O‟rganish usullari reja: Anatomiyani tekshirish usullari
uchun 1/markazdanuzoqligi(m),butun optiktizimi 0.017 m bir old bosh uzunligi
Download 1.25 Mb. Pdf ko'rish
|
bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi asoslari fanini organish usullari
uchun 1/markazdanuzoqligi(m),butun optiktizimi 0.017 m bir old bosh uzunligi
37 . Shox pardada qon tomirlar bо‗lmaydi. Tashqi pardaning ichkari tomonida о‗rta (tomirli) parda bor. Bu pardada qon tomirlar va pigment kо‗p. Turli kishilarda pigment miqdori har xil bо‗ladi. Ba‘zi odamlarda kuzning о‗rta pardasi pigmentsiz bо‗lib, qon tomirlar kо‗rinib turadi. Shuning uchun ularning kо‗zi qizqish bо‗ladi. Tomirli parda oldingi rangdor (kamalak parda) о‗rta kipriksimon tana va orqa xususiy tomirli qismga bо‗linadi. Rangdor pardada ikki xil radial va xalqa shaklidagi silliq muskullar joylashgan bо‗lib, xalqa muskullar qisqarganda kо‗z qorachigi torayadi, radial muskullar qisqarganda esa qorachig‗ kengayadi. Rangdor pardaning о‗rtasi teshik bо‗lib, bunga qorachig deb ataladi. Kipriksimon tana tomirli pardaning qalin tortgan о‗rta qismini egallaydi. Kipriksimbn tananing ichki kismida silliq muskul tolalaridan iborat kipriksimon muskullar bо‗ladi. Kipriksimon muskullar kipriksimon boylamlar yordamida gavhar pay va xaltachasiga birikkan bо‗ladi.
37 Adolf Faller., Michael Schuenke-The Human Body - ―An Introduction to Structure and Function‖ ThiemeStuttgart · New Yorkhttp: //www.bestmedbook.com/2004 635- bet mazmun va moxiyatidan foydalanildi
Kо‗z soqqasi ichki pardasi yoki tо‗r parda murakkab tuzilgan bо‗lib, taraqqiy etish jihatdan kо‗ruv nervi bilan bir butun hisoblanadi. Tо‗r parda kо‗zning butun bо‗shligini qoplab turadi. Tо‗r pardaning retseptorlari bо‗lib, turli ta‘sirotlarni qabul qilib oluvchi 130 mln tayoqcha va yetti million kolbochka shaklidagi bir necha qavat hujayralar hisoblanadi. Tayoqcha hujayralarining tashqi a‘zosida kо‗rish purpuri yoki radopsin moddasi saqlanadi. Tayoqcha va kolbochka hujayralarining ichki a‘zosi ikki о‗simtali bipolyar neyronlar bilan boglangan bо‗ladi. Kо‗z soqqasining yadrosi suvsimon, gavhar va shishasimon tanadan iborat. Rangdor pardaning orqasiga tamomila tiniq yasmik shaklidagi ikki tomoni qavariq linza-gavhar joylashgan. Gavharning orqa tomoni oldingi tomoniga qaraganda qavariqroq bо‗ladi. Gavhar moddasi yarim suyuq bо‗lib yupqa tiniq kapsulaning ichida turadi. Gavharda qon tomirlari bо‗lmaydi. Uni kо‗z kameralarini tо‗ldirib turadigan maxsus suyuqlik oziqlantiradi. Shox parda bilan rangdor pardaning о‗rtasida kichkina bо‗shliq bо‗lib, bunga kо‗zning oldingi kamerasi deyiladi. Rangdor parda bilan gavharning о‗rtasida ham bushliq bо‗lib, bunga kо‗zning orqadagi kamerasi deyiladi. Kо‗zning nur sindiruvchi muhitlari. Har bir kо‗ruv nervida 1 mln. ga yaqin nerv tolalari bor. Tо‗r pardada kо‗ruv nervining kirish joyi - kо‗r dog‗ va narsalarning yaxshiroq kо‗radigan sariq dog‗, dog‗ning markazida chuqurcha bо‗lib, bunga markaziy chuqurcha deyiladi. Kо‗zning ayrim qismlari (shox), shoxparda, gavhar, kо‗zning shishasimon qismi о‗zidan о‗tuvchi yoruglik, nurlarini singdira oladi. Kо‗zga yorug‗lik nurlari ta‘sir etganda. radopsin va iodopsin moddalari parchalanib ximiyaviy reaksiya vujudga keladi. Kо‗zning nur singdiruvchi qismlariga shox parda, suvsimon suyuqlik, kо‗zning oldingi kamerasi, gavhar va shishasimon qism kiradi. Kо‗zning nur singdirish kuchi kо‗prok shox parda va gavharni nur singdirishga bog‗liq bо‗ladi. Nur singdirish dioptriya bilan о‗lchanadi. Bir dioptriya degaxda fokus oraligi 1 m bо‗lgan linzaning nur sindirish kuchi tushuniladi. Agarda nur sindirish kuchi oshsa fokus oralig‗i qisqaradi. Fokus oraliqi 50 sm bо‗lgan linzaning nur sindirish kuchi 2 dioptriyaga (2D ga) teng bо‗ladi. Shox pardaning nur sindirish kuchi 43 D, gavharning nur sindirish kuchi kamroq bо‗lib, о‗zgarib turadi. Yaqin masofaga qaralganda - ZZD, uzoq masofaga qaralganda esa - 19D. Kо‗zning butun optik sistemasini nur sindirish kuchi uzoqqa qaralganda 59D, yaqin masofada esa - 70 D. Parallel yorug‗ nurlari shox parda va gavharda singandan sо‗ng, markaziy chuqurlikning bir nuqtasida tо‗planadi. Shunday qilib, narsaning fokusi markaziy chuqurlikda hosil bо‗ladi. Kо‗rish analizatorlarining yoshlik xususiyatlari. Bolalarning kо‗zi katta odamning kо‗z tuzilishidan farq qiladi. Bolalarda kо‗z kosa chuqurligi va kо‗z soqqasi tanasiga nisbatan kattalarga qaraganda kattaroq bо‗ladi. Sklera va tomirli pardalar katta odam kо‗zini shu pardalariga nisbatan yupqaroq, shox parda qalinroq bо‗ladi. Qovoqlarning kelishilgan harakati bolaning bir oyligidan boshlanadi, bolaning 2 oyligidan esa kо‗z soqqasi turli predmetlarga va yorug‗likka nisbatan harakatlanadi. Bola 2 haftaligidan boshlab yaltiroq narsaga kо‗zini boshi bilan birlikka aylantirib qaray boshlaydi. Kо‗zning koordinatsiyalashgan harakati mashq qilish tufayli bolaning b oyligidan yoki bir yoshidan boshlanadi. Kо‗rish analizatorining avval periferik, sо‗ng markaziy qismi taraqqiy etadi. Yangi tug‗ilgan bolada kо‗ruv nervi tolalari kam differensiyalashgan bо‗ladi. Kо‗ruv nervining mielinlashuvi bolaning 1-1,5 yoshigacha davom etadi. Yangi tug‗ilgan bola kо‗zining nur sindirishi katta kishilar kо‗zining nur sindirish xossasidan farq qiladi. Yangi tug‗ilgan bolaning kо‗zi uzoqdan yaxshi kо‗rolmaslik xususiyatiga ega bо‗ladi. Tug‗ilgandan to 4-7 kungacha yaqini kо‗rolmaslik xususiyatiga ega bо‗ladi. Yangi tugilgan bolaning kuziga kuchli yorug‗lik ta‘sir ettirilsa kо‗z qorachigi torayadi. Kо‗pincha bogcha va maktab yoshidagi bolalarda gavhar yassiroq shaklda bо‗lgani uchun, uning oldingi - orqa о‗qi kattalarniksh a nisbatan kaltaroq bо‗ladi. Shuning uchun bolalarda
uzoqni yaxshi kо‗rolmaslik xususiyati uchrab turadi. Yosh bolalarda gavhar nihoyatda elastik, shuning uchun ularda kattalarga nisbatan akkomodatsiya xususiyati asta-sekin rivojlanib boradi. Odamning yoshi ortishi bilan gavharning elastikligi kamayib boradi. Bolalarning yoshi ortishi bilan kipriksimon muskullarpkng qisqaruvchanlik xususiyati kamayib boradi, shuning uchun aniq kо‗rishning yaqin nuqtasi ortib boradi. Shuning bilan bir vaqtda akkomodatsiya chegarasi kamayadi. Masalan, 9-11 yoshda 14D, 12-14 yoshda 12.9D; 15-1? yoshda 12,3 D; 18- 20 yoshda 12D; 21 -22 yoshda 11,5D bо‗ladi. Bolalarda yaqindan va uzoqdan kо‗rish yaxshi kо‗raolmaslik kasalligi har xil sabablarga kо‗ra paydo bо‗ladi. Odam kо‗z о‗tkirligi yoshiga qarab о‗zgaradi. Bolalar vaо‗smirlarning kо‗rish о‗gkirligi kattalarga nisbatan yuqori bо‗ladi. Bola uzoq vaqt mayda narsalar bilan shugullansa kо‗zning kо‗rish о‗tkirligi kamaya boradi. Katta bog‗cha yoshdagi bolalarda kо‗rish о‗tkirligi 1,00 va 1,20D teng bо‗ladi. О‗quvchiga о‗qiyotgan yoki yozayotgan vaqtda xonaga yoruglik chap tomondan tushishi kerak. Kitob bilan kо‗zning orasi 30-35 sm dan kam bо‗lmasligi kerak. Eshitish analizatori. Eshitish analizatorining tuzilishi. Eshituv organi turli tovushlarni eshitish va muvozanat funksiyasini bajaradi. Eshitish analizatori chakka suyagida joylashgan bо‗lib, uch qismga, tashqi, О‗rta, ichki quloqqa bо‗linadi. Tashqi quloq suprasi tashqi eshituv yо‗lidan iborat.
Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling