O‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti


Download 215.51 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana30.04.2023
Hajmi215.51 Kb.
#1410000
1   2   3   4   5
Bog'liq
9m6CqILsPDKe3sNB6boQGQUtUC1PqWBYPdAMILjW

Mantiqiy xatolar: 


1. Tasvirlanayotgan voqea-hodisa uchun zarur bo‘lgan so‘z, ba’zan zarur 
lavha, dalil tushirib qoldiriladi. Bunday xatoning sababini tushunish uchun 
o‘quvchining insho yozish vaqtidagi ruhiy holatini kuzatish talab etiladi. U sekin 
yozadi, ammo ishga berilib ketib, tez fikrlaydi, ya’ni u hikoya mazmunini biladi, 
ammo tez fikrlash va sekin yozish natijasida ayrim o‘rinlar yozuvda aks etmay 
qoladi. 
2. Mantiqiy izchillik buziladi. Masalan, Zavodda paxtadan ip yigiriladi. 
Terimchi paxtani paxta terish mashinasida teradi. Bunday mantiqiy xatolarni 
o‘quvchilar matnni qayta o‘qish va tahlil qilish jarayonida oson to‘g‘rilaydilar. 
Xatolar ustida ishlash 
Xatolarni tuzatish sinfda, o‘qituvchi bilan yoki uyda, ehtimol, ota-
onalarning nazorati ostida amalga oshirilishi mumkin. Agar o‘qituvchi xatolar 
ustida ishlashni uy vazifasi deb belgilasa, u barcha o‘quvchilar asosiy ish 
algoritmini bilishiga va eslab qolishlariga ishonch hosil qilishi kerak. Har bir 
bolaga harakatlarni bajarish tartibi bilan eslatma berish kerak bo‘lishi mumkin. 
Qoida tariqasida, xatolar ustida ishlash nazorat, mustaqil yoki ijodiy ishlardan 
so‘ng amalga oshiriladi. Ayrim o‘qituvchilarning amaliyotida har bir sinfda yoki 
uy vazifasida yo‘l qo‘yilgan xatolarni tahlil qilish va tuzatish bo‘yicha tizimli 
ishlar amalga oshirilmoqda. 
Darsda ishlashda bir necha asosiy bosqichlar mavjud: 
-maslahat, 
-bilim va ko‘nikmalarni tuzatish, 
-natijalar diagnostikasi, 
-baholash faoliyati. 
Xatolar ustida ishlash qoidalari 
1.Gapning birinchi so‘zi bosh harf bilan yoziladi. 
Gapni to‘g‘ri yozing. O‘ylab toping va boshqa jumla yozing. Bosh harfning tagiga 
chizing. Masalan: Momiq qor yog‘di. Bolalar xursand. 
2.Harflarni tushirib qoldirish holatlarida. So‘zni yozing. Undagi yetishmayotgan 
harfning tagiga chizing. O‘quvchi inshoda xatoga yo‘l qo‘ygan so‘zni topadi va 
harflar ustida ishlaydi. Masalan: chaqiring, o‘quvchi. 


3.Bo‘g‘in. So‘zni bo‘g‘inlarga ajrating. Unli tovushlarni belgilang. 
Masalan: o‘qituvchi – o‘-qi-tuv-chi 4 bo‘g‘inli. 
Eslab qoling! So‘zda nechta unli bo‘lsa, shuncha bo‘g‘in bo‘ladi. 
4.Bo‘g‘in ko‘chirish. 
So‘zni bo‘g‘inlarga ajrating. 
Masalan: - ona, asal, olov. sinf 
Eslab qoling! Bo‘g‘in ko‘chirishda bitta harfni satrda qoldirish va yangi qatorga 
ko‘chirish mumkin emas. 
Xullas, insho o‘quvchining o‘zligidir. Uning kreativ va ijodiy fikrlash 
darajasi, dunyoqarshi, adabiy til me’yorlarini nutqiy sharoitlarda qo‘llash 
imkoniyatlarini belgilovchi tarozi toshi ham inshodir. Shuning uchun ona tili 
mashg‘ulotlarida bu asosiy va muhim ish turiga alohida e’tibor berish, uning 
yoqorida tilga olingan barcha tur va ko‘rinishlaridan unumli foydalanish dars 
samaradorligini ta’minlovchi muhim omildir

Download 215.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling