O‟rganish usullari reja: Anatomiyani tekshirish usullari
Download 1.25 Mb. Pdf ko'rish
|
bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi asoslari fanini organish usullari
Yelka kamari muskullari
Bu muskullar Yelka kamari, Yelka bо‗g‗imi, tirsak bо‗g‗imi, ayniqsa, qо‗l panjasi harakatlarida aktiv ishtirok etadi. Yuqorigi kamar muskullari Yelka kamari, Yelka oldi, panja muskullariga bо‗linadi. Yelka kamari muskullari Yelka kamari suyaklari yuzasida bо‗lib, asosan, Yelka bо‗g‗imidagi harakatlarda ishtirok etadi. Deltasimon muskul (m. deltoideus) eng kuchli muskul bо‗lib, о‗mrov suyagining akromial uchidan, kurakning akromial о‗simtasi va qirrasidan boshlanib, Yelka suyagining tashqi yuzasidagi deltasimon g‗adir-budurlikka birikadi. Uning 3 gruppasi bо‗lib, birinchi gruppasi qisqarsa, bir oz bukish, orqa gruppasi qisqarsa, yozish, umuman, qisqarsa, tanadan uzoqlashish harakatlari bajariladi.
suyagining kichik dо‗ngchasiga birikadi. U qisqarganda uzoqlashgan qо‗lni tanaga yaqinlashtiradi va Yelkani ichki tomonga buradi.
bо‗lib, Yelka suyagining katta dо‗ngchasiga va bо‗g‗im kapsulasiga birikadi, u qisqarganda Yelkani tanadan uzoqlashtiradi.
bо‗lib, Yelka suyagining katta dungchasiga hamda bо‗g‗im kapsulasiga birikadi. Uning tagida kichik yumaloq muskul (m. teres minor) joylashgan. Bu muskul kurakning tashqi burchagidan boshlanib, Yelka suyagining katta dungchasiga birikadi. Bu muskullar qisqarganda Yelkani tashqi tomonga buradi.
Yelka suyagi kichik dо‗ngchasining g‗adir-budurligiga birikadi. U qisqarganda Yelkani ichkari tomonga buradi va tanaga yaqinlashtiradi. YERKIN QО‗L MUSKULLARI
Qо‗l muskullari uch gruppaga: Yelka, Yelka oldi va panja muskullariga bо‗lib о‗rganiladi. Yelka muskullari joylashishiga qarab oldingi va orqa gruppaga bо‗linadi. Oldinda Yelkannng ikki boshli, Yelka va tumshuqsimon-Yelka muskullari bor.
suyagining bо‗g‗im yuzasi ustidan boshlanadi. Uning payi Yelka bо‗g‗imining ichidan о‗tadi. Kalta boshi kurakning tumshuqsimon о‗simtasidan boshlanib, 2 ta boshi oldinda qorincha hosil qiladi. Bu muskul tirsak bо‗g‗imidan pastga о‗tib, bilak suyagining dо‗ngchasiga birikadi. U qisqarganda Yelkani bukadi va tanaga yaqinlashtiradi. Bilak bо‗g‗imini bukishda va supinatsiyada ishtirok etadi. Tumshuqsimon о‘simtabilan Yelka suyagi orasidagi muskul (m. corocobrachialis) kurak suyagining tumshuqsimon о‗simtasidan boshlanib, Yelkaning yuqorigi ichki tomoniga birikadi. U qisqarganda Yelkani bukadi va tanaga yaqinlashtiradi.
suyagining oldingi yuzasidan boshlanib, tirsak suyagining о‗tkir о‗simtasi tagidagi g‗adir- budurlikka birikadi. U qisqarganda tirsak bо‗g‗imida bukish harakati bajariladi. Yelkaning orqa tomonida uch boshli va tirsak muskullari joylashgan. Yelkaning uch boshli muskuli (m. triceps brachu). Bu muskul Yelkaning orqa tomonini butunlay qoplagan bо‗ladi. Uning 3 ta boshi bо‗lib, har qaysisi alohida qorincha hosil qiladi. Uzun boshi kurak suyagi bо‗g‗im yuzasining pastki chetidan, medial va lateral boshlari Yelka suyagining orqa tomonidan boshlanadi va uchala boshi yaxlit pay hosil qiladi. Bu pay tirsak suyagining tirsak о‗simtasiga birikadi. U qisqarganda tirsak bо‗g‗imini yozadi, uzun boshi qisqarganda Yelka bо‗g‗imida yaqinlashtirish harakati bajariladi.
PASTKI KAMAR MUSKULLARI Pastki kamar muskullari asosan 2 gruppaga: tos kamari va oyoq muskullariga bо‗lib о‗rganiladi. Tos kamari muskullaritosni ichki, tashqi tomondan о‗rab olgan bо‗lib, son suyagining yuqorigi uchiga birikadi. Bu muskullar kuchli bog‗lag‗ichlar yordamida umurtqa pog‗onasiga mahkam birikkan bо‗lishi bilan Yelka kamari muskullaridan farq qiladi. Bular tos-son bо‗g‗imini har tomondan о‗rab olib, shu bо‗gim harakatida aktiv ishtiroq etadi. Bu muskullar joylashishiga qarab ichki va tashqi gruppaga bо‗linadi. Ichki gruppa muskullarga tos ichida joylashgan muskullar kiradi. Yonbosh - bel muskuli (m. Iliopsoasi) tos kamarining eng baquvvat muskullaridan bо‗lib, ikkita, ba‘zan uchta muskuldan tashkil topadi. Bel muskuli (m.psoas) butun bel va oxirgi kо‗krak umurtqasining yon о‗simtasidan boshlanib, tolalari pastga qarab yo‘naladi, pastda yonbosh muskuli bilan birikadi. Yonbosh muskuli (m. iliacus) yonbosh suyagi qanotining ichki yuzasidan boshlanib, bel muskuli bilan birgalikda sonning kichik dо‗ngchasiga birikadi. U qisqarganda sonni yoki gavdani tos son bо‗g‗imida bukadi. Noksimon muskul(m. piriformis) dumg‗aza suyagining oldingi 2-5 teshiklari oldidan boshlanib, katta о‗tirg‗ich teshigidan о‗tib, son suyagi katta dо‗ngchasining chо‗qqisiga birikadi. U qisqarganda sonni tanadan uzoqlashtiradi. Yopiluvchi ichki muskul(m. obfuratorius internus) kichik tos bо‗shlig‗i ichida yopiluvchi teshik atrofidan, yopiluvchi pardaning ichki tomonidan boshlanib, kichik о‗tirg‗ich teshigidan о‗tib, son suyaginiig katta dо‗ngchasi ostiga birikadi. U qisqarganda sonni tashqi tomonga buradi va tanadan uzoqlashtiradi. Tosning tashqi tomonida bir nechta baquvvat muskul qavat-qavat bо‗lib joylashgan. Dumbaning katta muskuli (m. gluteus maximus) dumg‗azadan, dum suyagidan, yonbosh suyagining orqa yuzasidan boshlanib, sonning katta dо‗ngchasiga keng fassiya bilan birikadi. U eng baquvvat yozuvchi muskul bо‗lib, tos-son bо‗g‗imida sonni yoki gavdani yozadi. Bu muskul tepalikka kо‗tarilish, chopish, sakrash harakatlarida alohida ahamiyatga ega. Dumbaning о‗rta muskuli (m. gluteus medius) katta muskuli tagida joylashgan bо‗lib yonbosh suyagining tashqi yuzasidan boshlanadi va sonning katta dо‗ngchasiga birikadi. Buning tagida dumbaning kichik muskuli (m. qlu-teus minimus) joylashgan. U ham yonbosh suyagidan boshlanib, sonning katta dо‗ngchasiga birikadi. Bularning boshlanish joyi keng, birikish joyi tor bо‗lgani uchun sonni uzoqlashtirishda, ichki va tashqi tomonga burishda ishtirok etadi. Sonning kvadrat muskuli (m. guatratus femoris) о‗tirg‗ich dо‗ngchasi bilan sonning katta-kichik dо‗ngchasi orasidagi g‗adir-budur sohaga joylashgan. U qisqarganda sonni tashqi tomonga buradi. Yopiluvchi tashqi muskul (m. obturatorius externus) yopiluvchi teshik pardasining tashqi tomonidan boshlanib, sonning dо‗ngchasi ostidagi chuqurchaga birikadi. U qisqarganda sonni tashqi tomonga buradi. OYOQ MUSKULLARI Oyoq muskullari: son, boldir, oyoq panjasi muskullariga bо‗linadi. Son muskullari. Sonning atrofidagi muskullar 3 gruppaga: oldingi, ichki, orqa gruppaga bо‗linadi. Ularning kо‗pchiligi boldirga birikadi. Ular qisqarganda tizza, qisman tos-son bо‗g‗imidagi harakatda ishtirok etadi. Sonning oldingi tomonida asosan 2 ta muskul, sonning tо‗rt boshli muskuli bilan tikuvchi muskul bor. Sonning tо‗rt boshli muskuli (m. quadriceps femoris) organizmdagi eng yirik muskul bо‗lib, og‗irligi 2 kg ga Yetadi. Uning 4 ta boshi alohida 4 ta qorincha hosil qiladi va alohida muskul bо‗lib hisoblanadi. Bu muskulning eng uzun tо‗g‗ri boshi yonbosh suyagining oldingi yuqorigi о‗sig‗idan boshlanadi. Chetki, ichki, keng, oraliq boshi son suyagidan boshlanib, boshlarining hammasi pastda, yaxlit payga birikadi. Bu pay tizza qopqog‗ini о‗rab turib, katta boldir suyagining dо‗ngchasiga birikadi. U qisqarganda tо‗g‗ri boshi tos-son bо‗g‗imini bukishda, umuman, tizza bо‗g‗imini yozishda ishtirok etadi. Tikuvchi muskul (m. sarto-rius) organizmdagi eng uzun muskul bо‗lib yonbosh suyagining oldingi ustki о‗sig‗idan boshlanib, sonning orqasiga о‗tadi va katta boldir suyagining medial tomoniga birikadi. Bu muskul ikkita bо‗g‗imdan о‗tib qisqarsa, ikkala bо‗g‗imni bukadi, boldirni ichki tomonga buradi. Sonning keng fassiyasini tortuvchi muskul (m. tensor fasciae latae) sonning yon tomonida joylashgan. U yonbosh suyagining oldingi yuqorigi о‗sig‗idan boshlanib, sonning fassiyasiga bi- rikadi. Qisqarganda fassiyani tortish bilan sonni bukadi. Sonning ichki tomonida yaqinlashtiruvchi muskullar joylashgan. Taroqsimon muskul (m. pectineus) qovuq suyagining qirrasidan boshlanib, son suyagiga birikadi. U qisqarganda sonni yaqinlashtiradi va uni bukishda ishtirok etadi. Yaqinlashtiruvchi uzun (m. adductor longus), yaqinlashtiruvchi kalta (m. adductor brevis), yaqinlashtiruvchi katta (adductor magnus) muskullar qovuq suyagidan va oxirgisi о‗tirg‗ich suyagidan boshlanib, son suyagi ichki tomonining turli qismiga birikadi. Ular qisqarganda, asosan sonni yaqinlashtiradi. Yaqinlashturuvchi katta muskul tos-son bо‗g‗imini yozishda ham ishtirok etadi. Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling