O‟rganish usullari reja: Anatomiyani tekshirish usullari
Download 1.25 Mb. Pdf ko'rish
|
bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi asoslari fanini organish usullari
I
gruppada - qizil qon tag‗shchalarida agglYutinogen bо‗lmaydi, shuning uchun bu gruppa 0 deb nomlanadi. Bu gruppaning plazmasida esa ikkita tabiiy agglyutinin bо‗ladi. II gruppada - eritrotsitlarda agglyutogen A, plazmasida esa agglyutinin V bо‗ladi. III gruppada - eritrotsitlarda agglyutinogen V, plazmada esa agglyutinin bо‗ladi. IV gruppada - eritrotsitlarda agglyutinogenlar A va V bо‗lib, qon plazmasida esa agglyutininlar bо‗lmaydi. Odam yuqoridagi qon gruppalarining birontasiga mansub bо‗lib ' tutiladi va bu qon gruppasi kishi umrining oxirigacha о‗zgarmaydi. Qonning yoshlik xususiyatlari. Qon odam yoshiga qarab о‗zgarib turadi, ayniqsa bolaning bir yoshigacha qonning xususiyatlari katta odamnikidan farq qiladi. Yeshga qarab qonni о‗zgarib turishi turli yeshda moddaLar almashinuvi, '' qon yaratuvchi organlarni tuzilishi va funksiyalari qon aylanishni yoshlik xususiyatlari bilan bogliq bо‗ladi. Bola qancha yosh bо‗lsa modda almashinuvi shuncha yuqori bо‗ladi. Shuning uchun, tananing har kg ogirligiga kо‗p qon tо‗g‗ri keladi. Yangi tugilgan bolaning tanasini Har kg ogirligiga 150 sm3 kо‗krak yoshidagi bolada 110 sm3, 7 yoshdan 12 1 yoshgacha 70 sm3 15 yoshdan boshlab esa tana og‗irligini har kg 65 sm3 Qon tо‗g‗ri keladi. Yangi tutilgan bolada qon tana ogirligini 15 foizini, bir yoshlik bolalarda 11 foizini, 6 yoshdan 14 yoshgacha] bо‗lgan bolalarda 14 foizini, katta odamda esa tana ogirligini 7 foizini tashkil etadi. О‗gil bolalar va erkaklarda qonning! miqdori, qizlar va ayollarga nisbatan kо‗proq. Yangi tugilgan bolada qon plazmasida osh tuzi va qandning| miqdori katta odamga nisbatan kam bо‗lib, bolaning 6 yoshida katta odamnikiga yetadi. Plazmada kalsiy tuzlarini miqdoriga katta odamnikiga nisbatan kо‗p bо‗ladi. Yangi tugilgan bolalarda qonda eritrotsitlarni miqdori katta odamnikiga qaraganda ortiq bо‗lib, 1 mm3 qonda 4,5-7,5 mln, bolani 12 yoshida bu miqdor katta odamnikkga tenglashadi. Bolaning 12-14 yoshida qonda eritrotsitlarning soni biroz ortadi. Buni jinsiy b£logat yoshida qon yaratuvchi organlarning aktivligini ortishi bilan tushuntiriladi. Eritrotsitlarning asosiy qismi gemoglobin hisoblanib, yangi tugilgan bolalarda gemoglobin miqdori ancha yuqori 110-114 foiz 100 g qonda 17-25 g bо‗ladi. Bolani yoshi ortishi bilan gemoglobin miqdori kamayib borib, bolaning 1-2 yoshida 80-90 foizni tashkil etadi. Shuni aytish kerakki, gemoglobinning miqdori, eritrotsitlarda gemoglobinning konsentratsiyasi, bolaning sof. havoda bо‗lishiii davomliligiga bogliq. Yangi tugilgan bolalarda leykotsitlarni mikdori qonda 10.000 dan 20.000 bо‗ladi, bolaning 12 yoshida esa, leykotsitlarni soni 1 mm qonda 10.000 dan 12.000 gacha kamayadi. Maktab yoshidagi bolalarda leykotsitlarni soni katta odamnikidek 1 mm qonda 7-8 mingtani tashkil etadi. Bolalarni 3-7 yoshida neytrofillarni soni kam, limfotsitlarni soni esa ancha yuqori bо‗ladi. Bolaning yoshi ortishi bilan neytrofidlar soni ortib, limfotsitlar soni kamayib boradi. Bolalarda neytrofillar kam va qonning fagotsitar funksiyasi ham kam bо‗ladi. Bogcha yoshidagi bolalarni infeksion kasallarga tez berilishini qisman shu bilak tushuntiriladi. Bolalarni 8-9 yoshidan, boshlab qonning fagotsitar funksiyasi ortib, organizmni turli kasalliklarga chidamliligi ortib boradi. Odam charchaganda leykotsitlar parchalana boshlaydi. Qonda trombotsitlarni soni ham yoshga qarab о‗zgarib turadi. Katta odamning 1 mm qonida 200-400 ming, 1 yoshgacha bо‗lgan bolalarda 160-330 ming, 1 yoshdan 2 yoshgacha 140-370 ming, 2 yoshdan 3 yoshgacha 150-300 ming, 3 yoshdan 4 yeshgacha 356-370 ming trombotsitlar bо‗ladi. Kо‗pchilik olimlarni keltirilgan ma‘lumotlariga qaraganda qonning ivish tezligi barcha yoshdagi bolalarda bir xil bо‗lib 3-4 minutdan sо‗ng qon laxtasi hosil bо‗ladi. Yangi tugilgan bolalarda qon yaratilishi barcha suyaklardagi qizil ilikda sodir bо‗ladi. Bolaning bir yoshidan boshlab qizil ilik yog‗ tо‗qimasi bilan almashina boshlaydi, bu protsess son, katta boldir suyaklarida avval boshlanib, umurtqalarda kechroq boshlanadi. Bolaning besh yoshidan qizil ilikni yog tо‗qimasi bilan almashinishi ancha tezlashadi. 8 yoshda boldir suyaklarini yarmini qizil ilikni о‗rnini yog tо‗qimasi qoplaydi. Bolalarni 12-15 yoshidan boshlab, qon yaratilishi kattalarnikiga о‗xshab ketadi. Bola tug‗ilgandan sо‗ng taloq tez о‗sa boshlaydi. Uning ogirligi 5 oylikda 2 marta, 1 yoshda 3 marta, 10-12 yoshda 10 marta ortadi. Qon aylanishi. Qon aylanishining ahamiyati. Organizm hujayralarini ozuka moddalar va kislorod bilan ta‘minlanishi, modda almashinuvi natijasida hosil bо‗lgan turli chiqindi moddalar karbonat angidrid gazi va ortiqcha suv tuzlarni chiqarib yuborilishi qon, orqa miya , suyuqligi va limfa suyuqligi vositasida amalga oshiriladi. Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling