yuk x yuk tayanchi,joriy aylanuvchan daqiqani tashkil qiladi).
Ko‟p holatlarda muskulning boshlanishida qoringa qaratilgan bosh qismi bo‟ladi.
Turli xil boshlanishga ega bo‟lgan muskulda 2 ta 3 ta yoki 4 ta bosh qismi bo‟lishi mumkin,
hammasi bir bo‟lib yagona qorinni tashkil qiladi va yagona payda tugaydi. Bir boshli
muskul ikkita payga ajralsa ikki qorinchali muskul deyiladi.Muskul bir qancha paylardan
iborat bo‟lishi mumkin.Ikki yoki undan ortiq muskullar diartrik yoki poliartrik muskul
deyiladi.Bir harakatni bajaradigan muskullar guruhi sinergist muskullar deb ataladi, agar
aksincha bo‟lsa antoganist guruhli muskullar deyiladi.Muskullar fibrilalari o‟zaro birikib
paylarni xosil qiladi, parallel fibrilali mushaklar og‟ir yuklarni ko‟tarish vazifasini
bajaradi, ular oz kuch bilan katta yukni ham ko‟tara oladi.Mushak fibrilalari payni faqat
bir tarafiga birlashadi, bu esa fiziologik birlikka olib keladi, natijada mushak kuchli
bo‟lishini ta‟minlaydi. Fibrilalar kalta bo‟ladi, shu sabab ularni yuk ko‟tarish kuchi kam
bo‟ladi. Ikki bo‟lmali mushaklarni paylari ham ikkita bo‟ladi, shu bilan birga fiziologik
birlashgan mushaklarda kuchni rivojlantirish qobiliyati bir qorinchali mushaklarga
qaraganda kattaroq. Mushak strukturasi faqatgina fibrilalarga emas uning hujayralari
tuzilishiga ham bog‟liq.Har bir skelet muskul guruhini alohida fassiya o‟rab atrofdagi
boshqa tuzilmalardan ajratib turadi. Bu mushak fibrilalariga nerv tolalari orqali impuls
keladi va mushakni harakatga keltiradi. Har bir fibrilalar endomezium tolasi bilan
o‟raladi. Ular hammasi birlashib tashqi tomondan perimezium bilan o‟ralib yagona
mushak guruhini hosil qiladi, mana shu har bir mushak guruhlari fassiya deb
nomlanadigan tuzilma bilan o‟raladi va yagona mushak guruhlarini hosil qiladi. Mana shu
Do'stlaringiz bilan baham: |