O‟rganish usullari reja: Anatomiyani tekshirish usullari
Download 1.25 Mb. Pdf ko'rish
|
bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi asoslari fanini organish usullari
Nozik muskul (m. gracilis) 2 bо‗g‗imli bо‗lib, qovuqning pastki tarmog‗idan boshlanib,
katta boldir suyagining g‗adir-budurligiga birikadi. Tos-son bо‗g‗imini yaqinlashtirishda va tizza bо‗g‗imini bukishda ishtirok etadi. SONNING ORQA TOMONIDAGI MUSKULLAR Sonning ikki boshli muskuli (m. biceps femoris) chetki tomonda joylashgan. Uzun boshi о‗tirg‗ich dо‗ngchasidan, kalta boshi son suyagining g‗adir-budurligidan boshlanib, ikkala boshi birlashib, pastda kichik boldir suyagining boshidagi chо‗qqiga birikadi. Bu muskul qisqarganda, tos-son bо‗g‗imini yozishda, tizza bо‗g‗imini bukishda ishtirok etadi. Yarim pay muskul (m. semitendinosus) о‗tirg‗ich dо‗ngchasidan va son suyagidan boshlanib, uzun payi bilan katta boldir suyagining medial tomoniga birikadi. Yarim parda muskul (m. semimembranosus) keng payi bilan о‗tirg‗ich dо‗ngchasidan, son suyagining opqa tomonidan boshlanib, katta boldir suyagining orqa tomoniga va tizza bо‗g‗imi xaltachasiga birikadi. Bu muskul qisqarganda, tos-son bо‗g‗imini yozishda, tizza bо‗g‗imini bukishda ishtirok etadi. Sonning ikki boshli muskuli tizza bukilgan holatda oyoqni tashqi tomonga, yarim pay va yarim parda muskullar ichki tomonga buradi. BOLDIR MUSKULLARI Boldir muskullari joylashishiga qarab 3 ga: oldingi, orqa va chetki muskullarga bо‗linadi. Boldirning oldingi tomonida yozuvchi, orqa tomonida bukuvchi muskullar joylashgan. BOLDIRNING OLDINGI MUSKULLARI
suyaklararo parda va boldir fassiyasidan boshlanib, oyoq panjasining I kaft suyagi asosiga va ponasimon suyakka birikadi. Bu muskul qisqarganda oyoq, panjasini yozadi va bir oz supinirlaydi, ya‘ni tashqi tomonga qarab buradi. Barmoqlarni yozuvchi uzun muskul (m. extensor digitorum longus) katta boldirning chet- ki dо‗ngchasidan, suyaklararo parda va kichik boldir suyagidan boshlanib, pastda 4 ta payga bо‗linadi va II—V barmoqlarga birikadi. Qisqarganda shu barmoqlarni va oyoq panjasini yozadi.
suyagidan, suyaklararo pardadan boshlanib, bosh barmoqning oxirgi falangasiga birikadi, u qisqarganda bosh barmoqni va oyoq panjasini supinirlaydi. BOLDIRNING ORQA MUSKULLARI Orqada boldirning uch boshli muskuli yaxshi rivojlangan. Chunki u dumbaning katta va sonning tо‗rt boshli muskullari bilan birgalikda gavdani tik tutishda ahamiyatga ega. Boldirning uch boshli muskuli (m. triceps surae). Bu muskulning ikki qorinli boshi (gastrocneraius) sonning 2 ta tо‗pig‗idan boshlanib, kuchli qorinchalar hosil qiladi. Uning tagida kambalasimon yassi boshi (soleus) joylashgan. Bu ikki boshi boldir suyagining orqa tomonidan boshlanib, uchala boshi pastda baquvvat tovon payiga aylanadi. Bu pay tovon suyagining tovon о‗simtasiga birikadi. Muskul qisqarganda tizza va oyoq-panja bо‗g‗imini bukadi.
Katta boldirning orqa muskuli (m. tibialis posterior) suyaklararo pardadan va ikkita bol- dir suyagining orqasidan boshlanib, oyoq panjasi tagidan о‗tib, qayiqsimon suyakka, uchta ponasimon suyakka, II-IV kaft suyaklari asosiga birikadi. U qisqarganda oyoq panjasini bukadi.
boshlanib, oyoq panjasi tagidan о‗tadi va bosh barmoqning tirnoq falangasiga birikadi. U qisqarganda bosh barmoqni va oyoq panjasini bukadi va supinatsiyalaydi.
orqa tomonidan boshlanib, pastda tо‗rtta payga bо‗linadi va II-IV barmoqlarning oxirgi falangasiga birikadi. U qisqarganda barmoqlarni va oyoq panjasini bukadi. Boldirning lateral (chet) tomonida, asosan, 2 ta muskul joylashgan. Kichik boldirning uzun muskuli (m. peroneus Longus) kichik boldir suyagining boshchasidan boshlanadi, u oyoq panjasi tagidan о‗tib, I ponasimon va I kaft suyaklari asosiga birikadi. U qisqarganda panjani bukadi, pronatsiyalaydi, ya‘ni uni ichki tomonga qarab buradi. Kichik boldirnin kalta muskuli (m. peroneus brevis) kichik boldir suyagi tanasining tashqi yuzasidan, pastki qismidan boshlanib, pastga tushib, chetga о‗tadi va V kaft suyagiga birikadi. U qisqarganda panjani bukadi, pronatsiyalaydi, ya‘ni ichki tomonga qarab buradi va tanadan uzoqlashtiradi. Oyoq panjasida barmoqlarni yozuvchi kalta muskullar bо‗lib, ular, asosan, panjalar tagida joylashgan. Panjalar ustida quyidagi 2 ta muskul joylashgan bо‗ladi.
qismining yuqorigi na tashqi yuzasidan boshlanib, tо‗rtta qorinchaga bо‗linadi va II, III, IV barmoqlar falangasiga birikadi. U qisqarganda barmoqlarni yozadi.
yozadi. Oyoq panjasi tagida juda kо‗p muskullar bо‗lib, ular uch gruppaga bо‗linadi. Bosh barmoq muskullari gruppasiga bosh barmoqni bukuvchi kalta, uzoqlashtiruvchi va yaqinlashtiruvchi muskullar kiradi. V barmoq muskullariga uzoqlashtiruvchi, qarama-qarshi qо‗yuvchi va bukuvchi muskullar kiradi. О‗rta gruppa: barmoqlarni bukuvchi kalta muskul va kaft suyaklari orasidagi muskullar kiradi. Bu muskullar oyoqning Yerga tayanishida va barmoqlar harakatida ishtirok etadi.
Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling