O’rganish. Kompyuterga Arduino ide o’rnatish Arduino kontroller tо‘plami haqida umumiy ma’lumotlar
Kompyuterga ArduinoIDE ni о‘rnatish
Download 0.53 Mb. Pdf ko'rish
|
1-laboratoriya ishi
2. Kompyuterga ArduinoIDE ni о‘rnatish
Arduino arxitekturasiga mos tushuvchi platalar asosida ilovalarni yaratish rasmiy bepul ArduinoIDE dasturlash muhitida amalga oshiriladi. Muhit Arduino ga mos tushuvchi plataga о‘rnatilgan qurilma mikrokontrolleri xotirasiga kompilyatsiyalash va loyihalashtiruvchining dasturlarini yozish uchun mо‘ljallangan. Loyihalashtirish muhit asosi Processing/ Wiring tili bо‘lib – u oddiy C++, faqat kantaktlarga kiritish-chiqarishni boshqarish uchun sodda va tushinarli funksiyalar bilan tо‘ldirilgan. Windows, MacOS i Linux operatsion tizimlar uchun ham muhitning versiyalari mavjud. Arduino muhitining oxirgi versiyalarini http://arduino.cc/en/Main/Software rasmiy sayt saxifalaridan yozib olish mumkin. Windows operatsion tizimli kompyuterga ArduinoIDE о‘rnatishni kо‘rib chiqamiz. http://arduino.cc/en/Main/Software saxifaga murojaat qilamiz, Windows operatsion tizim versiyasi uchun tanlaymiz va arxiv faylini kо‘chirib olamiz. U barcha zarur ma’lumotlarga ega va shu jumladan drayverga ham mavjud. Yuklash tugagach о‘zimizga qulay joyga yozib olingan faylni ochib yozib olamiz. Endi drayverni о‘rnatish kerak. Sо‘ng Arduino ni kompyuterga ulanadi. Kontrollerda manba indikatori yonishi kerak – kо‘k yorug‘lik diodi. Windows drayverni о‘rnatishga harakat qiladi, u «Programmnoye obespecheniye drayvera ne bilo ustanovleno» (Drayverni dasturiy ta’minoti о‘rnatilmadi) xabari bilan tugallanadi. Qurilmalar Dispecherini ochamiz. Qurilmalar tarkibidan ArduinoUno belgisini topamiz – qurilma undov belgisi bilan belgilangan. ArduinoUno belgisiga tо‘g‘rilab sichqonchaning о‘ng tugmasini bosiladi va ochilgan darchada drayverlarni yangilash (Obnovit drayveri) punktini tanlanadi sо‘ng bu kompyuterda drayverlarni qidirishni bajarish (Vipolnit poisk drayverov) punktini tanlanadi. Drayverga yо‘lni kо‘rsatamiz – kompyuterdagi arxivni kо‘chirib yozilgan papkaning joyini. Bu Arduino ni о‘rnatish katalog papkasi drivers bо‘lsin – masalan, C:\arduino- 1.0\drivers. Windows ning barcha ogohlantirishlarini inobatga olmaymiz va natijada ushbu qurilmaga dasturiy ta’minoti yangilanishi muvvafaqiyatli tugatildi (Obnovleniye programmnogo obespecheniya dlya dannogo ustroystva zaversheno uspeshno) xabari olinadi. Darcha sarlavhasida qurilma о‘rnatilgan SOM-port ham kо‘rsatiladi. Endi ArduinoIDE ni ishga tushirish mumkin. Arduino ni loyihalashtirish muhiti (2 chizma) quyidagilardan tashkil topgan: ➢ dasturiy kod muharriridan; ➢ xabarlar hududidan; ➢ matinni chiqarish darchasidan; ➢ kо‘p ishlatiladigan buyuruqlarning tugmali asboblar panelidan; |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling