O‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti


Download 123.47 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/10
Sana23.04.2023
Hajmi123.47 Kb.
#1385961
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
lJInvSE0MG3EyNfxC2zhYuFKSypul1vG89Ecrd2d

Finlandiya ta’lim tizimi
Finlandiya maktablarida ona tili sifatida fin, shved, sami, sigan tili oʻqitiladi. 
Mamlakatda ikkita davlat tili mavjud. Ona tili fin tili boʻlganlar shved tilini, ona tili 
shved tili boʻlganlar fin tilini davlat tili sifatida oʻrganadi. Ona tili sami yoki sigan 
rus tili boʻlganlar ham fin yoki shved tilini oʻrganishadi taʼlim tizimida 
oʻquvchilarning til oʻrganish qobiliyatini rivojlantirish bolalikdan boshlanadi va 
hayot mobaynida davom etadi. Bu jarayon uyda, maktabda va maktabdan tashqari 
vaqtlarda rivojlantiriladi. Maktabda til oʻqitishning asosiy prinsipi turli vaziyatlarda 
tildan foydalanishga oʻrgatish hisoblanadi Birinchi-ikkinchi sinflarda ona tili va 
adabiyotni oʻqitishda oʻquvchilarning individual qobiliyatini hisobga olgan holda 
ongli yondashish, oʻzini namoyon qilish va muloqot layoqatini, shuningdek
tinglash, gapirish, oʻqish va yozish qobiliyatini rivojlantirish alohida vazifa 
hisoblanadi Uchinchi–oltinchi sinflarda fanning oʻziga xos maqsadi oʻquvchilarni 


oʻzini namoyon qilish, oʻzaro taʼsir oʻtkazish, oʻqish va yozish qobiliyatini 
oshirishga qaratiladi. Bundan tashqari, ushbu bosqichda matn janrlari doirasi 
kengayadi. Oʻquvchilarga koʻproq turli matnlarni talqin va tahlil qilish, tuzish va 
baholash koʻnikmalari oʻrgatiladi. Bolalar tanlagan qiziqarli kitoblar va boshqa 
multimediali matnlar oʻquv jarayonida qoʻllanadi. Oʻquvchilar oʻqish orqali 
dunyoqarashini kengaytiradi Maktabdan tashqari madaniy va multimedia xilma-
xilligi orqali ona tili va adabiyotini oʻrganish imkoniyatidan keng foydalaniladi. 
Finlandiya baholash tizimi 
Finlyandiya maktab tizimida 10 ballik baholash tizimi mavjud. Boshlang‘ich 
maktabda 3-sinfgacha umuman baho berilmaydi. 3-sinfdan 7-sinfgacha 
o‘qituvchilar bolalarni og‘zaki baholaydilar - "o‘rtacha" dan "a‘lo"gacha. 8-sinfdan 
boshlab baholar 10 ballik tizimda qo‘yiladi.Ular yomon baholar uchun urishmaydi. 
Baholashning maqsadi bolani shaxsiy o‘quv dasturini ishlab chiqish va tuzatishga 
undashdir. Ikki baho o‘rniga minus, besh baho o‘rniga "plyus" ishorasi qo‘yiladi.
Agar o‘quvchi uy vazifasini bajargan bo‘lsa, u "plyus", agar bajarmagan 
bo‘lsa, "minus" oladi. Dars davomidagi ishlar ham baholanadi. Agar o‘quvchi o‘zini 
hech qanday tarzda ko‘rsatmasa, o‘qituvchi elektron kundalikka xabar yozishi va 
keyingi safar darsda ishtirok etishini taklif qilishi mumkin.Fin maktabida baholar 
natija uchun emas, balki harakat uchun beriladi. 

Download 123.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling