O‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti
Download 233.03 Kb. Pdf ko'rish
|
4PHf1VyjrKh5MnWNzPAaVa29E0q0rmtwLpEPVGpU
STEAM yondashuvi
STEAM metodikasida o‘quvchilarni ijobiy baholash yo‘lga qo‘yilgan. Chunki, ijobiy baho o‘quvchini fani o‘rganishga ilhomlantiradi, rag‘batlantiradi. O‘quvchi bilan o‘qituvchi, o‘quvchining ota-onasi bilan qayta aloqani o‘rnatish uchun eng samarali yo‘l hisoblanadi. STEAM asosida dars o‘rganish amaliy ekanligi o‘ziga xos ahamiyatga ega. Bunday ta’limda asosiy maqsad o‘rganish, tajriba va chuqur tushunchalarga ega bo‘lish hisoblanadi. Biroq, ushbu maqsadlarni aniq tarzda qo‘ya olish kerak. STEAM loyihalari va topshiriqlarini raqamlar yoki harflar bilan baholash muammoga aylanishi mumkin. Qanday qilib siz o‘quvchi tomonidan plastik butilkadan yasalgan raketa dizaynini baholaysiz? Qo‘yilgan baho ixtironi muvaffaqiyatsizlikka uchratishi mumkinligini o‘ylab ko‘rganmisiz? Yoki bolalar tomonidan yaratilgan kompьyuter kodlariga necha baho qo‘yasiz? Ehtiyotkorlik bilan rejalashtirish orqali o‘quvchilarning ish natijalarini baholash o‘zgarib turadi. Har bir loyiha va topshiriq turli xil bo‘ladi, Shuning uchun baholash mezonlari va usullari yangilanib turadi. Quyida umumiy qoidalar va tavsiyalar bilan tanishib chiqing: Standartlarni o‘rganing va uning asosida o‘qitish maqsadlarini aniqlang. Qaerda o‘qitishingizdan, qaysi tizimda ishlashingizdan qat’iy nazar birinchi qadam qaysi standart asosida qanday topshiriqlar orqali amalga oshirish va qanday natijalarga erishish mumkinligini rejalashtirishingiz kerak. Keyingi qadam o‘quvchilar uchun o‘quv maqsadalarini qo‘yishdir. Mashg‘ulot yakunida o‘quvchi qanday natijalarga erishishini inobatga olish darkor. Jarayon: g‘oya yaratish G‘oyalar o‘quvchilarga mavzularni o‘rganishni osonlashtiradi. Bunda g‘oyalardan o‘quv loyihalari ishlab chiqish o‘quvchilarning ijodkorligini, qiziqishlarini rivojlantiradi. STEAM loyihalari o‘quvchilarni hamkorlikka, yangilik yaratishga undaydi. Jarayon: test tuzish Testlar bilimlarni nazorat qilish uchun eng qulay tipik usuldir. Ochiq turdagi qisqa javobli testlar qulay bo‘lib, mavzuni o‘rganish uchun matn, amaliy tajriba asos qilib olinadi. STEAM test topshiriqlari o‘quv maqsadlari o‘quv ko‘nikmalarini o‘zlashtirganligini o‘rganish uchun mezondir. Jarayon : nazorat va minuslar Testlarga qo‘yilgan baho bilish bilishni belgilovchi ko‘rsatkich emas. STEAM tizimida ishtirok etish barcha ishtirokchilar uchun qiziqarli va bu qanday baholanishi hech qachon to‘siq bo‘lmasligi kerak. Ushbu loyihalardan kelib chiquvchi ma’lumotlar sinchkovlik bilan kitob o‘qish talabidan ancha ustun turadi. Baho o‘zi nima uchun kerak? O‘qituvchi uchun: uning metodikasi, ish faoliyati o‘quvchilar tomonidan qanday o‘zlashtirish darajasini bilish uchun. O‘quvchi uchun: o‘qish jarayonidagi intellektining rivojlanish darajasini bili uchun. O‘qituvchi o‘quvchi faoliyatini faqat, masalan, test yoki masala yechish orqali standart bitta usul orqali baholashi o‘quvchi rivojlanishiga olib kelmaydi. Shuning uchun nostandart usullar, ya’ni loyihalar, uy tajribalaridan foydalanish tavsiya etiladi. Yana bir usul bu o‘quvchilarning o‘z-o‘zini baholashi. Bunda berilgan nostandart topshiriqni o‘quvchi qanday bajarganligiga o‘zi adolatli baho qo‘yishi kerak bo‘ladi, bu uning o‘z mehnatini baholashiva o‘z ustida ishlashiga poydevor bo‘ladi. Baho ta’lim jarayonida aniqlangan bo‘shliqlarni aniqlash va ularning ustida ishlash imkonini beradi. Download 233.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling