O‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti


Download 123.47 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/10
Sana23.04.2023
Hajmi123.47 Kb.
#1385961
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
lJInvSE0MG3EyNfxC2zhYuFKSypul1vG89Ecrd2d

Yaponiya baholash tizimi 


Birinchi sinfda baholash maxfiy bo‘ladi - barcha sharhlar, baholar va hisobot 
kartalari o‘quvchilar tomonidan yopiq konvertlarda olinadi. O‘qituvchi 
o‘quvchilarning yutuqlari va kamchiliklarini omma oldida tanqid va muhokama 
qilmaydi, albatta, jamoa ichidagi birdamlik bolalarga har bir o‘quvchining 
muvaffaqiyatini mustaqil ravishda aniqlash imkonini beradi, lekin ota-onadan 
boshqa hech kim o‘quvchining muvaffaqiyatini bilmaydi.
Ikkinchi sinfdan boshlab o‘quvchilar ichki imtihonlarni topshiradilar, ular 100 
ballik tizimda baholanadi va o‘quvchilar natijalarini qayd etadi. Boshlang‘ich ta’lim 
yakunida o‘rta maktabga o‘tish imkonini beruvchi davlat imtihonini topshiradi, bu 
ham 100 ballik tizimda baholanadi. Xususiy maktablar GPA (Grade Point Average, 
bitiruvchining o‘rtacha bali) dan foydalanishlari mumkin. Davlat o‘rta maktab 
o‘quvchilari uchun birlashtirilgan harf va ball/foizli baholash tizimi mavjud: 
-yuu(kí): A (90-100) - Zo‘r
- Yū (yū): A (80-89.99) - Juda yaxshi 
- ryou(kí): B (70-<79) - Yaxshi
- ka(kí): C (60-<69) - Sinab ko‘rish kerak
- fuka(kín): F (0-<59) - Muvaffaqiyatsiz
Imtihonning asosiy usuli - bu test - bu Yaponiya ta’lim tizimining alohida va 
o‘ziga xos jihati, chunki testlar talabalarga boshlang‘ich maktabdan to bitirishgacha 
bo‘lgan ta’lim yo‘nalishi bo‘ylab hamroh bo‘ladi. Yapon maktabi talabalarining 
o‘zlashtirishi hisobot kartasida shakllar orqali ifodalanadi. Shakllarning ma’nosi:
- Uchburchak - sinab ko‘rishingiz kerak; 
- Aylana – yaxshi;
- Aylana ichida aylana- juda yaxshi. 
Amerika Qo‘shma Shtatlari ta’lim tizimi 
Amerikada o‘rta ta’lim 12 yil bo‘lib boshlang‘ich o‘rta va quyi maktablarga 
bo‘linadi. Aksariyat qismi davlat maktablaridan iborat va ularda o‘quvchilarning 88 
foizi o‘qiydi.Ta’lim muassasalarini davlat va shahar buyudjetlari moliyalashtiradi, 
Qo‘shma shtatlarda yalpi ichki mahsulotning 7.5 foizi har yili ta’limga sarflanadi. 
12 foiz o‘quvchilar xususiy maktablarga boradi, ularning moddiy resurslari ota-
onalar, turli mablag‘lar va hayriya mablag‘lari hisobidan shakllantiriladi.
Mamalakatlarda ta’lim maskanlari raqamlarga ega emas, ammo ular hududlar 
bo‘yicha yoki mashhur kishilar nomi bilan ataladi. har bir sinf xonasi televizor va 
kompyuterga ega. Kompyuter sinflari yuqori tezlikdagi internetga ulangan. 
Amerikada nusxa ko‘chirish uskunalari juda ko‘p joylashtirilgan. Chunki o‘qituvchi 
tomonidan o‘quvchlarga deyarli barcha vazifalar bosma shaklda beriladi. 
Boshlang‘ich maktabda har yil sinf o‘qituvchisi o‘zgaradi. Boshlang‘ich sinflarda 
matematik bilimlarning hajmi Rossiya va Angliya maktablari darajasiga nisbatan 
biroz yengilroq. Ko‘paytirish jadvali 3-sinfdan boshlanadi. Amerika maktablaridagi 


o‘ziga xos usullaridan biri har bir o‘quvchining, “Hisobot kartasi” yuritilishidir. 
Unda o‘quvchi 10 xil xatti-harakati bo‘yicha baholanadi. Ota-onalar ushbu karta 
bilan tanishib borar ekan, farzandlariga oqsayotgan tomonlarini aniqlab, uni 
tuzatishga harakat qilishadi. Amerika pedagoglari haftasiga bir marta 1-3-sinf 
ovquvchilari uchun “Sevimli o‘yinchoq” metodini qo‘llashadi. Bu metodda bolalar 
o‘yinchog‘ini ta’riflaydi. Mazkur metodni qo‘llashdan maqsad bolani 
uyatchanlikdan xalos bo‘lishga, sinfdoshlari orasida erkin gapirishga o‘rgatishdir. 
Amerikada ta’limni haddan ziyod demokratlashuvi talabalar bilimining puxtaligini 
tekshirish va nazorat qilishda qiyinchiliklar tug‘diradi. Shu sababli boy moddiy baza 
va tajribaga ega bo‘lgan davlatda butunlay savodsiz bo‘lgan bolalar ham topiladi. 
AQShda ta’lim tizimining maqbul tomonlarining ijobiy qo‘llanishi muhim ahamiyat 
kasb etadi. 

Download 123.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling