O‟rganish usullari reja: Anatomiyani tekshirish usullari


keyin inactivated bо„ladi uning о„ziga xos faoliyat tarqatilgan edi


Download 1.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/138
Sana08.01.2022
Hajmi1.25 Mb.
#236054
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   138
Bog'liq
bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi asoslari fanini organish usullari

keyin inactivated bо„ladi uning о„ziga xos faoliyat tarqatilgan edi. 

Qalqonsimonbez.  Bu  bez  hiqildoq  bilan  kekirdakning  ikki  tomonida  joylashgan.  Uning 

chap  va  о‗ng  bо‗lagi  va  shu  bо‗laklar  orasidagi  bо‗yincha  qismi  tafovut  qilinadi.  Bu  bez  qon 

tomirlarga  boy, juda kо‗p simpatik va parasimpatik nerv tolalariga ega, 7-8 yashar bolalarda bez 

og‘irligi 6,5 g, 11-15 yashar bolalarda 13,2 gkeladi. Qalqonsimon bezda tiroksin degan gormon 

ishlanib  chiqadi.  Gormon  chiqishi  bola  tutilgan  zahotiyoq  boshlanadi.  Bu  bez  organizmda  

moddalar  almashinuvi  boshqarib  boradi,  markaziy    nerv  sistemasi  qо‗zg‗oluvchanligini  

boshqarib  turadi.  Simpatik  nervsistema  qо‗zgoluvchanligini  ortiradi,  gipofiz  faoliyatiga  ta‘sir 

etadi. 

Qalqonsimon  bez  gormoni  –  tiroksin  tarkibida  65,3  foizgacha  yod  bо‗ladi.  Katta  odam 

organizmida  25  mg  yоd  bо‗ladi,  shundan  15  mg  qalqonsimon  bezda  saqlanadi.  Tiroksinning 

qonga kо‗p yoki kam tushishi nerv sistemasining normal funksiyasi bilan bog‗liq. 

                                                           

30

Adolf Faller., Michael Schuenke-The Human Body - ―An Introduction to Structure and 



Function‖ ThiemeStuttgart · New Yorkhttp: //www.bestmedbook.com/2004  7-bet bet mazmun 

va moxiyatidan foydalanildi 

 

 



Tog‘lik  tumanlarda    ichimlik  suvda  yod  yetarli  bо‗lmaganidan  oddiy  buqoq  kasalligi 

uchraydi.  Oddiy  buqoqning  kasallikdan  farqi  shundaki,  bunda  qalqonsimon  bez  sekret 

chiqaruvchi  tо‗qima  о‗sib  ketadi.      Diffuztoksik  buqoqda  bez  diffuz  kattalashadi  DifFU

kattalashgan  buqoqda  qalqonsimon  bezdan  qonga  kо‗p  tiroksin  ajratadi.      Ortiqcha  tiroksin 



ta‘sirida yurak urishi

 

tezlashadi,      puls minutiga     180-200      martagacha  yetadi.     Moddalar 



almashinuvi ancha   kuchayadi,     bemor oza boshlaydi.     Bemor isib ketaveradi,    ishtaxasi 

yaxshi bо‗ladi.    Gormon ortiqcha miqdorda , ishlanib chiqaradigan bо‗lsa, ba‘zida kasalligi avj 

oladi. Bazed yoki diffu

buqoq kasaligida bemorning tinka madori quriydi. Kо‗zlari chaqchayib 



qoladi.        Bunday  holat  tireotoksikoz  deb  ataladi.  Qalqonsimon  bezning  kam  tiroksin  ajratishi 

gipotiruoz 

deb 

ataladiki, 



 

 

 



 

kasallikning 

rivojlanishiga 

sabab 


bо‗ladi.     

Bukasallikdateriqoplamalariquruqshaydi,        bola  bо‗shang  bо‗lib,  qoladi,      ichi  qotadi,      kam 

harakatqiladi.   Qorni ochganda bezovta  bо‗lmaydi.     Nerv  sistemasi  juda  ham  susayib  ketadi,    

puls sekinlashadi. 

Qalqonsimonbez  oldidagi  bezchalar.  Bu  bezchalar  ikki  juft  bо‗lib,  har  birining  vazni 

taxminan  0,1  g.  Bu  bezchalardan  tetoniya  degan  og‘ir  kasallik  kelib  chiqadi.  Bu  kasallikda 

qonda  kalsiyning  miqdori  kamayib  ketadi.  Talvasa  tutganda  qonga    kalsiy  yuborilsa  talvasa 

tutish tо‗xtaydi. 

Me‘daostibezi.  Bu  bez  me‘da  orasida,  о‗nikkibarmoqichakyonida  joylashgan  bо‗lib, 

vazni 60-70 g. Bu bez ichki va tashqi sekretsiyaga ega. 

Me‘daostibez  tashqi  sekretsiya  organ  sifatida  hazm  yо‗liga  me‘daosti  shirasi  ajratadi. 

Bezning  Langersgans  orolchalari  deb  atalgan  qismidan  insulin  gormoni  ishlab  chiqariladi. 

Odamda  me‘daosti  bezi  kasallanib,  insulin  ishlanib  chiqishi  susayib  qolganda  qonda  qand 

miqdori kо‗payib ketadi, qandli diabet deb shunga aytiladi. Qandli diabet hamma yoshda ham 

uchrashi mumkin, biroq kо‗pincha 6-12 yoshgacha bо‗lgan bolalarda paydo bо‗ladi. Buyrakusti 

bezlari. 

Buyrakusti bezlari bir juft bо‗lib, buyraklarni ustki qismida joylashgan og‗irligi 10-14 g. 

Bu  bezki:  pо‗stloq  va  mag‗iz  qavatlardan  tuzilgan  bо‗lib,  pо‗stloq  qavati  mezodermadan, 

mag‘iz qavati ektodermadan hosil bо‗ladi. 

Yangi tug‘ilgan bolada bezning og‗irligi 6-8 g, 1-5 yoshda 5,6 g, 10 yoshda 6,5 g, 11-15 

yoshda  8,5  g,  16-20  yoshda  13,2  gbо‗ladi.  Yangi  tug‗ilgan  bolada  pо‗stloq  qavati  mag‗iz 

qavatiga nisbatan yaxshi rivojlangan bо‗ladi. 

Buyrakusti  bezining  pо‗stloq  qavati  ximiyaviy  tuzilishi  jihatdan  jinsiy  gormonlarga 

о‗xshash bо‗lib, bu bezlarda kortikosteroid gormonlari ishlab chiqariladi. Bu gormonlar 40 dan ' 

ortiqbо‗lib,  uglevodlar  mineraltuzlar,  oqsillar  almashinuvini

 

kuchaytiradi,  muskullarni  ish 



qobiliyatini oshiradi va boshqa Funksiyalarga ta‘sir etadi. 

Mag‘iz qismida adrenalin gormoni ishlabchikariladi. Bu gormon buyrak qisqarishini 

tezlashtiradi,  teri,  ichkiorganlar,  muskullarni  ta‘minlovchi  qon  tomirlarini  toraytiradi, 

ichak  harakatlarini  tormozlaydi,  modda  almashinuvini  orttiradi.  Buyrak  .ustki  bez| 

simpatik nerv tolalari bilan ta‘minlangan. 

Buyrakusti  bezlari  surunkali  yetishmovchiligining  keskin  formalarida  Addison  yoki 

bronza kasalligi rivojlanadi.    Bukasallikda teri qoplamalari bronza  tusiga kiradi. 


Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling