O‟rganish usullari reja: Anatomiyani tekshirish usullari
Fiziologiyaning rivojlanish tarixi
Download 1,25 Mb. Pdf ko'rish
|
bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi asoslari fanini organish usullari
Fiziologiyaning rivojlanish tarixi.
Odamning hayot faoliyatini о‗rganish eramizdan avval yashab, ijod etgan olimlar tomonidan о‗rganilgan. Juda qadim zamondan boshlab Yunon, Xitoy, Hindiston, Misrda tibbiyot fanlariga qiziqish katta bо‗lgan, ular funksiyalar tо‗g‗risidagi ilk tushunchalarga asos solganlar. Bunday olimlardan Bukrot (Gippokrat), Arastu(Aristotel), Jolinus (Galogen), Erazistrast va boshqalarni eslatish mumkin. Buqrot (460-377 y. Eramizdan avval) kо‗xna Yunonistonda yashagan buyuk shifokor, tibbiyot, falsafa, etika va boshqa fanlarga katta xissa kо‗shgan. U inson sog‗lig‗iga tashqi muhit (havo, tuproq, suv, kuyosh)ni kuchli ta‘sir etishi tо‗g‗risida fikr yuritib, kitob yozgan. U odamlarning xulq-atvori, xis-tuyg‗usi, xatti-harakatlari turlicha bо‗lishini о‗rganib insonlar temperamenti (mijozi) haqida asar yozgan. U odamlarni tо‗rtta mijozga bо‗ladi. Buqrotni meditsinaning asoschisi deyish mumkin. Jolinus (Gagen, 134-211 yillar) chо‗chka va maymunlarda tajribalar о‗tkazib, anatomiya, fiziologiyaga katta hissa qо‗shadi. U birinchi bо‗lib odamning ruhiy
xususiyatlari bosh miya faoliyatiga bog‗liq bо‗lishini aytgan. Jolinus qonni tomirlarda tо‗xtovsiz aylanishini bilmagan. Uning kon tо‗g‗risidagi xato fikrlari 15 asr davomida hukmron bо‗lib keldi. Quldorlik va feodalizm davrida yashab ijod etgan haqikatni yoqlagan kо‗pgina olimlar quvg‗in qilindi, bularning ba‘zilari о‗ldirildi. О‗rta asrlar davomida sharq mamlakatlarida ilm va fan juda rivojlandi. Shu davrda hozirgi Markaziy Osiyo davlatlari hududida jahonga tanilgan kо‗pgina olimlar yashab va ijod etadi. Abu Nosir Muhammad Al-Farobiy 873 yilda Sirdaryo bо‗yicha joylashgan Farob qishlog‗ida tug‗ildi. Al-Farobiy о‗zining 160 dan ortiq asarlari bilan falsafa, tibbiyot, musiqa nazariyasi, tibbiyotga kо‗p yangiliklar kiritdi. Al-Farobiy tibbiyotga juda qiziqqan anatomiya va fiziologiyadan chuqur bilimga ega bо‗lgan. U nervlarni sezuvchi va harakatlantiruvchi nervlarga bо‗lgan, yurak faoliyatini nervlar boshqaradi deb taxmin qilgan. Ismoil Djurjoniy (1080-1141) moxir vrach, yirik olim sifatida taniladi. U shox saroyida vrach bо‗lib xizmat qiladi. Uning «Xorazmshox mо‗jizalari», «Kasallikni aniqlash usullari», «Tibbiyot asoslari» kabi. kitoblari ma‘lum va mashxur bо‗lgan. Ismoil Djurjoniy «Horazmshox mо‗jizalari» nomli asarida tibbiyotning nazariy va amaliy masalalarini yoritadi. Kitobda anatomiya va fiziologiyaga oid ma‘lumotlar ham keltirilgan. U odam sog‗ligini saqlashi uchun zararli ta‘sir etuvchi barcha narsalarni yо‗kotish lozim deb yozadi. U shuningdek mijozlar haqida bayon etib, mijoz nasldan-naslga о‗tadi deydi. Bu kitobda olim gigiyena masalalariga ham tо‗xtab, suv, havo, kiyim, uy-joy, xotirjamlik xolati, uyg‗oqlik, tush kо‗rish; masalalarni tibbiyot nuqtai nazaridan bayon etadi. Umar Chakmoniy 1221 yilda Buxoroda tug‗iladi. U astronomiya, matematika, fizika, falsafa, tibbiyot fanlarni о‗rganadi. U «Qonuncha» nomli asarini tibbiyotga bag‗ishlaydi. Bu kitobda medysinaning nazariy va amaliy masalalari yoritiladi. Kitobda tabiat xodisalari va ularni odam organizmiga ta‘siri, odam anatomiyasi, g .,,liqni saqlash choralari chuyukliklarni ichish va • ularniodam organizmiga ta‘siri va b. bayon etiladi. Abu Bakr ar-Razoiy (865-925) yashagan yirik olimlardan hisoblanadi. Ar-Roziy dastlab zargarlik ishlari bilan shug‗ullanadi, sо‗ng ximiya, tibbiyotii о‗rganadi. U «Organlar funksiyalari» nomli kitobida odam tanasidagi barcha organlarni funksiyalarini bayon etadi. Uning fikricha odamning kasallanishiga asosiy sabab havo, muhit, turmush sharoit, yil fasllarini о‗zgarishi sabab bо‗ladi. U «Nima uchun kuzda kasalliklar kо‗payadi» nomlm kitob yozadi. Ar- Roziy birinchi bо‗lib bemorga diagnoz (tashxis) kо‗yishni taklif etadi. Uning kо‗rish haqida «nurlarni kо‗zdan о‗tishi haqida» nomli asari muhim ahamiyatga ega. Ar-roziy «Odam organizmini tuzilishi» nomli kitob yozadi. Uning shuningdek, «Yurak haqida», «Jigar haqida», «Organlar funksiyalari haqida», «Yurakning ichki a‘zolar bilan bog‗lanishi» kabi asarlari ma‘lum. Abu Ali Ibn Sino taxminan 980 yili Buxoro yaqinidagi Afshoka qishlogida tug‗ildi. U 17- 18 yoshidayok tanikli shifokor bо‗lib yetishib, Xorazmshox saroyida 10 yilcha xizmat kiladi. Ibn Sino umrining ikkinchi yarmini Eronda Hamadon hokimining hokimi va vaziri sifatida о‗tkazdi. Hamadonda 1037 yilda vafot etdi. Ibn sino tibbiyot fanining buyuk namoyondasi sifatida butun jahonga taniladi. Uning Besh jildlik «Tib qonunlari» asari XII asrda arab tilidan lotinchaga ag‗darilib, qо‗lyozma shaklida Ovrо‗po mamlakatlariga tarqaladi. Bu asarda odam organizmning faoliyati, fiziologiyasiga, yosh fiziologiyasiga, jismoniy tarbiya, giiyenaga oid ma‘lumotlar bor. U tashki muhit odam organizmiga kuchli ta‘sir kо‗rsatishini bayon etadi. Ibn Sinoning bolani tarbiyalash va о‗stirish tо‗g‗risidagi fikrlari diqqatga sazovor. Ibn Sino bosh miya va ichki a‘zolar faoliyati haqida tо‗g‗ri tasavvurga ega bо‗lgan. U nafas olish va chiqarishda о‗pka passiv ishtirok etishini aytib nafas olganda о‗pkaning kengayishi kо‗krak qafasining kengayishiga bog‗liq degan fikrni aytadi. Abu Ali Ibn Sino odamlarni issiq, sovuq va issiq sovuq mijozlarga bо‗ladi. Issiq mijoz odamlar bir xil kasalliklar bilan, sovuq mijoz odamlar boshka kasalliklar bilan og‗riydi deb fikrlagan. Issiq mijoz odamlar issiq narsalar ta‘sir etib uni kasallantiradi. Sovuq mijoz odamlar sovutuvchi moddalar sovuq mijoz odamlarni kasallantiradi. Ikki holatda xam mutanosiblik buziladi. Shunga asoslanib qadimda odamlarni mijozga qarab davolaganlar. Fiziologiya fani eksperimental tadqiqot usulini tatbiq etadigan ingliz vrachi, anatomi va fiziologi Vilyam Garvey ishlaridan boshlanadi. Vilyam Garvey «Hayvonlarda yurak va kon harakatini anatomik tekshirish» nomi bilan 1628 yili nashr qilingan mashhur kuzatishlar va tajribalarga asoslanib, qon aylanishning katta va kichik doiralari haqida, yurakning organizmda qonni harakatga keltiruvchi organ ekanligi haqida tо‗gri tasavvur berdi. Bu kashfiyot fiziologiyaning kuchli rivojlanishiga turtki bо‗ldi. XVII asrning birinchi yarmida fransuz filosofi R.Dekart refleksni kashf etdi. Lekin «refleks» iborasini о‗ziga kelsak uni XVIII asr oxirida chex olimi GLroxaski joriy qilgan. XUS-XUSH asrlarda S.Gels qon bosimini о‗lchadi. X.R.Sheyner kо‗zga optika nuqtai nazardan qaradi, kо‗zdagi muhitlarning nur singdirish kobiliyatini о‗rgandi va kо‗z sezgilarini hosil bо‗lishida kо‗z qavati rolini . anikladi. A.Galler qо‗zg‗aluvchanlik va sezuvchanlik xodisalarini birinchi . bо‗lib о‗rgandi. XIX asrda fiziologiya mustaqil fan sifatida tez rivojlana boshladi. Fiziologlar organizm tinch turganda yoki biror ish bajarayotganda bо‗shab chiqadigan energiya miqdorini hisobga olish usullarini yaratadilar. Elektr bilan ta‘sirlash hamda organlar funksiyasini kimograf, miograf, sfigmomanometr asboblari yordamida yozib olish metodikasi yaratildi. Buning natijasida anchagina yutuklarga erishildi. XIX
asrda asosan
I.M.Sechenov, I.P.Pavlov, S.P.Botkin, A.A.Ostroumov, V.M.Bexterevlar kabi rus olimlari, fiziologlari va klinitsistlari ishlab chiqqan progressiv, materialistik ta‘limot yaratildi. Aka-uka E.Veberlar sayyor (adashgan) nervning yurakka tormozlovchi ta‘sir
etishini I.F.Sion simpatik nervning yurak qisqarishlarini tezlashtiruvchi ta‘sirini kashf etdi. I.M.Sechenov 1862 yili markaziy nerv sistemasidagi tormozlanish protsessini ochgan. 1863 yili «bosh miya reflekslari» asarini nashr qilgan. I.P.Pavlo dastlab yurak va qon aylanish fiziologiyasi bilan shug‗ullandi. I.Pavlov hazm tizimi a‘zolari faoliyatini о‗rganishga bag‗ishlangan ishlarga yakun yasab «leksii o rabote glavnmx pishevaritelnmx jelez» degan kitobini chop etdi. I.P.Pavlo reflekslar nazariyani rivojlanirdi. U va uning hamkorlari bosh miya katta yarim sharlari pо‗stlog‗ida sodir bо‗ladigan asosiy jarayonlarni о‗rgandi. 1904 yilda I.P.Pavlov hzam tizimi fiziologiyasiga oid ishlari uchun Nobel Mukofotiga sazovor bо‗ldi. I.P. Pavlov shartli reflekslarni kashf etdi, oliy nerv faoliyati tiplarini yaratdi, ikkinchi signallar tizimini о‗rgandi. I.P.Pavlov hayoti mobaynida 200 ortiq shogirdlar yetkazdi. Bular jumlasidan V.P.Babkin, L.A.Orbeli, K.M.Bikov, I.P.Razenkov, P.K.Anoxin kabi jahonga tanilgan fiziologik olimlarni eslatish mumkin. XX asrda fiziologiya fani AQSH, Yaponiya, Xitoy, Hindiston, Avstraliyada xolis keng rivojlana boshladi. Bu davrda elektrofiziologiya sohasida ulkan yutuqlarga erishildi. Sezgir galvonometr kashf etilib
yurakning elektr potensiallarichi qayd etiladi. I.P.Pavlovning ichki a‘zolarni faoliyatini о‗rganish sohasidagi) ishlarini S.London, I.N.Razenkov, G.K.Shligin va boshqalar davom etdirib hazm tizimining harakatlanishi, shira ajratish va sо‗rish faoliyatilarini о‗rganib kо‗pgina yangiliklar kashf etdilar. A.M.Ugolev oziq moddalar parchalanashini yangi mexanizmini membran hazmini topdi, ichak gormonlarining va gipotolamik markazlarning ochlik va tо‗qlikni boshqarishdagi ahamiyatini kо‗rsatib berdi. Boshka ichki a‘zolar faoliyatini boshqarish mexanizmlarini о‗rganishda ham katta yutuqlarga erishildi. Fiziologiyaning о‗zi kо‗p tarmokli fanga aylandi. Jumladan kiyosiy, evolyusion, kishlok xо‗jalik xayvonlari, sport, kosmik va о‗simliklar fiziologiyasi paydo bо‗ldi.
Yosh fiziologiyasi umumiy fiziologiya bilan boglik xolda rivojlanmay, biroq keyinrok rivojlana boshladi. Yosh fiziologiyani mustakil fan sifatida tarkib topishida A.A.Leonova, A.R.Luriya, N.D.Levitova, B.G.Ananyev, A.A.Morkosyan, S.N.Speranskiy, YE.I.Ignatyev, Z.I.Kolerova, A.A.Arshavskiy, A.S.Xripkovalarning xizmatlari katta. 1962 yilda A.Neysergning «Bola bosh miyasi faoliyatining xususiyatlari», shu yili F.Yanda, V.Kapalin, I.Kukarinlarning «Bolalar va о‗smirlar gigiyenpsi» nomli kitoblari bosilib chikdi. 1968 yili Z.I.Kolarovaning «Bola oliy nerv faoliyatining fiziologiyasi», 1969 yili A.Morkosyaning taxriri ostida «Bolalar va о‗smirlarning morfologik va fiziologik xususiyatlari» nomli kitoblari chop etildi. 1921 yilda Toshkentda Turkiston dorilfununi tashkil topishi О‗zbekistonda fiziologiyaning rivojlanishiga asos bо‗ldi. Fiziologiyaga oid dastlabki ilmiy tadqiqot izlanishlarga Turkiston dorilfununning xayvonlar fiziologiyasi kafedra mudiri prof. E.F.Polyakov va shu dorilfunun tibbiyot kulliyoti qoshidagi normal fiziologiya kafedrasi mudiri prof. I.P.Mixaylovskiylar rahbarlik kilishdi. Hayvonlar fiziologiyasi ilmiy xodimlar asosan qishloq xо‗jalik xayvonlari fiziologiyasi bilan shugullangan bо‗lsa, normal fiziologiya kafedra ilmiy xodimlari qon kо‗yish, organizmni tiriltirish, yurak faoliyatiga moddalar ta‘siri kabi muammolar bilan ilmiy tadqiqot ishlarni olib bordilar. Keyinchalik Turkiston (О‗rta Osiyo) dorilfununining fiziologiya kafedrasiga A.I.Izrail va prof. A.S.Shitalinalar rahbarlik qildilar. Toshkent tibbiyot institut normal fiziologiya kafedrasiga uzok vaqt prof. N.V.Danilov rahbarlik qildi. Ularning rahbarligida bir qancha mahalliy xalk vakillari nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarini yoklashdi. Uzbekiston fanlar akademiyasi akademigi A.Y.Yunusov, jumhuriyatda xizmat kо‗rsatgan fan arboblari, prof. A.S.Sodiqov va prof. A.X.Xoshimovlar shular jumlasidandir. Uzbekistonda 50-60 yillarda yukori haroratning me‘da-ichak faoliyatiga ta‘siri chukur о‗rganildi. A.Y.Yunusov, A.S.Sodikov, G.F.Korotko, Y.A.1Derbakov, K.R.Raximovlar о‗z ilmiy izlanishlari bilan issiq haroratda me‘daning shira ajratishi va harakatlanishiga, me‘da osti bezi va ingichka ichak sekretor faoliyatiga kuchli, ba‘zan salbiy ta‘sir etishini kо‗rsatib berdilar. Andijon tibbiyot oliygohi normal fiziologiya kafedrasi mudiri prof. G.F.Korotko shogirdlari bilan hazm fermentlarining konga о‗tishi, konda gidrolitik fermentlar faolligining turgushshgini ta‘minlovchi qonuniyatlarini kashf etdi. A.Y.Yunusovning (1910-1971) О‗zbekistonda fiziologiya fanini rivojlanishidagi roli nihoyatda katta. Uning izlanishlari serqirrali bо‗lib, issiq iklim sharoitga moslanish, bu sharoit davomida suv-tuz, energiya almashinuvidagi о‗zgarishlarni aniqlashga karatilgan edi. A.Y.Yunusov yukori haroratni organizmning qon, tuz-suv, almashinuvi, energiya almashinuvi, hazm funksiyalariga ta‘siri hakida bir necha ilmiy asarlar yaratdi. Olim fiziologiya fanini maktab va tibbiyot, pedagogika oliygohlarda о‗qitilishiga alohida e‘tibor qaratdi. Y.Yunusov pedagogika oliygoh talabalar uchun «Odam fiziologiya» darsligini yozgan birinchi muallifdir. U fiziologik «lugatini» yaratdi. A.Y.Yunusov rahbarligida juda kо‗p fiziolog olimlar yetishib chikdi. Prof. Z.T.Tursunov, prof. M.T.Mirzakarimova, : X.SH.Xayritdinov, prof. K.R.Raximov, prof. E.M.Maxmudov, prof. U.Z.Qodirov, prof. R.A.Axmedov, dots. N.K.Qodirovalar shular jumlasidandir. Prof. X.SH.Xayritdinov prof. U.Z.Qodirovlar hazm tizimi fiziologiyasi , masalalari ustida izlanishlar olib borishdi. Prof. X.SH.Xayritdinov о‗zining «Koramollarning qatqorin sekretsiyasi» deb atalgan doktorlik dissertatsiyasida kavsh qaytaruvchilar hazmidagi xususiyatlarni yoritdi, qatqorin shirasining tibbiyot va veterinariyada davolash omili sifatida ishlatilishini kо‗rsatdi. U.Z.Qodirovning ishlari hazm fiziologiyasining turli masalalariga oid. U hazm a‘zolarining о‗zaro munosabatlarini о‗rganib, о‗n ikki barmoq ichakka о‗t-safro harakat faoliyatlariga me‘da osti bezining sekretor faoliyatini keskin о‗zgarishini kо‗rsatdi. Prof. E.S. Maxmudov issiq haroratni hayvonlarning о‗sishi, rivojlanishi va kо‗paiishiga salbiy ta‘sir qilishini kо‗rsatdi.
О‗zbekistonda yozgi yukori harorat tana harorati barkarorligini ta‘minlovchi mexanizmlarda va bu mexanizmlar bilan bogliq suv-tuz almashinuvini zо‗riqishni paydo qiladi. Bu sohada prof. Z.T.Tursunov, M.G.Mirzakarimovalarning ishlari muhim ahamiyatga molik.. Prof. Z.T.Tursunov miya yarim sharlarining pо‗stlogi suv-tuz almashinuviga katta о‗rin о‗ynashini, hayvonlarni miya pо‗stlog‗ini olib tashlash yukori harorat ta‘sirida kuzatiladigan suv-tuz almashinuvidagi о‗zgarishlari kuchaytirishini kо‗rsatdi. M.G.Mirzakarimova hazm tizimi a‘zolari, suv-tuz zahirasi rolini bajarishi va yuqori harorat sharoitda organizm suv taqisliginpi yengishda shu zahiradan foydalanishi mumkinligini isbotladi. V.A.Xojimatov gipatalamo – gipofizar tizimning suv-tuz ilmonsinuvidagi ahamiyatini kо‗rsatdi. R.A.Axmedov hayvonlar va odamda yuqori haroratda tana harorati turgunligini saqlash faqat fizikaviy boshqarishga emas, issiklik hosil qilishga ham bogliqligini isbotladi. Shunday qilib, О‗zbekistonda fiziologiya fani fiziologiya instituti, pedagogika, tibbiyot oliygohlarining kafyodralarida, har tomonlama о‗rganilmoqda.
Odam tanasini о‗rganishda xо‗llaniladigan atamalar. Odam anatomiyasini о‗rganishda bir qancha tushuncha va atamalarni bilish kerak. Odam tanasining s- .~leti kо‗llar pastga tushirilgan, kaftlar oldinga qaratilgan tik holatda ta‘riflanadi. Tana organlari holatini aniqlashda quyidagi yuzalar qо‗llaniladi: Gorizontal yuza - yer yuzasiga parallel bо‗lib, tanani biri ikkinchisi ustida joylashga qismlarga bо‗ladi. Medial yuza - о‗rta yuza tanani simmetrik о‗ng va chap qismga bо‗ladi. Sagital yuza - о‗rta yuzaga parallel bо‗ladi. Frontal yuza - peshana yuzasiga parallel bо‗lib, tanani biri ikkinchisi oldida joylashgan qismlarga bо‗ladi. Bu yuzalardan tashqari, boshqa bir qancha atamalar ishlatiladi: Medial yuza - о‗rta yuza. Lateral yuza - yon о‗rta yuzadan chetroqda. Kranial - kalla suyagiga xos, boshga yaqin. Ventral - oldingi, qorin yuzasiga yaqin Dorzal - orqaga xos, orqa. Proksimal - gavdaga yakin. Distal - gavdadan uzoq va b. Asosiy atamalar Anatomiya - kesaman Fiziologiya - «fizis» tibiat, «logos» fan. Gistologiya - hujayra haqidagi ta‘limot.
Download 1,25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling