O‟rganish usullari reja: Anatomiyani tekshirish usullari
Download 1.25 Mb. Pdf ko'rish
|
bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi asoslari fanini organish usullari
32
Qonning tarkibi va xususiyati.
32 Adolf Faller., Michael Schuenke-The Human Body - ―An Introduction to Structure and Function‖ ThiemeStuttgart · New Yorkhttp: //www.bestmedbook.com/2004 231-bet bet mazmun va moxiyatidan foydalanildi
Qon katta odamda о‗rta hisobda tana og‗irligining 7-8 foizini tashkil etadi. Turli ogirlikdagi odamlarda qonning miqdori turlicha bо‗ladi. Normal sharoitda qonning 40-45 foizi qon tomirlarda harakatlanib turadi, qolgan qismi esa qon depolari (taloq, jigarda, -teri osti tо‗qimasida) zapas saqlanadi. Depolangan qon organizm I uchun zaruriyat bо‗lganda: qon yо‗qotilganda, muskul ishida, tana temperaturasi kо‗tarilganda, odam bug‗ilganda va boshqa sharoitlarda tomirlarga chiqadi. Qonning taxminan 50-60 foizini qon plazmasi, 40-45 foizini shaklli elementlari, 8-10 foizini turli oksillar, mineral tuzlar, shakar moddasi, fermentlar, garmonlar tashkil etadi. Plazmaning oqsillari uch gruppa bulib: bulardan albumin 4,5 foiz, globulinlar 2,8-3,1 foiz va fibrinogenlar 4-4,5 foizni tashkil etadi. qonning tarkibida 0,85-0,9 foiz osh tuzi, kalsiy xlor, bikarbonatlar va 0,12 foiz shakar moddasi saqlanadi. qon plazmasining tarkibi normal fiziologik sharoitda nisbatan doimiy hisoblanadi. Eritrotsitlar. Eritrotsitlar ikki tomoni botiq ellips shaklidagi yadrosiz hujayralardir. Eritrotsitlarning diametri 7-8 mkm, qalinligi 2,5 mkm bо‗lib, erkaklarda 1 mm qonda 4,5-5 mln, ayollarda esa 4-4,5 mln. bо‗ladi. Eritrotsitlar qizil ilikda hosil bо‗lib yetiladi. Eritrotsitlarni kо‗pchilik qismini 85-90 foizini qonga rang beruvchi modda gemoglobin tashkil etadi. 100 gr. qonda о‗rta hisobda 16,6-17 g gemoglobin bо‗ladi. Eritrotsitlarni tarkibidagi gemoglobin о‗pkadan kislorodni biriktirib olib, organizm hujayra tо‗qimalariga yetkazib beradi. Gemoglobin gem va oksil-tlobindan tashkil topgan bо‗lib, gem qismida temir saqlanadi. Eritrotsitlar eng muhim bufer rolini о‗ynab, qonning aktiv reaksiyasini saqlaydi. Eritrotsitlar tez-^gez suv almashinuvi, oksillar, yoglar, utlevoddarni parchalanishidagi fermentativ protsesslarda ishtirok etadilar. Qon ivimaydigan holatga keltirib, Panchenko asbobiga qо‗yib quyilsa bir soat mobaynida eritrotsitlar chо‗kadi. Eritrotsitlarni chо‗kish reaksiyasi (R.O.E.) normada katta odamda bir soatda 9-12 mm. Turli kasallarda odam shamollaganda, infeksion kasalliklarda, tuberkulyozda, ayollar xomila bо‗lganda eritrotsitlarni chо‗kish reaksiyasi ortadi. Leykotsitlar. Leykotsitlar yoki oq qon tanachalari yadroli amyobaga о‗xshash harakatlanuvchi hujayraladir. Leykotsitlarning о‗lchami 4-14 mikron bо‗lib, har 500 eritrotsitga taxminan bitta leykotsit tо‗gri keladi. 1 mm qonda 6-8 ming leykotsit bо‗ladi. Leykotsitlarni soni organizmni holatiga qarab ovqatlanish muskul ishi va boshqalarga qarab о‗zgarib turadi. Leykotsitlar ikki gruppaga: donalik va donasiz leykotsitlarga bо‗linadi. Donalik leykotsitlarga eozinofillar, bazofillar va neytrofillar, donasiz leykotsitlarga monotsitlar va limfotsitlar kiradi. Leykotsitlar suyakni ilik qismida, taloqda va limfa bezlarida hosil bо‗ladi. Leykotsitlar organizmni turli mikroblardan himoya qiladi, organizmga tushgan yot moddaldrni parchalaydi va mikroblarni yutib yuboradi. Leykotsitlarni yot moddlarni yutib yuborish xususiyatini I.I. Mechnikov fagotsitoz deb nomlaydi. Shunday qilib, Leykotsitlar asosan organizmni turli kasal quzg‗atuvchi zararli mikroblar va yot moddalardan himoya qiladilar. Qon plastinkalari. qon plastinkalari yoki trombotsitlar shakli elementlar ichida eng maydasi bо‗lib diametri 3 mikrondir. 1 mm qonda 200-400 minggacha trombotsitlar bо‗lib, bular qonni ivishida muhim rol о‗ynaydi. Trombotsitlar suyaklarni kо‗mik qismida mayda plastinka holida ishlab chiqarilib, qonga о‗tadi.
Odamni bironta qon tomiri shikastlanganda qon tomirdan .chiqayotgan trombotsitlar yorilib bir-biriga qо‗shilib vitamin va kaliy tuzi qatnashishida 20 mikrongacha kattalikdagi yumaloq moddal^R*111 Hosil qiladi. qon ivishi organizmda muhim ahamiyatga . ega bо‗lib, bunda asosiy rolni trombotsitlar о‗ynaydi. Agarda qonning ivish xususiyati kamayib ketsa, odam qon yо‗qotib halok bо‗lishi mumkin. Shikastlangan tomirdan oqayotgan qon 3-4 minutda ivib tugaydi. qonning ivish protsessining asosiy mohiyati qon plazmasining tarkibidagi qonda erigan fibrinogen oqsilni erimaydigan fibrin ipchalarini hosil bо‗lishi hisoblanadi. Fibrinoogen aktiv trombin fermenti ta‘sirida u fibringa aylanadi. qonda passiv holatdagi protrombin bо‗lib, bu tombokenaza fermenti va kalsiy tuzi ta‘sirida aktiv trombinga aylanadi. Qon gruppalari. Hozir meditsinada AVO sistemasi buyicha agglyutinogen va agglyutininlarni ma‘lum uygunlashuvi bilan qonning 4 ta gruppasi belgilanadi: Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling