Tishlar (Dentes)
Inson tishlari ikki qator bо„lib joylashgan, ustki va pastki tish yoylari ustki va
pastki jag„da mahkamlangan. Birinchi hosil bо„ladigan tishlar sut tishlari bо„lib, keyin
ular doimiy tishlar bilan almashadi. Inson tishlari turli shaklda bо„lib, turli funksiyalariga
ega. Kurak tishlar- kesuvchi tishlar, ularning yonidagi qoziq tishlar ovqatni yirtishga va
mahkamlashga yordam beradi. Ulardan keyingi premolyar va molyar tishlarning
chaynash yuzalari ovqatni maydalaydi va chaynash jarayonida asosiy ishni bajaradi.
Kurak va qoziq tishlari shunigdek oldingi (lab) tishlari, premolyar va molyar tishlari orqa
(yonoq) tishlari deyiladi. Tishlarning tuzilishi Tish toj qismi, bо„yinchasi va ildiziga
bо„linadi. Tishning milkdan chiqib turgan toj qismi emal bilan qoplangan (9.6-rasm). Tish
ildizi yuqori yoki pastki jag„ ichidagi alveolalar ichida joylashgan bо„lib, sement bilan
qoplangan. U suyak ichida desmodontium (periodontal bog„lama, periodontal membrana)
bilan bog„lanib turadi. Tishning sement va emal uchrashgan qismi tish bо„yinchasi
deyiladi. Tish ildizining ustki qismidan ildiz kanali о„tadi, u orqali nervlar va tomirlar tish
bо„shlig„iga yetadi (pulpa bо„shlig„i). Tish bо„shlig„i tarkibida tish pulpasi, ya‟ni qon
tomirlari va nervlarni о„z ichiga olgan biriktiruvchi tо„qima tuzilmasi bо„lib, ular orqali
tish oziqlanadi. Odontoblastlar, ya‟ni dentin hosil qiluvchi hujayralar ularning ochiq
chegarasida joylashgan, bu yerda pulpa va dentin tugaydi. Ular zarur bо„lganda dentin
hosil qiladi, va dentin ichidagi jarayonlarini amalga oshiradi. Bu protsesslar stomatologik
kanallarda (tish kanallari) orqali harakatlanuvchi qon tomirlari va nervlar orqali amalga
oshadi, bunday kanallar dentinning sal tо„lqinli radial chiziqlarini hosil qiladi.
Har bir tish suyaklarni eslatuvchi uchta qattiq moddadan iborat: dentin, tish emali,
va sement moddasi. Dentin tishning eng katta qismini hosil qiladi va tish bо„shlig„ini о„rab
turadi (9.6-rasm). Tishning toj qismida dentin emal bilan, ildiz qismida sement bilan
qoplangan. Dentin og„riqqa sezgir bо„ladi. Tish emali insonning organizmidagi eng qattiq
Do'stlaringiz bilan baham: |