O‟rganish usullari reja: Anatomiyani tekshirish usullari
devorlardagi depositlar orqali pastki qon bosimi birinchi kо„tariladi
Download 1.25 Mb. Pdf ko'rish
|
bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi asoslari fanini organish usullari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muhim atamalar
devorlardagi depositlar orqali pastki qon bosimi birinchi kо„tariladi.
Qon bosimining о„lchanishi. Qon bosimi odatda noananaviy usul orqaliо„lchanadi. Qon bosimining olchaydigan asbob monometr deb hisoblanadi.u qolning yuqorigi sohasi yelkadan о„lchanadi. Pulslar qon tomirida ritmik ravishda urib turadi. Korotkoff quloqqa solinib yelkada bog„lanib qon bosimini tekshiradi. Sistolik va diostolik bosim mavjud. Yurak arteriyasida mavjud bо„ladi 34 . Yurak ishini boshqarilishini yoshlik xususiyatlari. Bolalar va kattalar yuragi organizmdan ajratib olinib, tarkibida ozuqa moddalar va kislorod bо‗lgan eritma yuborib turilsa bir necha soat qisqarib turish xususiyatiga ega. Yurakning bu xususiyati yurak avtomatikasi deyilib, bu xususiyat yurakda modda almashinuvi о‗zgaradi va biopotensial tebranishlar bilan bog‗lik bо‗lgan yurakni Keyt-flak tugunidan yurak muskullarini qо‗zg‗atuvchi impulslarni vujudga kelib turishiga bog‗liq, Bir butun organizmda yurak avtomatiyasi ichki muhitni о‗zgarishi bilan nerv va gumoral yо‗lda boshqarilib turiladi. Yurakka markazga intiluvchi impulslar bо‗yining ikki yonida joylashgan adashgan nervlar orqali uzunchoq miyadan kelib turadi. Orqa miyaning kо‗krak segmentidan chiqqan simpatik tugunlardan yurakka 2 ta simpatik nervlar adashgan nerv bilan birga yurak muskullariga tarmoqlanadi. Shunday qilib, umumiy uyqu arteriyasini yonida aralash nervlar yotadi. Adashgan nerv markazlari qо‗zg‗alganda yurak qisqarishi va kuchi qо‗zgaluvchanligi о‗tkazuvchanligi kamayadi. Simpatik nerv markazlari qо‗zgalganda aksincha yurakning qisqarish soni, kuchi, qо‗zg‗aluvchanligi ortadi. Katta odamda adashgan nerv yurak avtomatizmiga biroz tormozlovchi bо‗lib ta‘sir etadi. Bu adashgan nervni tonusi deb yuritiladi. Adashgan va simpatik nervlari yurak muskullarida modda almashinuv va ovqatlanishini boshqarib bu bilan yurak ishiga ta‘sir etadi. Yurak ishiga nervlarni bunday ta‘siri trofik ta‘sir dyob nomlanadi. Yurak ishini nerv - gumoral yо‗lda idora etilishi qon orqali bо‗ladi. Agarda adashgan nervlar qо‗zgalsa qonga kо‗p -miqdorda atsetilxolin gormoni ishlab chiqarilib, bu gormon orqali ! yurak ishini sekinlashtiradi. Simpatik nervlar qо‗zgalsa, qonga norodrenalin va adrenalin gormonlari quyilib qon orqali yurakka simpatik nervi kabi ta‘sir kо‗rsatadi. Bundan tashqari, yurak faoliyatiga qon tarkibidagi kalsiy, kaliy ionlari ham ta‘sir ' Qiladi. Kalsiy yurak ishini tezlashtiradi. Bola tug‗ilganda yurakni ta‘minlovchi nerv apparata yetarli darajada taraqqiy etgan bо‗ladi. Yurakka simpatik va parasimpatnk nervlar о‗z ta‘sirini kо‗rsata boshlaydi. Lekin yangi tug‗ilgan bolani yuragiga simpatik nerv ta‘siri kuchliro, ya‘ni simpatnk nervni tonusi yuqoriroq bо‗ladi. Yurak muskullarini nervlar bi tо‗liq ta‘minlanishi bolaning 7-8 yoshida tutaydi. Yurak qorinchalari bosim ostida qonni qon tomirlariga haydab berganda qon tomirlarini tebranishiga puls deb yuritiladi. Pulsni odamda arteriya qon tomirlarida teri ostida yuza joylashgan yerlardan yelka arteriyasini bilakda ikkiga shoxlangan yerida, chakkada va organizmni boshqa yerlarda sezish va sanash mumkin. Bolaning yoshi ulg‗ayishi bilan puls ham kamaya boradi. Aortadagi qon bosimi bilan venalardagi bosimni farqli bо‗lishi yurakni ishini vujudga keltiradi. Yurak qisqarishi tezlashganda sistolik hajmi ortganda qon bosimi ortadi, yurak ishk sekinlashganda sistolik hajmi kamayganda qon bosimi kamayadi. Arteriya qon bosimi organizmdagi qon tomirlarni diametryni umumiy yigindisiga ham bog‗liq. Agarda arterial va kapillyar qon tomirlar devori toraysa qon bosimi ortadi, kengayganda aksincha kamayadi. Arterial qon bosimi yurak tonusi yoki о‗rta mayda arteriya, arteriya qon tomirlarni muskul qavatini tarangligi bilan saqlanib turadi. Soglom odamlarda qon tomirlarning muskuli devorlarini nerv gumoral mexanizm bilan boshqarilib turilishi tufayli qon bosimi bir meyorda saqlanadi. Bu mexanizm buzulsa qon bosimi о‗zgaradi. Katta odamda aortada maksimal yoki
34 Adolf Faller., Michael Schuenke-The Human Body - ―An Introduction to Structure and Function‖ ThiemeStuttgart · New Yorkhttp: //www.bestmedbook.com/2004 225- bet mazmun va moxiyatidan foydalanildi
sistolik bosim 120-140 mm simob ustuniga teng, yelka arteriyasida 110-125 mm simob ustuniga minimal yoki diastolik bosim 70-80 mm, mayda arteriyalarda 70-80 mm, arteriollarda 40-60 mm kapillyarlarda 20-40 mm, yirik venalarda 2-5 mm simob ustuniga teng bо‗ladi. Maksimal qon bosimi bilan minimal qon bosimi о‗rtasidagi farqqa puls bosimi deyiladi. Puls bosimi о‗rta hisobda 30-40 mm simob ustuniga teng bо‗ladi. Arterial qon bosimi bolalarda kattalarning qon bosimiga nisbatan ancha past bо‗ladi. Bundan tashqari qon bosimining jinsiy, individual farqlari ajratiladi. Yangi tug‗ilgan bolada maksimal qon bosimi 60-65 mm simob ustuniga teng, bir yoshning oxirida 90-105 mm simob ustuniga - teng, Minimal qon bosimi 50 mm simob ustuniga teng bG‗ladi. О‗g‗il va qiz bolalarda 5 yoshgacha qon bosimi bir xil bо‗ladi. 5 yoshdan 9 yeshgacha о‗til bolalarda qon bosimi 1-5 mm simob ustuniga, qizlarnikiga nisbatan yuqori bо‗ladi. 9 yoshdan 13 yoshgacha qizlarda qon bosimi 1-5 mm simob ustuniga yuqori bо‗ladi. Muhim atamalar: Eritrotsit - qizil qon tanacha. Leykotsit - oq qon tanacha. Trombotsit - qon plastinka. Sistola - yurak qisqarishi. Puls - tomirlarni tebranishi. Takrorlash uchun savollar: 1. Organizmning ichki muhiti nima? 2. Limfa nima? 3. Konplazmasiningkimyoviy tarkibi? 4. Eritrotsitlarning tuzilishi va funksiyasi? 5. Leykotsitlarning tuzilishi va funksiyasi? 6. Trombotsitlarning tuzilishi va funksiyasi? 7. Qonning yoshlik xususiyatlarini aytib bering? 8. Qon gruppalari? 9. Qon aylanishining qanday ahamiyati bor? 10. Yurak qanday tuzilgan? 11. Katta va kichik qon aylanish о‗rtasida qanday farq bor? 12. Yurakning funksiyalarini aytib bering, 13.Qon aylanishining yoshga oid xususiyatlari nimalardan iborat? 14.Puls nima? 15Qon aylanish organlari qanday boshqariladi? 16. Qon bosimi va uning yoshga oid xususiyatlari nimalardan iborat?
Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling