O‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti
STEAM o‘quvchilarda quyidagi muhim xususiyatlar va ko‘nikmalarni
Download 233.03 Kb. Pdf ko'rish
|
4PHf1VyjrKh5MnWNzPAaVa29E0q0rmtwLpEPVGpU
STEAM o‘quvchilarda quyidagi muhim xususiyatlar va ko‘nikmalarni
rivojlantirishga yordam beradi Muammolarni keng qamrovli tushunish Ijodiy fikrlash Muhandislik yondashuv Tanqidiy fikrlash Ilmiy metodlarni tushunish va qo‘llash Dizayn asoslarini tushunish Amaliyot Shuni ko‘rsatadiki, o‘quvchilar kimyo fanini o‘rgana boshlaganlarida darsda o‘rgatiladigan dastlabki mavzularga qiziqish ko‘rsatadilar, o‘qituvchining savollarini muhokama qilishda faol ishtirok etishadi va kimyoviy tajribalar o‘tkazishdan mamnun bo‘lishadi. Biroq, oz fursatdan keyin kimyoga hali ham ishtiyoqli bo‘lgan 1-2 gina o‘quvchi qoladi. Kimyoga qiziqishning dastlabki pasayishi o‘quvchilar “Asosiy kimyoviy tushunchalar” mavzusini o‘rganishdan boshlanadi. Bu mavzuni o‘rganishda o‘quvchi modda formulasi, valentlik tushunchalarini bilishi, koeffitsient qo‘yish kabi malakalarga ega bo‘lishi talab etiladi. O‘qituvchilarning ish uslublarining bir xilligi o‘quvchilar orasida qiziqishning pasayishiga olib keladi. Pedagogikada muammoli vaziyatlarni modellashtirish yangilik emas. Bu usul dastlab Qadimgi Gretsiyada qo‘llanilgan. Muammoli vaziyat, odatda, shaxsga ma’lum bo‘lgan vositalar yoki usullar orqali erisha olmaydigan intellektual qiyinchilik deb talqin etiladi. Kutilmagan qiyinchilik mustaqil qidiruv ishlarini olib borishga undaydi Umumiy holda, muammoga asoslangan ta’lim nostandart harakatlarni, “bilimlarni o‘zlashtirishning reproduktiv darajasidan ijodiy qidiruv ishlariga o‘tish” ni taqazo etadi. Misol uchun, kraxmalning gidrolizlanishiga oid vazifani shakllantirish quyidagicha bo‘lishi mumkin: xom olma sharbati yod bilan reaktsiyaga kirishadi. Pishgan olma sharbati kumush oksidining ammiakli eritmasini qaytaradi. Ushbu hodisalarni qanday izohlash mumkin? Yoki: mayning oxiri. Bu kun issiq. Kimyo laboratoriya xonasining derazasi ochiq. Laboratoriya stolida alyuminiy xlorid va kaliy gidroksid eritmai sklyankalar mavjud. To‘satdan yomon yopishtirilgan yorliqlar yelvizak sababli ko‘chib polga tushdi. Laboratoriya xonasiga to‘garakda qatnaydigan o‘quvchi kiradi. Yorliqlarni olib tartibni tiklashga qaror qiladi. Qaysi yorliq qaysi moddaniki ekanligini bilish uchun o‘quvchi boshqa reaktivlarni ishlatmasdan Shu ikkita modda bilan tajriba o‘tkazdi. O‘quvchi qanday tajriba o‘tkazdi va u nimani ko‘rdi? O‘zaro hamkorlikning motivatsiyasi vazifa matnida belgilanadi. Masalan, ozon teshiklari muammosiga oid bir qator qarorlarni ishlab chiqish o‘quvchilarning faol muhokamasiga olib keladi: Avtobusdagi suhbatdan: yozda yomg‘ir raketaning kosmosga uchishi natijasida atmosfera shikastlanishi sababli ozon qavati teshilib yog‘adi Ilmiy ommabop jurnalidan: Atmosferaning yuqori qatlamlarining uzoq muddatli kuzatuvlari mavsumda ozon teshiklari va ularning maydonlarining soniga bog‘liqligini ko‘rsatadi: qish oxirida ozon teshiklari ko‘proq va yoz oxirida ancha kamroq bo‘ladi. Parfyumer do‘koni sotuvchisi: Bu yerda aerozolь qadoqli lakni sinab ko‘rmang, nafas olishga havo yo‘q, do‘kon emas, naqd ozon teshigi bu. O‘quvchi uchun muvaffaqiyat vaziyatini yaratish qiyin deb o‘ylagan mavzuni, fanni o‘zlashtirib o‘zini g‘olib deb his qilish imkoniyatini yuzaga keltiradi, bu esa o‘rganish va bilimga qiziqishni saqlab qolish uchun zaruriy komponent hisoblanadi. Muvaffaqiyat o‘quvchini ushbu fanni o‘rganishga undaydi. Bundan tashqari, bu muvaffaqiyat ko‘pchilikning kelajakdagi kasbini belgilashda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Download 233.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling