O‟rganish usullari reja: Anatomiyani tekshirish usullari


Nerv tolalarining tuzilishi va xususiyatlari


Download 1.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/138
Sana08.01.2022
Hajmi1.25 Mb.
#236054
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   138
Bog'liq
bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi asoslari fanini organish usullari

Nerv tolalarining tuzilishi va xususiyatlari. 

Parda  bilan  qoplangan  nerv  hujayralarining  о‗simtasi  nerv  tolasi  deyladi.  Nerv  xujayrasi 

о‗simtasining  markaziy  qismi  о‗q  silindir  deyiladi.  Nerv  tolalari  mielinli  va  mielinsiz  bо‗ladi. 

Miyelinsiz nerv tolalari faqat Shvann kavat bilan koplangan. 

Nerv tolasining asosiy xususiyati о‗tkazuvchanlik, labillilik, moddalari almashinuvning sekin 

borishi,  nisbatan  charchamaslik  hisoblanadi.  Nerv  tolalarining  labilliligi  turlicha  bо‗ladi.  Ba‘zi 

nerv  tolalari  har  lahzada  bir  necha  о‗nta  impuls  о‗tkazsa  boshqalari  500  tagacha  impuls 

о‗tkazadi. Qalin mielin kavat bilan koplangan nerv toalari о‗ta labillik xususiyatiga ega. 




Nerv  toalari  qо‗zg‗alganda,  muskular  qо‗zg‗alishiga  nisbatan  ancha  kam  energiya  ajraladi. 

Ingichka nerv tolalar yо‗g‗on tolalarga nisbatan tezroq charchaydi. Keyingi tekshirishlarda nerv 

tolasining  charchashi  isbotlangan.  Nerv  tolasi  charchaganda  biotoklarning  kuchi  о‗zgaradi. 

Qо‗zg‗alish  impulsining  tarqalishi  2-3  marta  susayadi.  Nerv  tolasi  ma‘lum  vaqt  oralig‗ida 

kelgan:  impulsiga      nisbatan      kamroq      impuls            о‗tkazib,      о‗zining      charchamasligini

1

 



ta‘minlaydi. 

Nerv  tolasidan  chiqqan  kо‗zg‗alish  tо‗lqinlarining  о‗tkazilishi  nervning  keyingi  keladigan 

har bir qismining yukori voltli potensiallar bilan ta‘sirlanishiga bog‗liq. Qо‗zg‗alish potensiallari 

yumshoq  qavatli  nerv  tolalaridan  uzluksiz  emas,  balki  о‗xtin-о‗xtin  tarqaladi.  Qо‗zg‗alish 

tо‗lqining  nerv  tolasidan  о‗tkazilishi  о‗zidan  oldingi  tо‗lqinga  harakatlanyotgan  yuqori  voltli 

pstensiallarning xosil bо‗lishiga boglikdir. Nerv tolosidan ta‘sir о‗tishi uchun u fiziologik normal 

xolatda bо‗lishi shart. 

Nerv  tolasi  kattiq  sovitilsa  yoki  о‗tkir  zaharlansa,  nerv  impulsnni  о‗tkazmaydi.  Aralash 

nervlar  tarkibdagi  harakatlanuvchi  sezuvchi  nervlar  esa  impulsni  bо‗lib-bо‗lib  о‗tkazadi. 

Impulslarni  bu  xilda  ajralgan  holda  о‗tkazilishi  nervning  mielin  qavat  bilan  koplanishi  sabab 

bо‗ladi. 

Nerv tolasidan ta‘sir ikki tomonlama о‗tadi. Buni 1877 yilda A.I.Babuxin Nil daryosi laqqa 

baligi  elektr organining  nervida isbotlagan. Agar nerv tolasi  baliq, tanasidan 'ajratib kо‗yilsa, u 

2-3  kundan  keyin  nobud  bо‗la  boshlaydi.  Nerv  tolasi  qirqilganda  esa  nerv  xujayrasi  tanasi 

tomonidan  о‗sa  boshlaydi.  Nerv  tolasining  qayta  tiklanishi  bilan  impuls  о‗tishi  ham  qayta 

tiklanadi.  Markaziy  nerv  sistemasining  neyronlari  nerv  tolasidan  impulslarni  bir  tomonlama 

sezuvchi  retseptordan  ishchi  organga  о‗tkazadi.  Bu  nerv  impulsining  sinapslar  orqali 

о‗tkazilishiga bogliq . 

Qо‗zg‗alish impulsi qо‗zg‗algan tо‗qimaning hamma qismiga bir tekis tо‗la tarqaladi. Bunga 

dekermentsiz  о‗tkazilishi  deyiladi.  Nerv  tolasi  qancha  yо‗g‗on  bо‗lsa,  qо‗zgalish  shuncha  tez 

о‗tadi. Nerv tolalari qо‗zgalishiga kо‗ra A,V,S gruppalarga bо‗linadi. A gruppaga miyelin qavati 

qalinroq,  diametri  12-22  mkm  bо‗lgan  nerv  tolalari  kiradi,  ular  orqali  ta‘sirot  bir  sekundda  70-

120  m/sek  tezlikda  о‗tadi.  Bu  gruppa  nerv  tolalari  о‗ta  elektrik  aktkivlikka  ega.  V  gruppaga 

vegetativ nerv sistemasining ba‘zi tolalari kiradi. Bularning diametri 1-3 mmk bо‗lib, issiqqonlik 

hayvonlarda ta‘sirni 3-14/sek tezlikda) о‗tkazadi. S gruppa nerv tolaari yumshoq qavatsiz bо‗lib, 

diametri juda kichik, bularga; asosan simpatik nerv tolalari kiradi. 




Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling