O‟rganish usullari reja: Anatomiyani tekshirish usullari
Download 1.25 Mb. Pdf ko'rish
|
bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi asoslari fanini organish usullari
BО„YIN MUSKULLARI Bо‗yin muskullari bо‗yinning oldingi va yon tomonda bо‗lib, kalla bilan gavda о‗rtasida joylashgan. Bо‗yinning orqa tomonida - ensa qismida joylashgan muskullar orqa muskullariga mansub, shuning uchun ular orqa muskullari bilan birga о‗rganiladi. Bо‗yin muskullari uzun bо‗lib, orqadagi muskullar bilan chaynash muskullarining antagonisti hisoblanadi. Bо‗yin mus- kullari yuza, bо‗yinning oldingi tomonida joylashgan, yon tomonida joylashgan va chuqur muskullarga bо‗linadi. Bо‗yinning yuza muskullariga teri osti va tо‗sh-о‗mrov sо‗rg‗ichsimon muskullar kiradi Teri osti muskuli (m. platysma) teri ostida yupqa bо‗lib joylashgan. Odamda bu muskul rudiment holda bо‗ladi. Bu muskul kо‗krak fassiyasidan, deltasimon muskuldan boshlanib, xususiy chaynash muskulining fassiyasiga va pastki jag‗ga birikadi.
kuchli muskul bо‗lib, teri ostida sezilib turadi. Bu muskul tо‗sh suyagining dastasidan, о‗mrov suyagining tо‗sh tomondagi uchidan 2 boshi bilan boshlanib, chakka suyagining sо‗rg‗ichsimon о‗simtasiga birikadi. Bir tomonlama qisqarganda kallani qiyshaytirib, bir tomonga bukadi, ikki tomonlama qisqarganda kallani orqaga tortadi.
ustida joylashgan muskullar va til osti suyagi tagida joylashgan muskullarga bо‗linadi. Bu muskullar boshlanish va birikish joyiga qarab nomlanadi. Til osti suyagi ustidagi muskullarga: 2 qorinli muskul, til osti pastki jag‗ muskuli, til osti bigizsimon о‗simtasi orasidagi muskul va til osti engak muskullari kiradi. Til osti suyagi tagidagi muskullarga: tо‗sh-til osti muskuli, kurak-til osti muskuli, tо‗sh-qalqonsimon muskuli va qalqonsimon til osti muskullari kiradi. Til osti suyagi ustida va tagida joylashgan muskullar qisqarganda, hiqildoq harakatlanadi, yutish, sо‗rish va nutq sо‗zlash funksiyalari bajariladi. Bо‗yinning yon tomonida narvonsimon muskul joylashgan. Bu muskul bо‗yin umurtqalarining yon о‗simtalaridan ketma-ket bо‗lib boshlanib, birinchi va ikkinchi qovurg‗aga birikadi, qisqarsa bо‗yinni bukadi va nafas olishda qatnashadi. Bu muskulning oldingi, о‗rta, keyingi tо‗dalari ajratiladi. Bо‗yinning chuqur muskullari bо‗yin umurtqalari tanasiga yopishgan bо‗lib, kalla asosiga birikadi. Bularga boshning, bо‗yinning uzun muskullari va boshning oldingi, chetki tо‗g‗ri muskullari kiradi. BOSH MUSKULLARI Bosh muskullari joylashishiga qarab ikkiga: miya qutisining muskullari va yuz muskullariga bо‗linadi. Miya qutisining muskullariga: peshana, ensa, quloq, muskullari kiradi, ular odamda rudiment holda bо‗ladi. Miya qutisi pishiq fibroz tо‗qimadan tuzilgan aponevroz pay bilan qoplangan. Yuz muskullari funksiyasiga qarab ikkiga: chaynash muskullari bilan mimika muskullariga bо‗linadi. Chaynash muskullari
joylashgan. U chakka chuqurligidan boshlanib, yonoq yoyi tagidan о‗tadi va pastki jag‗ning о‗tkir о‗simtasiga birikadi.
boshlanadi va pastki jag‗ suyagining burchagiga tashqi tomondan birikadi. Tashqi qanotsimon musk u l (m. pterygoideus lateralis) asosiy suyakning qanotsimon tanglay о‗simtasidan boshlanib, pastki jag‗ning bо‗g‗im о‗simtasiga birikadi. Bu muskullar qisqarganda, pastki jag‗ni bir oz oldinga chiqarib, yuqoriga kо‗taradi.
о‗simtasidan boshlanib, pastki jag‗ suyagining burchagiga ichki tomondan birikadi. U qisqarganda pastki jag‗ni bir oz orqaga tortib, yuqoriga kо‗taradi. Bu muskullar bir tomonlama qisqarsa, pastki jag‗ni bir tomonga qiyshaytiradi. Mimika muskullari Mimika muskullari odamda yaxshi rivojlangan bо‗lib, suyakdan boshlanib teriga birikadi. Ular qisqarganda terini bir tomonga tortib, kishini turli ruhiy holatlarda aks ettiradi. Mimika muskullari asosan yuzda joylashadi. Ular og‗iz, kо‗z teshiklari atrofini о‗rab oladi. Bu muskullar sо‗zlash, chaynash, nafas olishda ham ishtirok etadi. Mimika muskullariga: peshana, qoshni chimiruvchi, mag‗rurlik, kо‗z atrofining halqasimon, burun, yonoq, yuqorigi labning kvadrat va it chuqurchasini tо‗ldiruvchi, og‗izning halqasimon, pastki labning kvadrat, pastki labning uchburchak, iyak, lunj, kulgi muskullari va boshqalar kiradi. Kо‘zning doiraviy muskuli kо‗z kosasi va qovoqlar atrofida joylashadi. Ular qisqarganda yuqorigi qovoq pastga tushadi. Qoshlarni bir-biriga yaqinlashtiruvchi muskul qoshni chimiradi, ya‘ni qoshlarni bir-biriga yaqinlashtiradi. U bir uchi bilan peshana suyagining burun kismiga, ikkinchi uchi bilan qoshlar terisiga birikadi.
bekitadi va lablar bir oz oldinga chiqadi. Bu muskul odamsimon maymunlarda yaxshi rivojlangan bо‗ladi.
jag‗lardan boshlanib, og‗iz burchagiga birikadi, u qisqarganda og‗iz burchagini opqara tortadi, lunjni tishlarga yopishtiradi. Sо‗rish, chaynashga yordam beradi.
burchak boshidan iborat bо‗lib, bular pastda og‗iz burchagiga birikadi. Pastki labning kvadrat muskuli kvadrat shaklda bо‗lib, qisqarganda pastki labni pastga tushiradi. Burun muskuli burun qanotlarida joylashgai. U qisqarganda burun kataklarini toraytiradi. Pastki labning uchburchak muskuli uchburchak shaklda bо‗lib, pastki lab burchagini pastga tortadi. Kulgi muskulli og‗iz burchagi bilan quloq oldi fassiyasiga tutashgan bо‗lib, qisqarganda og‗iz burchagini chetga tortadi, Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling