O‟rganish usullari reja: Anatomiyani tekshirish usullari
yo‟qotishi ham mumkin,shuningdek kо„krak qafasining oson harakatlanishini
Download 1.25 Mb. Pdf ko'rish
|
bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi asoslari fanini organish usullari
yo‟qotishi ham mumkin,shuningdek kо„krak qafasining oson harakatlanishini
chegaralaydi 15 . QORIN MUSKULLARI Qorin muskullari kо‗krak bilan tos orasida joylashgan bо‗lib, tolalari har xil yo‘nalgan. Ular qorindagi organlarni turli tashqi tazyiqdan saqlaydi, qorinni tarang qilib turadi. Nafas olish va gavdaning turli harakatlarida ishtiroq etadi. Qorin muskullari qorinning oldingi yon tomonida joylashgan, ularning payi bir-biri bilan tutashib, qorinning oldingi о‗rta qismida keng pay aponevrozi hosil qiladi. Qorinning о‗rtasida oq chiziq bо‗lib, u tо‗sh suyagining о‗simtasidan to qovuq, suyaklarining simfizigacha davom etadi. Bu qismda qon va nerv tomirlar kam bо‗ladi. Qorin muskullari ichki organlarga press sifatida ta‘sir etib, siydik, najas chiqarishni va qusishni tezlashtiradi. Q o r i n n i n g t о‘ g‘ r i m u s k u l i (m. rectus abdominis) tashqi, ichki muskullar aponevrozidan hosil bо‗lgan pishiq fibroz g‗ilof orasida joylashgan. U tо‗sh suyagining о‗simtasidan V-VII qovurg‗alarning tog‗ay qismidan boshlanib, qovuq suyagining yuqori chetiga birikadi. Qisqarganda gavdani bukadi. Bu muskulning 3-4 joyida pay hosil bо‗ladi. Q o r i n n i n g t a sh q i q i ya m u s k u l i (m. abIiquus abdominis externus) pastki 8 ta qovurg‗aning tashqi yuzasidan va bel fassiyasidan boshlanib, tolalari oldinga va pastga qarab yo‘naladi. Oldinga yo‘nalgan tolalari aponevroz hosil qilib, qorinning о‗rtasida ikkinchi tomondagi shu muskul aponevroziga birikadi. Pastga yo‘nalgan tolalari yonbosh suyagining tashqi qirrasiga birikadi. Eng yuzada keng muskul bо‗lib, u pastda chot kanalini hosil qiladi.
tashqi qiya muskul tagida bо‗lib, tolalari pastdan yuqoriga va oldinga yo‘nalgan. Yuqoriga yo‘nalgan tolalari yonbosh suyagining о‗rta qirrasidan boshlanib, pastki, qovurg‗alarga birikadi. Oldinga yo‘nalgan tolalari aponevroz hosil qilib, tо‗g‗ri muskulning tagidan о‗tib, ikkinchi tomondagi shu muskul aponevroziga birikadi.
muskullarning eng ichkisi bо‗lib, tolalari kо‗ndalang yo‘nalgan. U bel umurtqalarining yon о‗simtasidan, yonbosh suyagining ichki qirrasidan, pastki qovurg‗alarning ichki yuzasidan, chot kanalidan boshlanib, oldinda aponevrozga aylanadi va qorinning о‗rta chizig‗ida ikkinchi tomondagi shu muskul aponevroziga birikadi. Qorinning о‗rtasida muskul paylari oq chiziq hosil qiladi. Qorin muskullari chot kanalini hosil qilishda ishtirok etadi. Ba‘zan qorinda piramidasimon rudiment muskul uchraydi.
qirrasidan boshlanib, bel umurtqalarining yon о‗simtasiga va XII qovurg‗aga birikadi. Bu muskul qisqarganda qovurg‗ani pastga tortadi (nafas chiqarishda ishtiroq etadi), umurtqa pog‗onasini orqaga va yonga bukadi.
15
Adolf Faller., Michael Schuenke-The Human Body - ―An Introduction to Structure and Function‖ ThiemeStuttgart · New Yorkhttp: //www.bestmedbook.com/2004 138- bet mazmun va moxiyatidan foydalanildi
Oraliq muskullar odam ajdodlaridagi ayrim dum va qorin muskullarining о‗zgargan xili hisoblanadi. Ular qorinning pastki tomonidan ichki organlarni tutib turadi. Bu muskullar siydik va najas chiqarish kanalining sfinkteri sifatida bir vaqtda harakatlanadi. Odam doim jismoniy mashq bilan shug‗ullanishi natijasida kо‗krak va qorin muskullari yaxshi rivojlanadi. Qayiqda suzish, gimnastika mashg‗ulotlari, yugurish kabi sport о‗yinlari kо‗krak qafasi muskullarining yaxshi rivojlanishiga sabab bо‗ladi. Qorin muskullarining presslash funksiyasi ortadi. Buning natijasida nafas olish organlari, yurak-qon tomirlar sistemasi yaxshi rivojlanadi, ya‘ni о‗pkalarning tiriklik sig‗imi yuqori bо‗ladi. Yurakning sistolik hajmi ortadi. Bunday odamlarda kо‗krak qafasi aylanasining о‗lchami katta bо‗ladi. Chov kanali (canalis ingui-nalis). Qorin muskullari ikkita tashqi teri ostidagi va ichki muskullarni koplagan fassiyaga bо‗linadi. Fassiya tо‗g‗ri muskul g‗ilofining orqa devori bilan chot kanalining orqa devori hosil bulishida qatnashadi. Qorin keng muskullarining tolalari bir- biri bilan tutashib, aponevroz hosil qiladi va qorinni mustahkamlaydi. Qorinning pastki tomonida chov boylami, qorin muskullarining pastki-chetki fassiyasi ishtirokida chot kanali hosil bо‗ladi. Uning uzunligi 4-5 sm bо‗lib, undan nerv, qon tomirlari, erkaklarda urug‗ yo‘li (urug‗don chilviri), ayollarda bachadonning doiraviy payi о‗tadi. Qorin muskullarining bо‗sh joyidan ichki organlarning qorin bо‗shlig‗idan tashqariga - teri ostiga chiqishi churra tushishi (grija) deyiladi. Qorin muskullari zaiflashsa, odam juda ozib ketsa, og‗ir yuk kо‗tarsa, qattiq yo‘talsa, yosh bola qattiq yig‗lasa, churrasi tushishi mumkin. Erkaklarda kо‗pincha chov grijasi - churra tushishi uchraydi. Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling