O‟rganish usullari reja: Anatomiyani tekshirish usullari
sohalar (tomirlar) chap umumiy katorit arteriyasidir
Download 1.25 Mb. Pdf ko'rish
|
bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi asoslari fanini organish usullari
sohalar (tomirlar) chap umumiy katorit arteriyasidir
33 .
Qon organizm hujayralari bilan ovqat hazm qilish, nafasayirish organlari orasida bog‗lovchi bо‗lib hisoblanadi..qon tomirlar uzluksiz harakati tufayligina organlarni hujayralari bilan bir-biriga bog‗laydi. Organizm doimiy ravishda qon bilan ta‘minlanishi tufayli hujayra va
33 Adolf Faller., Michael Schuenke-The Human Body - ―An Introduction to Structure and Function‖ ThiemeStuttgart · New Yorkhttp: //www.bestmedbook.com/2004 234-bet bet mazmun va moxiyatidan foydalanildi
tо‗qimalarni tirikligini saqlab turadi. Agarda bosh miya katta yarim sharlar pо‗stloq hujayralari 4-6 minut qon bilan ta‘minlanmasa pо‗stloq hujayralari halok bо‗la boshlaydi. Katta va kichik qon aylanish doirasi. Sut emizuvchi hayvonlar va odamlarda qon aylanish yopiq bо‗lib, katta va kichik qon aylanish doiralariga bо‗linadi. Katta qon aylanish doirasi yurakning chap qorinchasidan chiquvchi eng yirik arteriya aorta qon tomiridan boshlanib, u biroz yuqoriga kо‗tarilib yoyni hosil qiladi. Aorta qon tomiri yirik, о‗rta diametrli arterial tomirlar va kapillyar tomirlarga bо‗linadi. Kapillyar yoki qil qon tomirlar bilan organizm hujayralari orasida modda almashinuvi sodir bо‗ladi. Arteriya kapillyarlarni vena kapellyarlarini, sо‗ng mayda venalar, venulalar, sо‗ng yirikroq vena tomirlarini hosil qiladi. Yirik vena tomirlari yuqorigi va pastki kovak venani hoyeil qilib yurakning о‗ng qо‗l bо‗lmasiga qо‗yiladi. Qon aylanishining bu doirasiga katta qon aylanish doirasi deyilib, bu qon aylanish doirasi organizm barcha hujayralarini qon bilan ta‘minlaydi. Kichik qon aylanish doirasi yurakning о‗ng qorinchasidan о‗ika , arteriyasi bilan boshlanib, о‗pkaga boradi u yerda arteriyey о‗rta arteriya, kapillyarlarga tarmoqlanib о‗pka hujayralari bilan gaz almashinuvini hosil qilib, 4 ta о‗pka venasi bо‗lib yurakning chap bо‗lmasiga qо‗yiladi. Yurakning tuzilishi. Katta odamda yurak konus shaklida bо‗lib, kо‗krak qafasida uchdan oir qismi chap tomonda uchdan ikki qismi, о‗ng tomonda joylashgan muskulli organdir. Yurak uch qavatdan tashqi seroz-epikard, о‗rta muskul miokard va ichki yassi epiteliyadan endokard qavatlardan tashkil topgan. Tashki qavatyurak xaltasiga tutashib ketgan bо‗ladi. Odam yuragi bir biridan ajralgan о‗ng va chap bо‗laklarga bо‗linadi. Yurakning о‗ng bо‗lagiga tanadan kelayotgan vena qon tomirlari qо‗yiladi. Chap bо‗lagiga о‗pkadan kelayotgan arteriya qoni bо‗lgan о‗pka venalari quyiladi. Yurakning har bir bо‗lagi ikkita kameradan: bо‗lmacha va qorinchalardan tashkil topgan. Shunday qilib, yurak tо‗rtta kameradan: ikkita yurak bо‗lmasi va Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling