O‟rganish usullari reja: Anatomiyani tekshirish usullari
muskullari.' Organizmdagi muskullar har xil nomlanadi
Download 1.25 Mb. Pdf ko'rish
|
bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi asoslari fanini organish usullari
muskullari.' Organizmdagi muskullar har xil nomlanadi
13
Muskullarning asosiy gruhlari. Bosh va bо‗yin muskullari. Bosh muskullari ikki gruppaga bо‗linadi: bosh skeleti muskullari va yuz muskullari. Bosh skeleti muskullari oldinda ikkita peshona, orqada esa ikkita ensa muskullardan tashkil topgan. Yuz muskullari mimika va chaynov muskullariga bо‗linadi. Mimika muskullari qisqargan paytda yuz ifodasini о‗zgartirsa, chaynov muskullari ovqatni chaynash va gaplashish vaqtida pastki jagni harakatga keltiradi. Bо‗yin sohasida bir talay muskullar bor. Bularga teri osti muskuli, tо‗sh-о‗mrov- sо‗rg‗ichsimon muskul, bо‗yinning chuqur muskullari kiradi. Bular xilma-xil funksiyalarni boshni tik tutib turish, bо‗yinni birtomonga burish va b. funksiyalarni bajaradi. Gavda muskullari. Bular orqa va kо‗krak muskullariga bо‗linadi. Orqa muskullari о‗z navbatida yuza va chuqur muskullarga bо‗linadi. Orqaning yuza muskullariga trapetsiyasimon muskul, orqaning eng serbar muskuli, kurakni kо‗taradigan muskul va b. kiradi. Orqaning chuqur muskullari uning uz muskullaridan, shuningdek qovurgalarni kо‗taruvchi muskullardan iborat. Orqaning chuqur' muskullari boshni engashtirish, orqaga, о‗ng va chap tomonga burishda ishtirok etadi. Kukrak muskullari. Kо‗krak muskullari yuza chuqur muskullarga bо‗linadi. Yuza muskullardan katta va kichik kо‗krak muskullari, oldingi tishli muskullarni aytish mumkin. Chuqur muskullardan esa qovurgalararo tashqi va ichki muskullarni kо‗rsatib о‗tamiz. Bu muskullar nafas olish va chiqarishda aktiv ishtirok etadi. Diafragma yoki kо‗krak bilan qorin о‗rtasidagi tо‗siq nafas aktida ishtirok etadi. Qorin muskullari. qorin bо‗shlig‗ini о‗rab turadigan devorlar qorinning tashqi muskuli, ichki qiyshiq muskuli, kо‗ndalang va tо‗gri muskullaridan iborat. Bu muskullarning hammasi kukrak bilan chanoq о‗rtasida joylashgan. Ular qorin pressini hosil qiladi. Qо‗l muskullari. Qul muskullarida yelka kamari va erkin qо‗l muskullari tafovut qilinadi. Yelka muskullari jumlasiga; yeltasimon, о‗siq usti, о‗siq osti, kurak osti va b. kiradi. Erkin qо‗l , muskullariga yelka, bilak va qul panjasi muskullari kiradi. I Oyoq muskullari. Oyoq muskullari jumlasiga chanoq muskullari va erkin oyoq muskullari kiradi. Son muskullariga sonning tо‗rt boshli muskuli, tikuvchi muskuli, sonning ikki boshli muskuli va b. kiradi. Boldir muskullari joylashishiga qarab 3 ga: oldingi, orqa va chetki muskullarga bо‗linadi. Boldirning oldingi tomonida yozuvchi, orqa tomonida bukuvchi muskullar joylashgan. Muskullarning kuchi tolalarning kо‗ndalang kyosimiga, muskul tolalarining kо‗p-ozligiga qarab aniqlanadi. Muskulning har santimetri о‗rta hisobda 10 kg yuk kо‗taradi. Muskullar faoliyati nerv sistemasining qо‗zgaluvchanligiga, mashq qilishiga, tashqi sharoitiga bog‗liq. Sistemali ravishda mashq qilib borgan odamning muskullari baquvvat bо‗ladi, qon tomirlari bilan yaxshi ta‘minlanadi, organizmda energiya va moddalar almashinuvi kuchayadi. Muskullar egiluvchan, bir oz yopishqoq bо‗lib, tashqi muhit ta‘sirida chuziladi yoki qisqaradi. Ular qisqarganda bugimlarda harakat vujudga keladi. Muskullar bо‗g‗imdan о‗tishiga qarab, bir bо‗gimli (masalan, deltasimon muskul) va kо‗p bо‗ginli (masalan, barmoqlarni bukuvchi chuqur muskul) bо‗lishi mumkin. Muskullar bо‗gimlarlardagi harakatda ishtirok etishiga qarab, sinergist va antogonist muskullarga bо‗linadi. Sinergiyet muskullar qisqarganda umumiy harakat vujudga keladi. Masalan, yelka, bilak va yelkaning 2 boshli muskullari qisqarganda, tirsak, bо‗timida bukish harakati bо‗ladi. Antogonistik muskullar qisqarganda qarama -qarshi harakatlar vujudga keladi. Masalan, yelka, yelka-bilak va yelkaning 2 boshli muskullariga yelkaning 3 boshli muskuli antogonistdir. U qisqarsa,
13
Function‖ ThiemeStuttgart · New Yorkhttp: //www.bestmedbook.com/2004 141-bet bet mazmun va moxiyatidan foydalanildi
tirsak bо‗gimida yozish harakati bо‗ladi. Muskullarning rivojlanishi. Muskullar hayvonot olamining tarraqqiyoti protsessida differensiyalashib borib, sut emizuvchi hayvonlarda ancha rivojlangan. Odam embrionida muskullar mezodermaning orqa-chetki qismidagi somitlardan hosil bо‗ladi. Muskullar' embrionning mezodermasidan hosil bо‗ladi: bunda avval hayot uchun eng zarur muskullar: til, lab, diafragma, qovurg‗alararo sо‗ngra qо‗l, gavda va oyoq muskullari rivojlanadi. Bola tugilganda barcha muskullari bо‗lib, ular mayda va rivojlanmagan bо‗ladi. Muskullar bolaning hayoti mobaynida rivojlana-borib, odamning 25 yoshida tо‗liq shakllanadi. Muskullarning rivojlanishi skeletining taraqqiy etishiga va bola qaddi-qomatining shakllanishiga sababchi bо‗ladi. Yangi tug‗ilgan bola muskullarining vazni tana vaznining 23,3 foizni, 8 yoshda - 27,2 foizni, 12 yoshda - 29,4 foizni, 15 yoshda - 32,6 foizni, 18 yoshda 44,2 foizni tashkil ztadi. 1 yoshda yelka kamari, qul muskullari yaxshi rivojlangan bо‗ladi. Bola yura boshlashi bilan orqadagi uzun muskullar, dumba muskullari tez о‗sa boshlaydi. 6-7 yoshdan boshlab qо‗l panja muskullari tez rivojlanib boradi. Bolalarda bukuvchi muskullarning tarangligi yuqoriroq bо‗lib, bular yozuvchi muskullarga nisbatan tez rivojlanadi. 12-16 yoshda yurish-turish uchun zarur muskullar rivojlanadi. Yosh ortib borishi bilan muskullarning ximiyaviy tarkibi, tuzilishi ham о‗zgara boradi. Bolalar muskulida suv kо‗p bо‗ladi. Muskullarning rivojlanishi bilan ulardagi qon tomirlari va nerv tolalari soni ortib boradi. Umuman, katta odamlarda 50 yoshdan boshlab muskullar sust rivojlanadi. Keksayganda ularning vazni 15-20 foiz kamayadi. Muskullar ipsh va kuchi. -Statik ishda organizmdagi bir gruppa muskullar uzoq muddat qisqarib turib ma‘lum pozani hosil qiladi. Statik holatga tik turish, boshni vertikal holatda kо‗tarib ushlab turish va boshqalar misol bо‗ladi. Muskulning ishi va kuchi uning uzunligiga bogliq bо‗ladi. Muskulning kuchi shu muskul barcha muskul tolalarini yigindisi kо‗ndalang kesigi diametriga tо‗tri proporsional. Boshqacha aytganda muskulni kо‗ndalang kesigini diametri qancha katta bо‗lsa muskul shuncha kuchli bо‗ladi. Muskulning ishi yuk ogirligi normal bо‗lganda eng yuqori bо‗ladi. Muskulning ishi yuk ogirligi normal bо‗lganda eng yuqori bо‗ladi, yuk ogirligi normadan ortiq bо‗lsa ham ; muskulning ish qobiliyati pasayib ketadi. Jismoniy mehnat va sport bilan shutullanganda muskul tolalarining yо‗tonligi va kuchi orta boradi; 8-9 yoshda muskul kuchining ortishi ancha tez bо‗ladi. 9 yoshdan 12 yoshgacha muskulni kuchini ortish intensivligi birmuncha sekinlashadi. Usmirlarda balog‗atga yetish davrida muskullarni kuchi , tez ortadi. Organizmdagi turli muskullarni kuchi tez ortadi. , Organizmdagi turli muskullarining kuchi turlicha rivojlanadi, 5-6 yoshda yelka va bilak muskullari, 6-7 yoshlarda panja muskullari 9 yoshdan boshlab boshqa muskullarni kuchi orta boradi. 7-9 yoshdan 10-12 yoshgacha tizzaning bukuvchs 4 boshli muskulning kuchi о‗rtacha 3,6 kg. 10-12 yoshdan boshlab 13-15 yoshgacha esa 4,8 kg teng. Bolaning 8-17 yoshlarida yozuvchi muskullarni kuchi bukuvchilarga, nisbatan ortiq . bо‗ladi. 8-10 yoshdan boshlab о‗ng qо‗lni kuchi ortiq bо‗ladi, bunga sabab о‗ng qо‗lni kо‗p qon bilan ta‘minlanishidir. 8-10 yoshda о‗gil bolalarda о‗ng qо‗lni kuchi qiz bolalarni shu qо‗liga nisbatan 1-3 kg 13 yoshda 9 kg/ 16 yoshda ~ 15 kg, 19 yoshda - 17,5 kg, 22 yoshda - 18 kg ortiq bо‗ladi. Muskullar kuchining ortib borishi mashq qilishga, bolaning jinsiga bogliq. qiz bolalarda muskullarning kuchi о‗til bolalarga qaraganda birmuncha kam bо‗lishi aniqlangan. Mashq qilish ta‘sirida muskullarni massasi orta boradi, moddalar almashinuvi kuchayadi, ayrim organlarni (yurak, о‗pka, ovqat hazm qilish va boshqalar) faoliyati ortadi, natijada umumiy organizmni о‗sishi va rivojlanishi yaxshilanadi. Muskullardagi tezlik, chakdonlik va chidamlilik hususiyatlarining yoshga qarab о‗zgarib borishi. Harakatlarni tezligida oddiy harakatlardagi muskullarni qisqarishidagi patent, ya‘ni yashirin davri katta ahamiyatga ega. 7-8 yoshli bolalarda oddiy harakat refleksini patent davri 11-12 yoshli bolalarni harakat reflekslarini latent yoki yashirin davriga qaraganda 1,5 marta ortiq. 13-14 yoshda harakat reflekslarini yashirin davri katta odamning harakat refleksini yashirin davriga teng bо‗ladi. Latent davrining davomiyligi harakat markazlarini labilligiga markaziy nerv sistemasidagi sinapslar orqali ;о‗zg‗alish impulsining о‗tishiga va skelet muskullarini qisqarish tezligiga bog‗lik bо‗ladi. Muskullarning dinamik ishi bilan statik holatini almashinishidan sо‗ng muskullarni qisqarishidagi patent davr uzayadi, bu holat ayniqsa 7-8 yoshdagi bolalarda aniqroq kuzatiladi. Bolalarda harakatlarni tezligi va chastotasi yosh sayin ortib boradi. Ayniqsa 10-13 va 14-15 yoshda yuqori darajaga yetadi. Bolalarda qо‗l panjasining muskullari oyoq muskullariga qaraganda vaqtli rivojlanadi. Bolaning 8 yoshida qul panjasining muskullari maksimal tez harakatlarni bajara boshlaydi. Bо‗g‗imlarda muskul harakatlarini tezligi 12-13 yoshdan ortadi. Muskul harakatlarining tezligini ortib borishi nerv sistemasining labilligiga, qо‗zgalish va tormozlanish protsesslarini almashinib turishini о‗zaro bog‗liqligiga va nerv protsesslarining harakatchanligiga bog‗liq bо‗ladi. Uzun parallel muskul tolalariga ega bо‗lgan muskullar patsimon va yelpig‗ichsimon muskullarga nisbatan nozik koordinatsiyalashgan harakatlarni amalga oshiradi va tezroq qisqaradi. 7-8 yoshli bolalarda muskullarni qisqa muddatda aniq nozik harakatlarini bajarish qobiliyatiga ega bо‗lgan chaqqonlik bо‗lmaydi. Bunday chaqqonlik bolaning hayetida asta hosil bо‗ladi va yosh ortishi sayin asta ortib boradi. Aniq, nozik koordinatsiyalashgan harakatlarni bajarilishi kо‗nikmalarini hosil qilinishiga bogliq. Jismoniy mashqlar harakat tezligi va chaqqonlikni orttiruvchi omillardan biri hisoblanadi. Jismoniy mashq bilan shugullangan odamlarda deyarli barcha gruppa muskullarining harakat tezligi yuqori darajada bо‗ladi. Odamning 20-30 yoshlarida muskullar qisqarishining patent davri eng qisqa vaqtga ega bо‗ladi. Odamning 30 yeshidan sо‗ng muskul qisqarishini yashirin davri uzayadi va tabiiy ravishda harakat tezligi kamayadi. Chapaqay bolalarda chap tomondagi gruppa muskullarini maksimal chastotasi о‗ng tomondagi shunday gruppa muskullarga qaraganda yuqori. Bolaning 7 yoshidan 16 yoshigacha harakat tempi 1,5 martaga ortadi. Biroq bu ortish bolaning turli yoshida turli tezlikda bо‗ladi. Bolalarda chaqqonlikni rivojlanishi 3 ta pog‗onasini kuzatiladi. Chaqqonlik birinchi darajasi (nogonasi) harakatlarni fazoda aniq bо‗lishi bilan harakatlanadi, ikkinchisi turli vaqt muddatlardagi bajarilgan harakatlarni aniqligi bilan va uchinchisi-harakat davomida kutilmagan harakatdarga javobni tezligi bilan harakatlanadi (V.S. Farfel, 1960). Qо‗llarni harakatdagi aniqlik va chaqqonlik qо‗llarni kichik burchak hosil qilib harakatlanishi yosh sayin ortib boradi. Chidamlilik ma‘lum gruppa muskullarni ish qobiliyatini uzoqroq saqlanib turish xususiyati bilan harakatlanadi. Boshqacha qilib aytganda charchashga qarshilik kо‗rsatish xususiyatidan iborat. Dinamik harakatlarda ishda chidamlilik ichki organlarni ayniqsa yurak qon tomirlar va nafas olish sistemalarini xususiyatiga bog‗liq bо‗ladi. Organizmning chidamliligi bajariladigan ishning xarakteri va intensivligiga qarab о‗zgarib turadi. Ishning intensivligi qancha yuqori bо‗lsa, chidamlilik shuncha kam bо‗ladi. Ish intensivligi ikki marta ortishi bilan chidamlilik 100 marta kamayishi mumkin. Statik holatni saqlanib turuvchi bо‗yin va gavdaning yozuvchi muskullari о‗irganda va tik turganda statik holatga nisbatan kо‗proq chidamlilikka ega bо‗ladilar. Statik holatdagi chidamlilik ichki organlarning ish qobiliyatiga emas, balki harakat nerv markazining funksional holatiga bog‗liq bо‗ladi. Yosh sayin dinamik ishdagi chidamlilik ortib boradi, lekin ortib borishi bir tekisda bо‗lmaydi. 8-10 yoshli qiz va о‗g‗il bolalardagi chidamlilik bir xil. Chidamlilik 12-15 yoshda ayniqsa о‗g‗il bolalarda ancha ortadi. Dinamik ishga chidamlilikni eng yuqori bо‗lishi 25-30 yoshda bо‗ladi.
Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling