tili Portugal tili Vicini amicus ; amico del vicino ; ami du voisin ; el amigo del vecino ; oamigo do vizinho ; SHarqiy roman tillari aniq artikl otdan kiyin turadi va turlanadi.Sintaktik munosabatlar artikl bilan kelgan otning turlanishi orqali ifodalanadi; Rumin tili Prientenul vecinului priyetenul vechipuluy G’arbiy roman tillari guruhida qushma fel kesim formasi infinitive ishtirokida tashkil tashkil topadi; Ispan tili; Portugal tili; Italyan tili ;Fransuz tili quiero cantar quero cantar vogliyo cantar je veux chanter SHarqiy guruh tillari qushma fel kesim formasi aksaryat xolda konyunktiv ishtirokida tashkil topadi . Rumin tili MOldav tili Vreau sa cont vryau se kint G’arbiy roman tillari guruhiga kelasi zamon formasining asosini lotin suzlashuv tilidagi haberi feli bilan yasalgan qurilma tashkil qiladi;cantare habeo. Ispan tili ,Portugal tili,Italyan tili,Fransuz tili, Santary cantarei canter je chanterai. SHarqiy roman guruhi tillari voleri yordamchi feili bilan yasalgan qurilma ;voleo caatare Rumin tili Moldav tili voi conta voy kinta Lotin tili meros tariqasida fel zamon formalarini moslasuvi qabul qilingan.Fel zamon moslashuvi prinsipi qabul qilinmagan . Agar roman tillarining barchasi ularning Grammatik xususiyatlariga kura g’arbiy va sharqiy guruhlarga ajratsak ,u holda sharqiy roman tillar guruhiga faqat rumin va moldav qoladi. Roman tillari uzlarining xududlarini uzaro umumiyligi bilan bir guruhga birlashishlari mumkin.SHu nuqtai nazardan roman tillari 4 ta zonaga ajratiladilar.[K.Talyavini 1972].Ular iberi –roman guruhi ,gal-roman guruhi Italo-roman guruhi va Bolqon –roman guruhi ,keyinchalik bunga retroroman guruhi xam qushildi.Bunday tarzda bulinganda bir biriga lingvistik xususiyatlari jixatidan yaqin tillar boshqa guruhga kirib qoladi. Masalan,katolan va provansal tillari xar xil zonalarga tushib qoladi .Xuddi shu xolat dalmatin tilini italo-roman vabolqon –roman guruhlari orasiga joylashtiriladi. Fransuz tili g’arbiy roman tillari ichida lotin tilidan kup jixatlari bilan farq qiluvchi til xisoblanadi.Bu fikrlar asosan fonetika va gramatikaga xos buladi.Fransuz tili oksitonik urg’uga ega yagona til xisoblanadi.Grammatika soxasida yuz bergan qushimchalarning kuchsizlanishi natijasida og’zaki nutqda otlarda birlik va kuplik manosi bog’lama orqali ifodalanadi;petit enfant—petits enfants Fe’l qushimchalari talaffuzi kuchsizlanishi natijasida fe’ldan oldin olmosh eganing qullanishi shart buladi. Qiyoslang;fransuz tili; je chanti,tu chantes,il chante. Inkorni ifodalanalishi;Ispan gtili,Italyan tili ,Fransuz tili No sy non so je ne sais pas . Fransuz tili istilochilar tili (lotin tili) va Galliya tub aholisi tillarining oʻzaro taʼsiri jarayonida shakllangan. Fransuz tili tarixi quyidagi davrlarga boʻlinadi: gallroman (5—8-asrlar), eski fransuz (9—13-asrlar), oʻrta fransuz (14—15-asrlar), ilk yangi fransuz (16-asr), yangi fransuzklassik (17— 18-asrlar) va hozirgi fransuz (19-asrdan). Oʻrta asrlarda umumfransuz yozma tili maydonga keladi, 16-asrda milliy til (1539-yildan davlatning rasmiy tili) shakllanadi. 17-asrda adabiy til meʼyori barqarorlashadi. 20-asrda adabiy va ogʻzaki nutq oʻrtasida sezilarli farq paydo boʻladi. Dastlabki yozma yodgorliklari 8—9-asrlarga mansub. Fonetik xususiyatlari sifatida urgʻusiz, ayniqsa, soʻz oxiridagi unlilarning reduksiyasi, urg`uning asosan soʻnggi boʻgʻinga tushishi, urg`u ta`sirida unlilarning oʻzgarishi, unlilar oʻrtasidagi va soʻz oxiridagi undoshlarning tushib qolishi va boshqalarni koʻrsatish mumkin. Fransuz tili morfologiyasi uchun analitizm xarakterlidir (murakkab zamon, nisbat, qiyosiy darajalarning Analitik shakllari). So`zlarning morfologik jihatdan oʻzgarmaslikka moyilligi kuzatiladi. Bir kancha fammatik ma`nolar (jins, son, shaxs)ning ifodalanishi koʻpincha sintaksis sohasiga koʻchiriladi, yordamchi soʻzlar keng qo`llanadi. Fe`l sohasida 4-mayl, 3 nisbat va keng tarmokdi zamon shakllari mavjud. Leksikasida gallardan sakdanib qolgan so`zlardan tashqari franklar tilidan sakdanib qolgan muayyan qatlam ham mavjud. Fransuz tili rivojida adabiy lotin tili katta rol oʻynagan; undan koʻplab soʻzlar, soʻz yasalish qoliplari, sintaktik tuzilmalar o`zlashgan. Yozuvi bir qancha diakritik belgilar qoʻshilgan lotin alifbosi asosida shakllangan. Fransuz tili Belgiya, Shveysariya va Kanadada milliy variantlarga, Afrika mamlakatlarida esa, asosan, fonetik va lugʻaviy oʻziga xosliklarga ega. Download 145 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling