O’rganish. Kompyuterga Arduino ide o’rnatish Arduino kontroller tо‘plami haqida umumiy ma’lumotlar
chizma. Arduino IDE muhiti Arduino muhitida yozilgan dastur sketch
Download 0.53 Mb. Pdf ko'rish
|
1-laboratoriya ishi
2 chizma. Arduino IDE muhiti Arduino muhitida yozilgan dastur sketch deb ataladi. Sketch matn muharririda yoziladi, u yaratilayotgan dastur kodini yoritib turuvchi rangli yoritgichga ega. Loyihani saqlash va eksport qilish vaqtida xabarlar hududida tushuntirish va xatoliklar haqida axborot paydo bо‘ladi. Matinni chiqarish darchasi Arduino xabarini kо‘rsatadi, u xatoliklar haqida tо‘liq xisobotni va boshqa axborotlarni о‘z ichiga oladi. Asboblar panelining tugmalari dasturni yozish, yaratish, ochish va sketchni saqlash, ketma-ket shinani monitoringini va nazorat qilish imkoniyatini beradi. Yaratilayotgan sketchga qо‘shimcha vazifalarni kutubxona yordamida qо‘shish mumkin, u maxsus jihozlangan dasturiy kod kab bо‘lib qandaydir vazifani bajaradi va yaratilayotgan loyihaga qо‘shish mumkin bо‘ladi. Maxsuslashtirilgan kutubxonalarning kо‘pi mavjud. Odatda kutubxonalarni yozishda u yoki bu masalani yechishni osonlashtirish va loyihalashtiruvchidan apparat-dasturiy joriy etilishining detallari yashirilgan bо‘ladi. ArduinoIDE muhiti standart kutubxonalar tо‘plami bilan foydalanuvchiga yetkaziladi. Ular Arduino ni о‘rnatish katalogining libraries katalog ostisida joylashgan bо‘ladi. Zarur bо‘lgan kutubxonalar shuningdek turli resurslardan yuklanishi mumkin. Agarda kutubxona tо‘g‘ri о‘rnatilgan bо‘lsa, u holda u kutubxonalarni Eskiz | Import (Eskiz | Import bibliotek) menyusida paydo bо‘ladi. Menyudan kutubxonalarni tanlash qatordagi dastlabki kodga qо‘shimcha kiritishga olib keladi tinclude Bu derektiva obyektni bayoni bо‘lgan sarlavha faylini ulaydi, endi kutubxonaning vazifasi va konstantalarini loyihada ishlatish mumkin bо‘ladi. Arduino muhiti yaratilayotgan loyihani (dasturni) kо‘rsatilgan kutubxona bilan birgalikda kompilyatsiyalaydi. Sketchni yuklashdan oldin menyuga zarur kо‘rsatgichlarni berish talab etiladi Asboblar | Plata (Tools | Board) (3 chizma) va Asboblar | Ketma-ket port (Instrumenti | Plata (Tools | Board) (3 chizma) i Instrumenti | Posledovatelniy port) ( 4 chizma). Arduino ning zamonaviy platformalari yuklanishdan oldin avtomatik ravishda qayta yuklanadilar. Eski platformalarda qayta yuklash tugmasini bosish kerak bо‘ladi. Kо‘pchilik platalarda yuklash jarayonida RX va TX yorug‘lik diodlari о‘chib-yonib turadi. Sketchni yuklashda Arduino ni (bootloader) yuklovchisi ishlatiladi – platadagi mikrokontrollerga yuklanuvchi katta bо‘lmagan dastur. U qо‘shimcha apparat vositalardan foydalanmasdan dastur kodini yuklashga imkon beradi. Yuklovchining ishini D13 chiqishidagi yorug‘lik diodini о‘chib-yonishidan bilib olish mumkin. Ketma-ket portni monitor qilish (SerialMonitor) Arduino platformasiga jо‘natilayotgan axborotlarni aks ettiradi (USB platasini yoki ketma-ket shina platasini). 3 chizma. Arduino platani tanlash. Endi, biz Arduino va dasturlash muhiti bо‘lgan ArduinoIDE haqida bir oz bilim olganimiz tufayli amaliy ishlarga о‘tish – tajribalar о‘tqazishimiz mumkin bо‘ladi. 4 chizma. Arduino platasini ulash portini tanlash Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling