O‟rganish usullari reja: Anatomiyani tekshirish usullari
Download 1.25 Mb. Pdf ko'rish
|
bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi asoslari fanini organish usullari
moddadir
17 Bolalarning sut tishlari doimiy tishlar bilan almashinishi Aavrida tishlarni parvarish qilishni о‗rtatish lozim. Uxlashdan avval tishlarni tish chо‗tkasi va poroshogi bilan tozalash, ovqatlangandan sо‗ng ogizni iliq suv bilan chayqash zarur. Bolalar juda sovuq yoki juda issiq ovqatlarni iste‘mol qilishi tishi oilan qattiq narsalarni maydalashi tavsiya etilmaydi. Bolaning yoshi ortishi bilan oshqozonning hajmi ortib boradi. Oshqozonning hajmi yanga tugilgan bolalarda 30-45 sm 3 , 1 yoshda 400-500 sm 3 , 2 yosh oxirida 600-700 sm 3 , 6-7 yoshda 950-1100 sm 3 , 10-12 yoshda 1500 sm 3 bо‗ladi.
17
Adolf Faller., Michael Schuenke-The Human Body - ―An Introduction to Structure and Function‖ ThiemeStuttgart · New Yorkhttp: //www.bestmedbook.com/2004 394- bet mazmun va moxiyatidan foydalanildi
Bolaning yoshi ortgan sari oshqozonning shakli ham о‗zgarib boradi, yangi tug‗ilgan bolada 2 yoshgacha oshqozonning shakli noksimon, 7 yoshda kolba shaklini oladi. Yosh bolalarda oshqozonning shilliq qavati nozik bо‗lib, juda kо‗p kapillyar qon tomirlari bilan ta‘minlangan. Oshqozon bezlaridan ishlab chiqarilgan shiraning hazm qilish kuchi va kislotalik xususiyati ancha past bо‗ladi. Bolalar oshqozon shirasining tarkibida - pepsin, ximozin, lipaza, amilza va boshqa barcha fermentlar uchraydi. Lekin bu fermentlar konsentratsiyasi juda kam bо‗ladi. Bolaning bir yoshigacha sutdagi oqsillarga ta‘sir etuvchi ximozin fermentining aktivligi yuqori bо‗ladi. Bolaning yoshi ortishi bilan lipaza fermentining aktivligi ham ortib boradi. Bolaning yoshi ortishi bilan oshqozonning harakatlari ham о‗zgaradi. Bola bir yoshgacha tо‗lguncha ichak juda tez о‗sadi. 10-15 yoshga о‗sishi yana tezlashadi. Bolalarda ichakning uzunligi tanasiga nisbatan katta ichakning uzunligi 4,5 marta, kо‗krak yoshidagi bolalarda esa 6 marta ortiqdir. Bolaning ilk yoshligida ingichka ichak devoridagi vorsinkalar, shira ajratuvchi bezlar, muskullar yaxshi rivojlanmagan bо‗ladi. Bolalarning yeshi ortishi bilan ichak shirasining miqdori va fermentlarining konsntratsiyasi ortib boradi. Bolaning yoshi ortishi bilan me‘da osti bezining ogirligi va uzunligi ortadi. 12 yoshga me‘da osti bezining uzunligi katta odamnikiga tenglashadi. Bolaning yoshi ortishi bilan me‘da osti bezi shirasining miqdori ortib, hazm qilish kuchi о‗zgarib boradi. Bolaning yoshi ortishi bilan jigarning hajmi, ogirligi, tuzilishi о‗zgarib boradi. Yangi tutilgan jigarning ogirligi 130 g, 2-3 yoshda 460 g, 5-6 yoshda 665 g, 6-7 yoshda 675 g, 8-9 yoshda 720 g, 12 yoshda 1130 g, 16 yoshda 1260 g. Yangi
tug‗ilgan bolalarda ovqat moddalari oshqozondan kattalarnikidan yaxshi suriladi. Bolaning yoshi
ortishi -bilan
sо‗rilish kamaya
boradi. Yangi
tugilgan bolalarning ichagidan tо‗liq
parchalanmagan oqsillar sо‗riladi. Bolalarda ichakdan aminokislotalar va uglevodlarning sо‗rilishi katta odamdagi sо‗rilishga nisbatan tez bо‗ladi. Bolaning yoshi ortishi bilan sо‗rilish kamayib boradi. Tashqi muhitning yuqori temperatura sharoiTida bolalarning ovqatlanish vaqti va gigiyenasiga e‘tibor berilishi kerak. • Issiq sharoitda ilk yoshdagi va bog‗cha yoshidagi bolalarda yog‗larning hazm bqiyinlashadi, chunki yuqori haroratda oshqozon, ichak va me‘da osti bezidan shira ajralishi keskin kamayib ketadi. Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling